“Bolalar yuqumli kasalliklar” kafedrasidagi manaviyat va marifat ishlari.
2018- 2019 o‘quv yili boshida kafedra mudiri prof. Tadjiyev.B.M. kafedra jamoasi bilan o‘tkazgan majlisda 2018-2019 o‘quv yilida kafedrada “manaviyat va ishlari” buyicha masul etib Dotsent Yusupova A.S ni tayinladi.
“Manaviyat va marifat“ ishlari bo‘yicha Bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi va tashkil etiladigan tadbirlar grafigi tuzildi, kafedraning xar bir yig‘ilishida ushbu tadbirlaro‘z vaqtida bajarilishi kerak va qilingan ishlar majlis bayonida ko‘rsatilishi kerak.
O'qituvchilar jamoasi xar xaftada talabalar bilan “Siyosiy malumotlar” darslarini o‘tkazishadi. Ushbu darslarda Ruspublikamizda sodir bo‘layotgan oxirgi voqealar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev maruzalari, dunyo xabarlari va shu bilan birgalikda tibbiyot xabarlari va davlatimizning marifat ishlari muxokama qilinadi. Kafedramizda manaviyat va marifat ishlariga bag‘ishlangan turli stendlar mavjud bular: O‘zbekiston respudlikasi siymolari bayrog‘imiz, gerbimiz va madxiyamizdir. Shu bilan birga ko‘plab tibbiyot va temuriylar tasvirlangan suratlar, Prezidentimiz qalamiga mansub “O‘zbekiston 21 asr bo‘sag‘asida, “Yuksak manaviyat yengilmas kuch” va boshqa bir qator adabiyotlar ,buklet va broo‘uralar mavjud.
Kafedrada bayramlar munosabati bilan tadbirlar, xuquqiy darslar, manaviy va marifiy muloqotlar, sport va xarbiy dadbirlar keng miqyosda o‘tkazib kelinad.
5-6 kurs talabalari bilan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi” mavzusida muloqot o‘tkazilgan. Prezidentimiz yangi avlodning mukammal rivojlanishiga qaratilgan siyosiy ishlari yoshlarning manaviy ongini oshirishga milliy ananalarga sodiq qolgan xolda bunyodkorlik g‘oyalarini olg‘a surdirishga yo‘naltirilgan. Bu yo‘lda asosiy maqsad bo‘lib yoshlarning vayronkor g‘oyalardan chegaralashdir. Muloqot davomida ushbu ishlari yanada keng yo‘lga qo‘yishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami va targ‘ibot va tao‘viqot ishlarini yo‘lga qo‘yish usullari beogilandi, bunda oila va o‘quv muassasasining birdamlikda bo‘lishi kerakligi belgilandi. Yoshlarni dunyo standartlari darajasida talim olishlari uchun, onalik va bolalikni ximoya qilish maqsadida poytaxtimizda va viloyatlarda yangi talim muassasalari, eng ilg‘or tibbiy diagnostik apparaturalar bilan jixozlangan statsionarlar, skrining va perinatal markazlar. Musiqa va tasviriy sanat maktablari qurib ishilatishga topshirildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda 1200 dan ortiq sport majmualar qurilgan bo‘lib bularning mingdan ziyodrog‘i qishloqlada joylashgandir. Bu bolalarga doimo turli sport turlari bilan shug‘ullanishga yordam beradi. Mustaqillik yillari davomida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimiz, milliy boyliklarimizga aloxida etibor qaratilmoqda.