2018 yil 24-26 sentyabr kunlari yurtimizda “Immunologiya-sohalararo muammolar” Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda.
Xalqaro anjuman 24-25 sentyabr kunlari Toshkent shaxri International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo’lib o’tdi. 26 sentyabr kuni Xalqaro anjumaning davomi Buxoro shaxridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida davom etadi.
Anjumanga fundamental va amaliy immunologiyaning hozirgi kunning dolzarb muammolari bo’yicha yalpi ma’ruzalar o’qish uchun yaqin va uzoq horijdan yetakchi immunologlar taklif etilgan.
Yalpi ma’ruzalardan tashqari anjuman ilmiy dasturiga katta ijtimoiy ahamiyatga ega allergik kasalliklarni tashxislash va davolashning munozarali savollarini muxokamasi maqsadida allergologiya muammolari bo’yicha ilmiy simpoziumi ham o’rin olgan.