Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti bolalar kasalliklari propedevtikasi va umumiy parvarish kafedrasi 1972 yil 20-avgustda tashkil etilgan. Kafedraning birinchi mudiri professor Faxriddin Xalmuxamedovich Nazarmuxamedov (1972-1981 yy.) bo’lgan. F.X.Nazarmuxamedov rahbarligi ostida 5 fan nomzodligi va 1 ta doktorlik dissertastiyalari himoyasi amalga oshirilgan. Ilmiy – pedagogik faoliyat natijalari 200 dan ziyod ilmiy ishlar, 6 darslik, 8 monografiyalar ko’rinishida chop etilgan.
1982 yildan 1988 yilgacha kafedraga professor Sayfitdin Shamsievich Shamsiev rahbarlik qilgan. S.Sh.Shamsiev rahbarligi ostida 40 dan ziyod fan nomzodligi va 7 ta doktorlik dissertastiyalari himoyasi amalga oshirilgan.
1989 yildan 2009 yilgacha professor Xamid Nishanovich Fayziev rahbarlik qilgan. Fayziev H.N. rahbarligida 7 fan nomzodligi dissertastiyalari himoyasi amalga oshirilgan. 1 darslik, 1 o’quv qo’llanma, 30 dan ziyod o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 100dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
2010 yildan 2012 yilgacha professor Dilorom Ilxomovna Ahmedova rahbarlik qilgan. D.A.Ahmedova rahbarligida 5 doktorlik va 20 nomzodlik dissertastiyalari himoya qilindi.
2012 yildan boshlab kafedraga t.f.n., dosent Ashurova Dilfuza Tashpulatovna raxbarlik qilmoqdalar. Kafedrada ilmiy ish bilan o’quv uslubiy ishlar birgalikda uygg’unlashtirishga erishildi. Kafedramiz xodimlarining ko’pgina xizmatlari uchun O’zR SSV va Oliy ta’lim vazirligi tomonidan taqdirlanganlar. Kafedramizda bolalar kasaliklari propedevtikasi va umumiy parvarish fanidan o’quv uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqarishda faol qatnashib, xozirgi kungacha xodimlarimizning faol xarakatlari bilan 2 ta darslik va 20 ta o’quv uslubiy qo’llanmalarni chop etilgan.