Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016 yil mamlakatimizda "Sog`lom ona va sog`lom bola yili" deb e`lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Axborot-resurs markazi "O`quv zalida" talabalar bilan "Onalari baxtli, bolalari sog`lom mamlakat" nomli davra suxbati o`tkazildi.
Suxbat chog`ida ARM xodimlari talabalarga onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni saqlash, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sog`lom turmush tarzini tarqib qilish, ham jismonan, ham ma`nan barkamol avlodni voyaga etkazish masalasiga jiddiy e`tibor qaratilayotgani, 1998 yilning "Oila yili", 2000 yilning "Sog`lom avlod yili", 2001 yilning "Onalar va bolalar yili", 2014 yilning "Sog`lom bola yili" deb e`lon qilinishi qam mamlakatimizda sog`lom avlodni voyaga etkazish yo`lida olib borilayotgan chuqur islohotlardan darak berayotgani to`g`risida gapirib o`tdilar.
Shuningdek, bu borada amalga oshirilayotgan keng ko`lamli chora-tadbirlar reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog`lom oilani shakllantirish, irsiy kasalliklarning oldini olishdagi muhim omilligi, qolaversa, yurtimizning barcha hududlarida tashkil etilgan zamonaviy skrining markazlari, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Reproduktiv salomatlik markazlarida onalar va chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko`rsatilayotgani aytib o`tildi.
Shu bilan bir qatorda ARM xodimlari "Sog`lom ona va sog`lom bola yili"ga bag`ishlab devoriy gazeta xamda kitob ko`rgazmasi tashkil etdilar va talabalarni kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib o`tdilar