HUJJATLAR TO'PLAMI
Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- fuqarolik pasporti (yoki pasport yo'qligida shaxsning identifikatsiya raqami ko’rsatilgan holda ichki ishlar bo’limlari tomonidan berilgan 09-shakldagi guvohnoma)
- O'rta maxsus va kasbiy ta'limi muassasasini bitirganligi to’g’risida diplom (ilovasi bilan birga) yoki umumiy o'rta ta'limni tugallaganligi to'g'risidagi shahodatnoma (11-sinf tugatgach) diplom;
- to'lov kvitansiyasi (o'tgan yillarda o'rta/o’rta-maxsus ta'limni tugatgan shaxslar uchun);
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda abiteriyentlarga berilgan imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.
Bundan tashqari, abiturient qabul komissiyasiga xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.
Quyidagi imtiyozlarga ega abituriyentlar tanlovsiz davlat granti asosida o’qishga tavsiya etiladi.Ular ro’yxatdan o’tish vaqtida hujjatlarining aslini oliy ta’lim muassasasiga topshiradi.
- Xalqaro va respublika olimpiadalar, tanlovlari va musobaqalar g'oliblari, Davlat mukofotining sohiblari;
- O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Respublika komissiyasidan (pedagogik yo'nalishlar bo'yicha) tavsiyanomalar egalari,;
- Harbiy qism qo’mondonligi va yoshlar ittifoqi birgalikda berilgan tavsiyanomalar egalari;
- Harbiy xizmatchining farzandi (Otasi (onasi) xizmat vaqtida xalok bolgan yoki nogiron bo'lib qolgan);
- Ichki ishlar organlari xodimining farzandi (Otasi (onasi) xizmat vaqtida xalok bolgan yoki nogiron bo'lib qolgan);