Koreya Respublikasidan professorning tashrifi kutilmoqda.

ToshPTI va Sent-Vinsent klinikasining hamkorlik memorandumi doirasida professor Yun Juhi Toshkentga kelmoqda. Professor Yun jarroxlik ginekologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biridir. Tashrif chog'ida Institut rahbariyati bilan uchrashuv, master-klass operatsiya, shuningdek ochiq ma'ruza o'tkazish rejalashtirilgan. Seminar 2019 yil 2 fevral kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining konferents-zalida bo'lib o'tadi. Seminarda talabalar, magistrlar, klinik-ordinatorlar, ginekologiya va jarrohlik shifokorlari ishtirok etishlari mumkin.