Bo`linma ishlari

Direktor lavozimi yo’riqnomasi
•    Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
•    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, viloyat va Oliy va va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda markaziy ARMlar bilan bog’lanib, doimiy ravishda ARM kutubxona fondini oshirib borish;
•    Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
•    ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
•    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ARM va boshqa ARMlar bilan aloqani olib borish;
•    Axborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
•    Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
•    Kutubxona (Axborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
•    Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompyuterlashtirishni ta’minlash;
•    Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to’g’ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko’rish;
•    Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
•    Ishlov berish va butlash bo’limining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob do’konlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shug’ullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini to’liq butlash uchun tarmoq Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va pochta orqali kitob jo’natadigan do’konlar bilan aloqani yo’lga qo’yish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo’qolganlari o’rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish;
•    Markaz faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
•    Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo’lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko’nikmalarga;
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
•    Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
•    Yo’nalishi bo’yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo’lishi zarur;

Bo’lim mudiri lavozimi yo’riqnomasi
•    Bo’limdagi barcha xodimlar ishiga rahbarlik qilish;
•    Bo’lim xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazish;
•    Bo’lim jamg’armasi va ko’rsatiladigan axborot xizmat turlarini targ’ibot qilish;
•    Xizmat ko’rsatish madaniyatini ko’tarish, kitobxonlarga kerakli asarlar hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqida og’zaki maslahat berish, kitob ko’rgazmalarini tashkil etish, biblografik sharhlar o’tkazish;
•    ARMga barcha ilmiy, ilmiy texnik va boshqa sohalarga tegishli bo’lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga etkazilishini ta’minlash.
•    O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riқnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hisi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
•    Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
•    O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Bosh kutubxonachi yo’riqnomasi
•    Kutubxona direktori, direktor muovini bergan topshiriq va farmoyishlarni bajarish;
•    Yetakchi oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarining ilg’or tajribasini o’rganish, undan foydalanish bo’yicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash, Kutubxona ishlariga taalluqli bo’lgan majlislarda, uslubiy kengash yig’ilishlariga qatnashish;
•    Bo’limga tegishli ishlarni bajarish;
•    Yangi xodimlarga ish o’rgatish, maslahatlari bilan yordam berish;
•    Bo’lim xodimlarining ijodiy tashabbusi rivojlanishiga ko’maklashish;
•    O’z mutaxassisligi bo’yicha boshqa kutubxonalarda, tashkilot va muassasalarida vakil bo’lish.
•    O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib- qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hisi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
•    Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
•    O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Yetakchi kutubxonachi lavozimi yo’riqnomasi
•    Bo’lim xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazish;
•    Bo’lim jamg’armasidagi adabiyotlar va ko’rsatilgan axborot xizmat turlarini targ’ibot qilish;
•    Xizmat ko’rsatish madaniyatini ko’tarish, kitobxonlarga kerakli asarlar hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqida og’zaki maslahat berish, kitob ko’rgazmalarini tashkil etadi, bibliografik sharhlar o’tkazish va bo’lim jamg’armasida bo’lgan elektron axborot resurslaridan foydalanish uchun kitobxonlarga yordam berish xizmatlarini tashkil etish;
•    Kitobxonlarga tarqatilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o`z vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilish.
•    O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hisi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
•    Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
•    O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Bosh bibliogrf lavozimining yo’riqnomasi
•    ARMdagi mavjud kitoblar va adabiyotlar tahlilini o’rganish, yangi kitoblar va adabiyotlarga buyurtma tayyorlash;
•    Yangi kelgan kitoblarni inventar kitobiga xamda jamlanma kitobiga o’tkazish;
•    Nazoratdagi kitoblardan foydalanishni kitobxonlarga o’rgatish;
•    Yaroqsiz yoki mazmunan eskirgan kitoblarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish;
•    Yangi kelgan adabiyotlarning nazorat kartochkasini yozish;
•    Kitob bilan ta’minlanganlik kartotekasini tuzish va shu kartoteka asosida ishlash.
•    O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilish.
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hisi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
•    Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
•    O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Etakchi bibliogrf lavozimining yo’riqnomasi
•    Kutubxona xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazish;
•    Bo’lim jamg’armasida bo’lgan kitoblar va ko’rsatiladigan axborot xizmat turlari haqida kitobxonlarga ma’lumot berish;
•    Xizmat ko’rsatish madaniyatini ko’tarish, kitobxonlarga kerakli asarlar hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqida og’zaki maslahat berish, kitob ko’rgazmalarini tashkil etish, bibliografik sharhlar o’tkazish;
•    Kitobxonlarga tarqatilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o’z vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilish.
•    O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish, mas’uliyat hisi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;
•    Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
•    O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

1-2 toifali kutubxonachi yo’riqnomasi
•    Kutubxona xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga etkazish;
•    Kutubxona jamg’armasidagi adabiyotlar va ko’rsatilgan axborot xizmat turlarini targ’ibot qilish;
•    Bibliografik jarayonlar va talabalarga xizmat ko’rsatish darajasini ko’tarish;
•    Xizmat ko’rsatish madaniyatini ko’tarish, o’qituvchilarga kerakli asarlar va hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish haqida og’zaki maslahat berish, kitob ko’rgazmalarini tashkil etish, bibliografik sharhlar o’tkazish, kafedralar kunlarini va boshqa ishlarini amalga oshirish;
•    O’qituvchilarga tarqatilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o’z vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilish.
•    O’z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo’riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.
•    Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo’lish;
•    O’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lishi;
•    O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Bibliograf lavozimining yo’riqnomasi
•    Tajriba yo’li bilan axborot, bibliografik ma’lumotlar sonini belgilash;
•    Bibliografik kartotekalar tayyorlash va katalog tizimini to’ldirish;
•    Gazeta va jurnallar kartotekasini tuzish;
•    Kafedra kunlari o’tkazishni tashkil qilish;
•    Savol-javob ko’rinishidagi bibliografik ma’lumotlarni bajarish;
•    Ochiq adabiyotlar ko’rgazmasini o’tkazish, tematik ko’rgazma qilish (muhim sanalar bo’yicha).