Dars berish jarayoni yangi texnologiya uslublari orqali beriladi (grafik organayzer, loyiha, keys uslublari, multimediya ma’ruza materiallari). Undan tashqari, 1-2-6 kurs dasturining boblariga binoan bir qator tematik o’quv xonalar (3) mavjud. Kafedra xodimlari Falsafa, Milliy istiqlol g’oyasi, Dinshunoslik fanlari bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. O’tgan yillar mobaynida “Falsafa”, “Milliy istiqlol g’oyasi”, “Dinshunoslik” fanlaridan zamonaviy pedogogik texnalogiyalar asosida dars olib borishga mo’ljallangan ishchi dasturlar tuzildi. 1-kurs Pediatriya, Tibbiy pedagogika, Davolash ishi va Oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun Dinshunoslik fanidan o’zbek tilida yangi ishchi dastur va o’quv-uslubiy majmua ishlab chiqildi. 2-kurs Pediatriya, Tibbiy pedagogika, Davolash ishi va Oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun Falsafa fanidan o’zbek tilida yangi ishchi dastur va o’quv-uslubiy majmua ishlab chiqildi. 2018-yilda 1 -kurs talabalari uchun Dinshunoslik fanidan yo’l xaritasi ishlab chiqildi va testlar tuzildi, 2 -kurs talabalari uchun Falsafa fanidan yo’l xaritasi ishlab chiqildi va testlar tuzildi.
2018-2019 Dars jadvali
Masullar 2018