Konferenciyada ishtirok etildi

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining Akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti Kurbanov Bahodir Bobirovich Xitoy CSCO 2018-sonli Onkoginekologlar jamiyatining Kongressida ishtirok etdi. Kongress Xitoy Xalq Respublikasining Xiamen shahrida bo'lib o'tdi. Unda dunyoning turli burchaklaridan 3000 ga yaqin delegatlar ishtirok etdi. B. Kurbanov poster taqdimot qildi. Kongressda bachadon bo'yni saratoni, ko'krak saratoni kabi onkologik kasalliklarni davolash va tashxislash masalalariga bag'ishlangan juda ko'p ma'ruzalar tinglandi.