Magistraturaga qabul uchun elektron xujjatlarni tekshiruv xizmati joriy etildi
Hurmatli Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar, ToshPTI interaktiv portali orqali Magistraturaga hujjat topshirishdan oldin ularni elektron ravishda tekshirib olish xizmati joriy etildi. Bu xizmat Magistraturaga hujjat qabul qilish jarayonini tezlashtiradi hamda sizning vaqtingizni tejaydi Yurtimiz barcha viloyatlaridagi talabalar uchun bu xizmat juda qulay va samarali hisoblanadi. Elektron ravishda hujjatlarinigizni to'g'riligini tekshirib olgandan so'ng, hujjatlar asl nusxasini ToshPTI Magistraturasi qabul komissiyasiga topshirishingiz mumkin.
Quyidagi ssilka orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: http://my.tashpmi.uz/ru/news/40