Bo`linma ishlari

AL va KXK lar bilan ishlash  bo’limi.

1.Bo’lim o’z faoliyatinida Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va tashkilotlarning Oliy va Orta maxsus, kasb-hunar talimiga oid meyoriy-xuquqiy hujjatlari asosida olib boradi.
2.Bo’lim ish faoliyatining tashkil etilganligini nazorat qilish  Oliy talim muassasasi rahbariyati tomonidan olib boriladi.
3. Bo’lim ishini yuritish uchun bolim trkibi (1 nafar bolim boshligi, 2 nafar uslubchi) OTM rektori tomonidan tayinlanadi.
4.Bolim OTM rektori tomonidan tasdiqlangan chora tadbirlar rejasiga muvofiq ish olib boradi va o’z faoliyati yuzasidan raxbariyatga hisobot beradi.
5.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlash bo’limida ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil qiladi.
6.Tegishli ta’lim muassasalaridagi o’quv- uslubiy va tarbiyaviy ishlar xolatini, uning davlat ta’lim standartlariga mos kelishini taxlil qiladi va uning samarasini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi.
7.Ta’lim muassasalarining mutaxassislari va raxbarlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni rejalashtirish va istiqbolini belgilash, diagnostik, axborot va uslubiy materiallarini ishlab chiqishdagi xamkorlik ishlarida qatnashadi.
8.Ta’lim muassasalari mutaxassislari va raxbarlarining  eng natijaviy tajribalaridan umumlashtiradi va joriy qilish buyicha choralarini ko’radi.
9.Konferentsiyalar, seminarlar, konkurslar, ko’rgazmalar, olimpiadalar, musobaqalar va boshqalarni o’tkazish bo’yicha lozim bo’lgan hujjatlarni ishlab chiqish va tashkil qilishda uslubiy yordam ko’rsatadi.
10.Uslubiy materiallar, o’quv-qo’llanmalar, darsliklarni nashr etishning kelajak rejalarini ishlab chiqishda va ularning mualliflarini tanlashda ishtirok etadi. Ta’lim muassasalariga nashr  etilayotgan darsliklar, o’quv qo’llanmalari, videomateriallar, ta’limning audiovisual boshqa vositalar xaqida axborot berib turadi va muassasalarnina ularga bo’lgan extiyojlarini taxlil qiladi.
11.Jaxon pedagogic tajribalar xaqidagi ma’lumotlarni o’rganadi va ta’lim hamda tarbiya bo’yicha ilg’or texnalogiyalarni joriy qilishni tashkil qiladi.