Kafedra haqida

O`zbekiston Respublikasida tug’ilish darajasi yuqori bo`lib, har yili o`rtacha 500 mingga yaqin bolalar tug’iladi. Perinatal davrdagi kasallanish esa butun dunyodagi va xususan bizning Respublikamizdagi bolalar o`limini etakchi sabablardan biri bo`lib qolmoqda. Shuning uchun xam chaqaloqlar kasalliklarini sabablari, erta diagnostikasi hamda davolashni samarali usullarini amaliyotga tadbiq qilish masalalarini izchil o`rganish va neonatolog shifokorlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida neonatologiya kafedrasi tashkil qilish zaruriyati tug’ildi.


Alimov2Kafedra mudiri Alimov Anvar Valievich 1955 yilda, Toshkent shaxrida, iyoli oilasida tug’ilgan. 1972 yilda O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya institutining 1-kursiga o`kishga qabul qilinib, 1978 yilda ushbu institutning Pediatriya ishi ta`lim yunalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, diplom bo`yicha ixtisosligi – shifokor pediatr. Institut Ilmiy Kengash tavsiyasi bilan 1978-80 yillarda O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti bolalar jarroxligi kafedrasining bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kursida «Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinatura o`tgan. 1980-87 yillarda O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti bolalar jarroxligi kafedrasining bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kursi katta laboranti, 1987-93 yillarda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi assistenti, dotsenti, o`quv-uslubiy markaz boshlig’i, pediatriya faQo`l’teti dekani lavozimlarida ishlagan. 1993-94 yillarda O`zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash Vazirligining Onalik va bolalikni muxofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig’i, 1994-99 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fan, ta`lim va ijtimoiy muammo masalalari bo`yicha Davlat Maslaxatchisi xizmatida, etakchi qonsul’tant lavozimlarida ishlab, 1999 yildan boshlab Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Neonatologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 1982 yilda Moskva shaxrida nomzodlik, 1994 yilda Toshkent shahrida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga, 1996 yilda professor ilmiy unvoniga ega bo`lgan. A.V.Alimov muallifligida 80dan ortik ilmiy ishlar, jumladan 6 ta darslik va mongrafiyalar, 3 ta o`quv va 6 uslubiy qo`llanma, 52 ta maqola chop etilgan. Xozirgi kungacha uning ilmiy rahbarligida 1 ta fan doktori 11 ta fan nomzodi tayyorlangan. Alimov Anvar Valievich – O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vaziri. Xozirgi vaqtga kelib kafedra 12,25 shtatga kengaydi. 2002 yildan kafedrani professor Alimov Anvar Valievich boshqarmoqda. Kafedra xodimlari tarkibini 5 ta dotsent, 6 ta assistent, ulardan 2 tasi tibbiyot fanlari nomzodi. Kafedra jamoasi. T/r Asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilarning FISH Tug’ilgan yili Lavozimi Stavkasi Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni Qaysi yildan kafedrada ishlaydi Qaysi fanlardan dars beradi 1 2 3 4 5 9 10 12

Sotrydniki1 Alimov Anvar Valievich 1955 Kafedra mudiri, professor 240s T.F.D professor 2002 Neonatologiya 2 Ismailova Muazzam Asrarovna 1955 Dotsent 1,0 T.f.n., Dotsent 1997 Neonatologiya 3 Gulyamova Muyassar Abdusattarovna 1954 Dotsent 1,0 T.f.n., Dotsent 1997 Neonatologiya 4 Raxmankulova Zuxra Jandarovna. 1955 Dotsent 1,0 T.f.n., Dotsent 1997 Neonatologiya 5 Amizyan Nina Mixaylovna 1953 Dotsent 1,0 T.f.n., dotsent 1997 Neonatologiya 6 Nasirova Umida Firuzovna 1978 Assistent 0,5 T.f.n. 2008 Neonatologiya 7 Yunusova Saida Elbrusovna 1962 Assistent 1,25 T.f.n. 2005 Neonatologiya 8 Borodina Ol’ga Ivanovna 1975 Assistent 1,0 1998 Neonatologiya 9 Abdukadirova Munira Kabulovna 1979 Assistent 1,0 - 2006 Neonatologiya 10 Xodjamova Nargiza Karimovna 1975 Assistent 1,0 - 2008 Neonatologiya 11 Xodjimetova Shaxnoza Xasanovna 1980 Assistent 1,0 - 2006 Neonatologiya O’rindoshlar 1  2 Yakubova Nelya Bekturdievna 1983 Assistent 0,25 - 2012 Neonatologiya