Falsafa kafedrasi 1972 yilda Toshkent pediatriya instituti tashkil etilishi munosabati bilan dastlab «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi tarkibida o’z faoliyatini boshladi. Keyinchalik «Falsafa», «Siyosiy iqtisod», «Ilmiy kommunizm» va «KPSS tarixi» kafedralari alohida tashkil etildi. 1993 yilda «Falsafa», «O’zbekiston tarixi» va «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedralari o’zaro birlashtirildi. 2004 - yil 28 - avgustida ToshPTI ilmiy Kengashining qarori bilan alohida “Falsafa” kafedrasi tashkil etildi va hozirda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Falsafa kafedrasiga 1972-1978 yillarda dostent Narimon Eshmetovich Eshmetov., 1979-1986 yillarda professor Otaqul Ergashevich Ergashev., 1986-1990 yillarda dostent Erkin Yusupovich Yunusov., 1990-1993 yillar professor Maxbuba Nurullaevna Abdullaeva., 1993-2007 yillar professor Xurram Formanovich Xaydarov., 2007-2008 yillar dostent Nurmat Ergashevich Muxammadiev va 2008 yil iyul oyidan hozirga qadar professor Xurram Formanovich Xaydarov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra xodimlari institut va Respublika miqiyosida jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelishmoqda, jumladan professor X.Xaydarov 1980-1986 yillarda istitut yoshlar tashkilotining etakchisi, 2003-2006 yillarda ToshPTIning ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha birinchi prorektori, 2006-2008 yillarda O’zbekistont Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari lavozimlarida faoliyat ko’rsatdi. “Falsafa” kaferasi ilmiy ishlar yuzasidan O’zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi Falsafa va Xuquq istituti, O’zbekiston Faylasuflar milliy jamiyati, Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy Universitetining falsafa fakulteti va Nizomiy nomidagi Pedagogika Universiteti “Falsafa” kafedrasi bilan yaqindan xamkorlik qilib kelmoqda.