Xodimlarga

1. Hamkor akademik litsey va tibbiyot kollejlarining murojatlari asosida oily ta’lim muassasasining professor-o’qituvchilari, magistrantlari va aspirantlarini ushbu akademik litsey va tibbiyot kollejlarida o’rindoshlik asosida pedagogic faoliyat olib borishlarini tashkil etadi.
2. Oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazlarida mavjud bo’lgan an’anaviy va elektron o’quv adabiyotlaridan hamkor akademik litsey va tibbbiyot kollejlari o’qituvchi va o’quvchilarining foydalanishi uchun shart sharoitlar yaratib beradi.
3. Oliy ta’lim muassasasining ixtisoslashgan kafedralarida tibbiyot kollejlari pedagoglari va muhandis-pedagoglariga tajriba almashish va malaka oshirish uchun shart sharoitlar yaratadi.
4. Akademik litsey va tibbiyot kollejlari bilan rasmiylashtirilgan hamkorlik shartnomalari ijrosini ta’minlaydi va nazorat qiladi.
5. Akademik litsey va tibbiyot kollejlariga samarali ta’lim xizmatlarini ko’rsatayotgan oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarini ma’naviy va modddiy rag’batlantirishga tavsiyalar beradi.
6. Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va ilmiy tadqiqot jarayonlarini yanada jonlantirish, ularning me’yoriy-uslubiy, o’quv-tashkiliy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish natijasida o’quvchi-yoshlarga berilayotgan nazariy bilmlar va amaliy ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, bitiruvchi yosh mutaxasislarni ish bilan ta’minlashga, o’rta-maxsus, kasbhunr ta’limi bilan oliy ta’lim o’rtasida uzviylik va uzluksizlikni yanada mustahkamlashga ko’maklashadi;
7. O’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq Kollejda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo’yicha Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalri va dasturlarini ekspertizadan o’tkazadi, ularni amalgam joriy etishni o’rganadi va tegishli tashkiliy-uslubiy yordam beradi;
8. Akademik litsey va tibbiyot kollejlarning professor o’qituvchilari malakasini oshirish, xususan, ularning kompyuter va internet savodxonligi, ingiliz tilini bilishi va undan amaliy foydalanish malakasi, ilg’or ta’lim texnologiyalari va axborot kommunikatsiya vositalidan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordam ko’rsatadi.;
9. Ta’lim muassasalarida ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etishga, uning xalqaro o’quv va ilmiy tadqiqot aloqalarini shakillantirish va rivojlantirishga, professor-o’quvchilar va o’quvchi-yoshlarni xalqaro ilmiy va o’quv grantlarida ishtirok etishlariga ko’maklashadi.;
10. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, o’quvchi-yoshlar bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish, o’quvchilarda ona vatanga muxabbat va sadoqat, millatimiz, dinimiz va tariximizga yot bo’lgan turli illatlarga qarshi mustaxkam immunitet xosil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tashkil etishga amaliy yordam ko’rsatadi.
11. Akademik litsey va kollejlarning axbort va resurs ta’minoti va moddiy texnika saloxiyatini takomillashtirish va rivojlantirishga ko’maklashish oliy o’quv yurtining axborot resurs markazi, axborot texnologiyalari markazi va innavatsion ta’lim texnologiyalari markazidan ta’lim muassasalari ehtiyojlariga muvofiq foydalanishga imkoniyat yaratadi;
12. Akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida OTM ning tegishli kafedralari professor-o`qituvchilarning ma`ruza va amaliy mashg`ulotlari o`tkazilish jadvalini ishlab chiqadi va OTM rektoriga tasdiqlatadi;
13. Ta`lim muassasasida o`quv adabiyotlari bilan ta`minlanganlik holatini tahlil qilish hamda OTM ning ARM imkoniyatlaridan, OTM axborot bazasidan, kafedralarning o`quv –uslubiy ishlanmalaridan foydalanish chora-tadbirlarini OTM rektori bilan birgalikda tasdiqlaydi;