Barcha ToshPTI magistr va yosh mutaxassislar diqqatiga!

Barcha ToshPTI magistr va yosh mutaxassislardiqqatiga!

 

ToshPTI va Sannio Universiteti 2019 yil aprel oyida O’zaro Tushunish haqidagi Memorandumni imzolash vaqtida erishilgan kelishuvlar doirasida mobbillik loyihasi (magistrlar va yosh mutaxassislar uchun klinika amaliyoti) da ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladilar!   

Klinikaamaliyoti vaqti: 2020 yil, fevral – may oylari (4 oy)

 

Ishtirok etish shartlari va talablar:

  1. Mutaxassislar faqat ayol kishi bo’lishlari talab etiladi, (so’ngi loyixalardagi jinsiy balansni hisobga olgan holda ayollar foydasiga qaror qabul qilindi).

 

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi yo’nalishlar mutaxassislari (magistr va yosh olimlari, professor o’qituvchilari) ko’rib chiqiladi:
    1. Dermatovenerolog (Teri tanosil kasalliklari bo’yicha mutaxassis)
    2. Pediatriya yo'nalishi bo'yicha tanlab olingan 2-bosqich Magistratura talabasi Son Tatyana Ruslanovnani tabriklaymiz

 

  1. Ingliz tilini IELTS 6.0 darajasida bilish.

 

  1. Ishtirokchilar bevosita Benevento shahar kasalxonasi tegishli bo’limlarining shifokorlari rahbarligida o’z bilim sohalari bo’yicha amaliy va nazariy mashg’ulotlar vaqtida tekin dars va yordam oladilar.

 

  1. Ishtirokchilar Toshkent-Benevento-Toshkent yo’nalishidagi transport xarajatlarini o’zlari to’laydilar.

 

  1. 4 oy davomida faqat xotin-qizlar uchun mo’ljallangan umumiy yashash joyidan bepul ikki kishilik xona taqdim etiladi.

 

  1. 4 oy davomida amaliyotni o’tash joyida ishtirokchilarga bepul tushlik taklif etiladi

 

  1. Ilmiy va amaliy malaka oshirishdagi ishtirok uchun ajratiladigan pul miqdori ToshPTI va Sannio Universiteti o’rtasidagi shartnomaga binoan o’rnatilgan.      

 

  1. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998971555664 telefon raqami yoki ic@tashpmi.uz elektron manziliga murojaat qiling.

 

photo5283164646209072029 photo5283164646209072028 Benevento

 

 

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni yuborish muddati: 2019 yil 20 dekabr