Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti bolalar kasalliklari propedevtikasi va umumiy parvarish kafedrasi 1972 yil 20-avgustda tashkil etilgan. Kafedraning birinchi mudiri professor Faxriddin Xalmuxamedovich Nazarmuxamedov (1972-1981 yy.) bo’lgan. 1982 yildan 1988 yilgacha kafedraga professor Sayfitdin Shamsievich Shamsiev rahbarlik qilgan bo’lsa, 1989 yildan 2009 yilgacha professor Xamid Nishanovich Fayziev rahbarlik qilgan. 2010-2012 yilgacha professor Dilorom Ilxomovna Ahmedova kafedraga mudurlik qilganlar. 2012 yildan boshlab kafedraga Ashurova Dilfuza Tashpulatovna raxbarlik qilmoqdalar.
Hozirgi kundagi kafedrada t.f.d., dosent D.T.Ashurova, t.f.d., dosent A.A.Zufarov, t.f.n., dosent N.A.Axrarova, assistentlar: M.S.Umarova, O.A.Tursunova, Sh.B.Ergashev, Z.U.Sharipova, D.H.Dustmuhammedova, Mambetkarimova M.S.,Sadirhodjayeva A.A., Hadjiyeva Z.U., Nurmatova N.S., hamda gematologiya kursidan t.f.n., dosent Najmiddinova M.A. va assistant Yadgarova N.D. faoliyat ko’rsatishmoqda.
Kafedrada 3-kurs talabalari, “Bolalar kasalliklari propedevtikasi” fani bo’yicha 1-kurs talabalari, «Tibbiyot kasbiga kirish», hamda «Xamshiralik ishi»fani bo’yicha OXI talabalari ta’lim oladi.
Bundan tashqari, “Bolalarda kechayotgan xar xil premorbid fonidagi nafas yo’llari kasalliklarining profilaktikasi va samarali davolashning kelgusida mukammalashtirish” yo’nalishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Hamda 2018 yildan kafedra assistenti Ergashev Sh.B. pediatriya yo’nalishi bo’yicha Phd doktoranturaga qabul qilindi, ilmiy rahbar t.f.d., dosent Ashurova D.T.
Kafedra xodimlari, izlanuvchilari quyidagi muassasalar bilan hamkorlik qilishadi: Pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti, O’zbekiston Respublikasi Endokrinalogiya ilmiy-tadqiqot instituti. Kafedra xodimlari bolalar kasalliklari propedevtikasi va bolalarni umumiy parvarishi fanlari bo’yicha uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda ular tomonidan 20 ta uslubiy tavsiyalar, 2ta darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qilingan. Bundan tashqari kafedra xodimlari, izlanuvchilari xalqaro anjumanlar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etishadi. Hozirgi kunda ular tomonidan 200 dan ortiq tezis, 100 dan ziyod maqolalar nashr etilgan.