Hurmatli hamkasblar!

Hurmatli hamkasblar!

Sizni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti (ToshPTI) va O'zbekiston nevrologlari jamoa birlashmasi 2018 yil 23 mart Toshkent shaxrida «International Hotel Tashkent» mexmonxonasining konferens-markazida va 2018 yil 24 mart 2018 yil Samarqand shaxrida Samarqand tibbiyot institutining (SamMI) klinikasi majlislar-zalida bo'lib o'tadigan Ikkinchi Rossiya-O'zbekiston nevrologlari forumida ishtirok etishga taklif etadi.

Bu forum o'z tarixiga ega. Birinchi Rossiya – O'zbekiston nevrologik forumi 2017 yil 8-9 sentyabrda Toshkent va Nukus shaxarlarida bo'lib o'tgan edi. Ushbu qo'shma nevrologik forumning g'oyasini N.I. Pirogov nomidagi RITMU qo'llab quvvatlagan va forumning doimiy qatnashchilari sifatida forum doirasida mahorat darslari va munozara stollarini o'tkazishda ushbu muassasaning etakchi olimlari ishtirok etadilar. Shuningdek forumga Sankt-Peterburgning RFA Odam miyasi institutidan, RF S.M. Kirov nomidagi Xarbiy tibbiyot akademiyasidan, V.A. Almazov nomidagi FTSSKE , shuningdek L.P. Shupik nomidagi Diplomdan keyingi Milliy tibbiyot akademiyasi (Kiev sh.) va Ulyanovsk universitetidan etakchi olimlar qatnashchi sifatida taklif etilganlar. Ikkinchi Rossiya – O'zbekiston nevrologik forumida Rossiyalik olimlar bilan bir qatorda O'zbekistonning yetakchi nevrologlari qatnashadilar. Ular o'zlarining ilmiy va amaliy ishlari bilan o'rtoqlashadilar. Turli nevrologik kasalliklarni davolashdagi yangi texnologiyalargi, neyroreabilitatsiya masalalarini muhokama qiladilar. Forum dasturida turli genezli insult va insultdan keyingi holatlar, dorsopatiya va bosh og'riqlari, tomirli dementsiya va Parkinson kasalligidagi harakatga bog'liq bo'lmagan buzilishlar haqida ma'ruzalar, Neyrotsitoprotektsiyada “Suv osti toshlari” muxokamasi, shuningdek, «Nevrologiyada neyroprotektsiya: tarafdorlar va karshilar» muxokama stoli, venoz etishmovchilik va venoz qon aylanishining buzilishi aspektlari, surunkali miya ishemiyasida va entsefalopatiyalarda kognitiv va emotsional buzilishlar, hamda bolalar nevrologiyasi muhokamasi: nutq buzilishi va diqqat etishmovchiligi va giperaktivlik sindromi. “Giperaktiv bola” mavzusidagi muxokama stolida, bu kasallikning xavf omillari, klinika va diagnostikasi yoritib beriladi, O'zbek olimlari prof. Madjidova Y.N. va ass. Saidxodjaeva S.N. ishtirokida diqqat etishmovchiligi va giperaktivlik sindromi sitogenetikasiga bag'ishlangan genetiklar ishtirokidagi prezentasiya o'tkaziladi. Ikkinchi Rossiya – O'zbekiston nevrologik forumi, 2018 yil 12 oktyabrda Sankt-Peterburgda (Vvedenskiy mexmonxonasida) RFA akademigi Skoromets A.A. raisligida o'tkaziladi. Har yili Rossiya – O'zbekiston nevrologik forumi mart oyida O'zbekistonda va oktyabrda Rossiyada o'tkaziladi.

Aziz do'stlar, sizni forumda ishtirok etishga taklif qilamiz.