Ta'lim yo'nalishlari

DAVOLASH ISHI YO’NALISHI

551000 - "Davolash ishi" ta’lim yo’nalishining umumiy tasnifi

“Davolash ishi” uzluksiz ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartlari mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati – 6 yil.

Ixtisoslik – umumiy amaliyot shifokori (UASh)

Umumiy amaliyot shifokori tayyorlangan bo’lish kerak:

- qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga;

- oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli bo’lgan lavozimlarda ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ish faoliyatini yuritish;

- bakalavriat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.

Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:

Davolash ishi (5720100) ta’lim yo’nalishi sog’liqni saqlash sohasidagi yo’nalish bo’lib u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson salomatligini saqlash faoliyati vositalari, usullar va uslublarining majmuasini o’z ichiga oladi.

Umumiy amaliyot shifokori ishlashi mumkin:

Oliy va o’rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarida, davlat muassasalarida (qishloq va shahar tibbiyot punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida), nodavlat tibbiyot muassasalarida, xususiy yakka tartibda ishlashi mumkin.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari – sog’liqni saqlash tizimida davolash va kuzatish nazoratida bo’lgan sog’lom odamlar va bemorlar.

Kasbiy faoliyat turlari – tibbiy profilaktik, tez va shoshilinch tibbiy yordam, davolash-tashxislash, reabilitatsiya, tibbiy ijtimoiy yordam, ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni tashkillashtirish.

 

PEDIATRIYA ISHI YO’NALISHI

5510200 “Pediatriya ishi” yo’nalishining umumiy tasnifi

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati:  6 yil

Ixtisoslik : shifokor-umumiy pediatr.

Shifokor umumiy pediatr quyidagilarga tayyor bo’lishi kerak:

  • Ta’lim yo’nalishi bo’yicha oiliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tomonidan  bo’sh o’rinlarni egallash mumkin bo’lgan lavozimlarda ishlash uchun davlat muassasalarida (qishloq, shahar shifokorlik punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida, statsionarning maxsuslashtirilmagan bolalar bo’limlarida, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida, bolalar profilaktoriylari va dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida shaxsiy va individual tartibdagi faoliyat uchun.
  • Bakalavriyat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.
  • Qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

Ish faoliyati:

Oliy o’quv muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassisga mo’ljallangan o’rinlarda ishlash. Umumiy pediatr shifokor davlat muassasalarida, qishloq uchastka kasalxonalarida, tez yordam xizmatlarida, tibbiy-sanitariya qismlarida, shifokorlik-sog’lomlashtirish punktlarida, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida, xususiy, yakka tartibda ishlashi mumkin.

  

OLIY HAMSHIRALIK ISHI YO’NALISHI

5510700- "Оliy hamshiralik ishi" yo’nalishning umumiy tasnifi.

Bo’limda o’qish muddati - 3 yil.           

Akademik daraja - “Bakalavr”.

Bakalavr tayyorlangan bo’lishi kerak:

  • Ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli hamshiralar egallashi kerak bo’lgan ish joylarda mustaqil faoliyat ko’rsatishga;
  • Bakalavriatning ko’rsatilgan yo’nalishini doirasida, tanlangan mutaxassislik bo’yicha tegishli bo’lgan magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

 Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:

Oliy hamshiralik ishi – aholini sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, kasallarni parvarish qilish va davolash, odam organizmidagi turli xil kasalliklarni oldini olish va reabilitatsiya qilish uchun foydalanadigan bilimlar, usullar, amaliy ko’nikmalar jamlamasini qamrab olgan tibbiy fanlarning yo’nalishi.

Adaptatsiya imkoniyatlari:

“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligini olgan shaxslar sog’liqni saqlash muassasalarida quyidagi lavozimlarda faoliyat ko’rsatishi mumkin:

  • Bosh hamshira (hamshiralik ishi menedjeri)
  • Davo – profilaktika muassasalari bo’limlarining katta hamshirasi
  • Jarrohlik xonasi katta hamshirasi
  • Jarrohlik bo’limi hamshirasi
  • Anesteziologiya va reanimatsiya bo’limi hamshirasi
  • Doya
  • Tug’ruq bloki doyasi
  • Hamshiralik ishi o’qituvchisi
  • Vrach – statistik
  • Oliy ma’lumotli hamshira, o’rnatilgan tartibda oliy, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida faoliyat ko’rsatishi mumkin.

