Ma`naviyat va marifat ishlari

Kafedra hodimlari va talabalar bilan “Odam savdosi” mavzusiga bag’ishlab davra suxbati o’tkazildi.Kafedra mudiri t.f.d F.Q.Toshpulatova so’zga chiqdi. Bugungi kunda odam savdosi inson va uning huquqlari, qadr-qimmati, osoishta hayoti va kelajagiga jiddiy taxdid solayotgan jaxon miqyosidagi dolzarb muammmoga aylandi. Ushbu illatga qarshi kurashish yuzasidan mamlakatimizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish tug’risida” gi qonun va Birinchi Prezidentimizning 2008 yil 8 iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tug’rida” gi qaror bu boradagi ishlar kulamini yanada kengaytirishda muxum huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Assitent O.A.Jumayev so’zga chiqdi va yoshlarimizning hozirgi globallashuv, axborot almashinuvining keskin oshishi sharoitida xar xil salbiy oqimlarning ta’siriga tushib qolmasliklari, ularning bandlik darajasini oshirish uchun oilada tarbiyaning o’rnini kuchaytirish, yigit-qizlarni mexnatsevarlikka o’rgatish, qolaversa maxalla, ta’lim muassasasi va oilaning hamkorlikdagi faoliyatiga ma’suliyat bilan yondashish muxum axamiyat kasb etadi. BMTning rasmiy ma’lumotiga ko’ra, bir yil ichida o’rtacha 2 million 800 ming fuqoro odam savdosi qurboniga aylanyapti, 600-800 minga yaqin ayol va bolalar turli xiyla-nayranglar bilan xorijga olib borib qul sifatida sotib yuborilmoqda.