Xorijiy expertlar bilan uchrashuv!!!

Akusherlik va ginekologiya kafedrasi negizida Avstraliyalik mashhur professor, doktor Ashish Das hamda uning jamoasi bilan uchrashuv bo\'lib o\'tdi. Ashish Das, Avstraliyaning Brisben klinikasidan, Reproduktiv tibbiyotda taniqli mutaxassis. Yig\'ilishda kafedraning talabalari, magistrantlari va xodimlari qatnashdilar. Reproduktiv salomatlikning muhim masalalari va bepushtlik uchun reproduktiv texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Professor A. Das o\'zining katta tajribasi bilan o\'rtoqlashdi. Reproduktiv tibbiyot sohasida hamkorlik qilish to\'g\'risida kelishib olindi.