  

TIBBIY-PEDAGOGIKA ISHI YO’NALISHI

5111000 “Kasbiy ta’lim”- Tibbiy pedagogik ishi yo’nalishining umumiy tasnifi

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati 6 yil.

Ixtisosi - umumiy amaliyot shifokori-pedagog.

Davolash ishi o’qituvchisi, umumiy amaliyot shifokori-pedagog quyidagi shartlar bilan tayyorlanishi lozim:

  • Oily ma’lumotli shaxslarga tegishli bo’lgan lavozimlarda ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ish faoliyatini yuritish;
  • Tanlangan mutaxassislik bo’yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga yo’naltirish;
  • Malaka oshirish va qayta tayyorgarlik tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olish.

Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:

Kasbiy ta’lim (Davolash ishi) sog’liqni saqlash sohasidagi yo’nalish bo’lib, u o’rta va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarini kasbiy tayyorlash uchun qo’llaniladigan psixo-pedagogik vositalar, usullar, shuningdek bolalar va katta yoshdagi aholi sog’ligini muhofaza qilish va mustahkamlash, kasalliklarni oldini olish, davolash, inson hayotini uzaytirishga qaratilgan turli vositalar, bilimlar, usullarni o’zida jamlaydi.

Ma’muriy, davolash, ilmiy va pedagogik faoliyati:

Kasbiy ta’lim, davolash ishi yo’nalishi bo’yicha mutaxassis,davolash ishi o’qituvchisi, umumiy amaliyot shifokori, fundamental, umumiy kasbiy va maxsus tayyorgarlikga muvofiq, tibbiyot kollejlarida O’zRSSV uslubiy kabinetlarida, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassisga mo’ljallangan o’rinlarda ishlash. Umumiy amaliyot shifokori davlat muassasalaridan (qishloq va shahar tibbiyot punktlarida, ambulatoriya-poliklinik muassasalarida, qishloq uchastka kasalxonalarida, tez yordam xizmatlarida, tibbiy sanitariya qismlarida, shifokorlik sog’lomlashtirish punktlarida, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish uylarida) nodavlat tibbiyot muassasalarida, xususiy yakka tartibda ishlashi mumkin.

 

TIBBIY BIOLOGIYA ISHI TA’LIM YO’NALISHI

5510900-"Tibbiy biologiya ishi" yo’nalishining umumiy tasnifi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli qarori asosida ToshPTIda ushbu yo’nalish tashkil etildi.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati - 4 yil.

5510900 – Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:

  • Ilmiy – pedagogik;
  • Ilmiy – tadqiqot;
  • Tibbiy – tashhislash;
  • Tibbiy – ijtimoiy;
  • Tashkiliy boshqaruv.

Shuningdek, pedagogik qayta tayyorlov o’tgandan so’ng o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o’qitishi mumkin.

5510900 - Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy tayyorgarlikdan keyin ta’limni davom ettirishi mumkin:

5A140101 – Biologiya (yo’nalishlar bo’yicha)
5A140102 – Mikrobiologiya va virusologiya
5A140104 – Biotexnologiya
5A140105 – Biofizika
5A320502 – Tibbiy – biologik apparatlar, tizim va majmualar
5A510118 – Morfologiya (yo’nalishlar bo’yicha)
5A510113 – Tashxisning instrumental va funkstional usullari (yo’nalishlar bo’yicha)
5A510126 – Farmakologiya

Yangi yo’nalishlar:

  • Molekulyar genetika
  • Biologik tibbiy texnologiyalar
  • Tibbiy biologiya
  • Tibbiy biofizika
  • Tibbiy kibernetika
  • Molekulyar farmakologiya