18.02.2019-18.05 2019 mobaynida San Pio (Benevento,Italiya) kasalxonasida olib borilgan stajirovkaning umumiy hisoboti

Kasalxona 8 ta bo’limdan iborat bo’lib, bular o’z navbatida yana bo’linmalarga ajraladi:

-qabul va shoshilinch tibbiy yordam bo’limi

-yurak qon-tomir va ko’krak qafasi patalogiyasi bo’limi (kardiologiya)

 -tibbiy fanlar va uzoq muddatli tibbiy yordam bo’limi (allergologiya, dermatologiya)

 -neyroxirurgiya (reabilitatsiya) bo’limi

-ona va bola bo’limi

-jarrohlik bo’limi

-onkologiya bo’limi

-sog’liqni saqlash va tashkiliy ishlar bo’limi

Stajirovka o’tash mobaynida kasalxonaning barcha bo’limlari bilan tanishib chiqildi. Asosiy amaliyot reabilitatsiya, allaergologiya va dermatologiya, kardiologiya , shoshilinch tibbiy yordam, pediatrik va neonatal intensive davolash bo’limlarida olib borildi.

italy-1

Stajirovka mobaynida professorlar rahbarligi ostida quyidagilar o’zlashtirildi va takomillashtirildi: 

-tayanch-harakat sistemasining xilma-xil kasalliklarida bemorlarga turli reabilitatsiya metodlarini o’tkazish;

-turli-xil travmalardan keyin bemorlarda reabilitatsiya choralari;

-insult o’tkazgan bemorlarda texnik reabilitatsiya;

-parkinson kasalligida bemorlar reabilitatsiyasi;

-suyak-muskul apparati tug’ma kasalliklarida bemorlar reabilitatsiyasi;

-jarrohlik amaliyotidan keying bemorlar reabilitatsiyasi;

-allergik kasalliklar va ularga moyillik holatlarida chuqur diagnostic metodlarni o’rganish. Shu jumladan, teri-allergik sinamasi, provokatsion usul, qaysi moddaga allergiya borligiga bog’liq holda: Patch test, prick test, prick by prick, provocative test.

-bronx-o’pka sistemasida shikoyatlari bor bemorlarda spirografiya o’tkazish;

-kardioreabilitatsiya bo’limi operatsion muolaja o’tkazilgan bemorlar ko’rigi va parvarishi.

-neyroreabiltatsiya bo’limi yotoq holatidagi bemorlar reabilitatsiyasi maqsadidagi kundalik tibbiy ko’rik;

-ona va bola bo’limida chala tug’ilgan chaqaloqlar parvarishi, neonatal sepsisning eng zamonaviy erta diagnostika va da’vo usullari,zamonaviy ko’p funksiyali chala tug’ilgan chaqaloqlar inkubatorlari bilan ishlash, yurak qon-tomir sistemasi tug’ma nuqsonlarini zamonaviy Doppler exokardiografiya apparatlari yordamida  erta tashxislash, pediatric va neonatal bemorlar markaziy venalar kateterizatsiyasida Doppler ultratovush va EKG monitoring ostida  yangi P-EKG usulini qo’llash, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda profilaktik va diagnostik neyrosonografiya  ;

-epitelioma, sarcoma, nevus va boshqa teri o’smalarini da’vo va diagnostik maqsadda olib tashlash uchun o’tkaziladigan teridagi mahalliy operativ muolajalarni o’tkazishda ishtirok etish;  

italy-2 italy-5

Stajirovka o’tash mobaynida magistratura talabasi Ismailova E.N. “Biznesda ayollar” nomli II xalqaro konferensiyaga ma’ruzachi sifatida taklif etildi va O’zbekiston,Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, O’zbekistonning tarixiy shaharlari, milliy urf-odat va an’analari bilan yaqindan tanishtirildi. 

italy-7
italy-6

photo_2019-04-03_03-59-11

 Erasmus loyihasi talabalari bilan tanishuv maqsadida “Erasmus Orientation Meeting” uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuv mobaynida Sannio Universiteti (Universita degli studi del Sannio) haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi va Benevento shahriga oid savollar muhokama qilindi.  

Doctor Enrico Buonfino tomonidan “Italiyada reabilitatsiya tizimi va uning rivojlanish bosqichlari” mavzusida prezentatsiya o’tkazildi.

Sannio Universiteti (Universita degli studi del Sannio) da stajirovka o’tash mobaynida mahsus Italiyan tili kursida qatnashish imkoniyati yaratildi. Kurs davomiyligi 2 oydan iborat bo’lib, darslar haftada 2-3 marotaba Sannio Universiteti (Universita degli studi del Sannio) binosi ofisida olib borildi.   

i-1

i-2

Doctor Pieranjela Motola mezbonligida rasmiy kechki ovqat. Kechki ovqat mobaynida Italiyan taomlari ta’tib ko’rildi, o’zbek milliy taomlari tayyorlandi, stajirovkaga bog’liq masalalar keng muhokama qilindi. Kecha oxirida har ikki tomon o’rtasida kichik sovg’alar almashinildi.

it-1

Erasmus plyus loyihasi doirasida Sannio Universiteti (Universita degli studi del Sannio) San Pio kasalxonasi (Аzienda Ospedaliera San Pio), Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti vakillari o’rtasida sog’liqni saqlash sohasida ilmiy-texnik hamkorlikka doir 4 shartnoma imzolandi. Shartnoma Benevento shahar hokimiyati binosi (Palazzo del Governo Benevento) da shahar hokimi Francesco Antonio Capettа va O’zbekistonning Italiyadagi konsuli Rashidov Shuxrat Shavkatovich ishtirokida imzolandi.   


it-8

it-9

Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, loyiha juda ko’p yangi tibbiy bilimlar orttirish, loyihaning asosiy afzalliklaridan biri bo’lgan madaniy va ma’rifiy rivojlanish imkoniyatini taqdim etdi, yangi do’stlar orrtirildi va kelgusida o’zaro bilim almashinish, o’zbek xalqining madaniyati,milliy an’ana va urf-odatlarini tanishtirish maqsadida ular O’zbekistong taklif qilindi. 

Umumiy hisobot “Terapiya” yo’nalishi 3-bosqich magistranti Ismailova E., “Shoshilinch tibbiy yordam” yo’nalishi 2-bosqich magistranti Zokirov N., ‘Kardiologiya” yo’nalishi tayanch doktoranti Asomov M. Lar tomonidan tayyorlandi.