seminar hisoboti

Yaponiyalik kompyuter texnolog Tezuko Kenichining Bolalar kasalliklari propedevtikasi, gematologiya kafedrasi hodimlariga o’tkazgan bir kunlik ma’ruzasi to’g’risida Xisobot Oktyabr oyida Yaponiyalik mutaxassis kompyuter tehnolog Tezuku Kenichi kafedra hodimlariga 2 soatlik ma’ruzasini o’qidi. Ma’ruzaning 1-qismi Yaponiyadagi elektron hukumat tizimi va bu tizimning afzalliklari, kamchiliklari xaqida so’zlab berdi. Bundan tashqari xukumat tizimining ilmiy izlanishlar uchun kerak bo’lgan qismi “Open data services” xaqida batafsil ma’lumot berdi. Kafedra hodimlari ma’ruzaning aynan shu qismida qiziqishlar bildirib savollar berishdi. Hattoki o’quv ishlariga ma’sul Tursunova O.A. o’z fikrlarini bildirib, bu tizim bizda ham mavjudligini lekin Yaponiyaning elektron tizimidan farqlanishini aytib o’tdilar. Ma’ruzaning 2-qismi esa intellektual mulk huquqlari xaqida bordi. Yaponiyalik mutahassis intellektual mulk nima ekanligini, uning mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan boshladi. Ma’ruza bir qancha misollarga boy bo’lib, uning tugallanish qismida hodimlar bilan birgalikda praktik misollar ishladi. Bu hodimlarni juda qiziqtirib qo’ydi. Ular o’zlari qiziqqan savollarga javob topish maqsadida yana mutahassisga yuzlandilar, T.Kenichi mamnuniyat bilan savollarga javob berdi. Kafedra hodimlarining ma’ruzaga bo’lgan qiziqishlari, unda aktiv ishtirok etishlari mutahassisni lol qoldirdi. Ma’ruzaning praktik ahamiyati: Yaponiyalik kompyuter texnolog Tezuko Kenichining Bolalar kasalliklari propedevtikasi, gematologiya kafedrasi hodimlariga o’tkazgan bir kunlik ma’ruzasi orqali ko’plab yangiliklar o’rganildi. Elektron hukumat tizimning afzalliklarini tibbiyot miqyosida ko’rib chiqildi. Ilmiy ishlar olib borayotgan olimlar uchun dastur afzalliklari keng muhokama qilindi. Bundan tashqari 2-ma’ruza orqali tibbiyot sohasiga oid intellektual mulk yaratishda uning huquqiy himoyalanishi to’risidagi tamoyillar bilan tanishildi.