TEMPUS UZHELTH loyihasini ochilishi marosimi: “O'zbekistonda sog'liqni saqlashni o'rganish va ta'limni kuchaytirishga qaratilgan oliy ta'lim strukturalari”

2014 – yil 24-26 aprel kunlari Toshkent Pediatriy tibbiyot institutida O`zbekistonda  sog`liqni saqlaqshni takomillashtirish masalalariga bag`ishlangan YEI TEMПYS UZHELTH loyihasini yalpi yig`ilishi bo`lib o`tdi va yig`ilishga Italiya, Belgiya, Portugaliya va Slavakuyalik sog`liqni saqlash, qishloq xo`jaligi, ekologiya va veterinariya tizimi sohasidagi mutaxassislar hamda ekspertlar taklif etildi. Tashkilotchilar qayd etib o`tganlaridek, uchrashuvdan maqsad-O`zbekistonda o`tkazilayotgan sog`liqni saqlashni takomillashtirish bo`yicha islohatlarda ushbu sohada band bo`lgan, shuningdek veternariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kabi sohalar uchun kadrlar tayyorlash darajasini yanada yaxshilashga ta`sir ko`rsatishdan iborat.

\r\n

Ilmiy anjuman doirasida 2014-yil 25-aprel, soat 900-da YEI TEMПYS UZHELTH loyihasini ochilishi bo`lib o`tdi: “O`zbekiston Respublikasida jamoatchilik sog`liqni saqlashda o`rganish va orgatishni kuchaytirish uchun oily ta`lim strukturalari”. Rasmiy marosimni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiningo`quv ishlari bo`yicha prorektori, professor Alisher Iskandarov ochdi. U o`z chiqishida quydagilarni ta`kidladi. “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 2014-yil “Sog`lom bola” yili deb e`lon qilindi. Bu esa umumiy amaliyot shifokori va mutaxassis-pediatrlar tayyorlash bo`yicha asosiy oily o`quv yurti sifatida bizning oldimizda zarur va mas`ulyatli vazifa turibdi- ya`ni Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan “Sog`lom ona-sog`lom bola” konsepsiyasini kelajakda yana ham chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. Bugun taqdim erilgan.“O`zbekiston Respublikasida jamoatchilik Sog`liqni Saqlashda o`rgatish vat a`lim berishni kuchaytirish uchun oily ta`lim strukturalari” mavzusidagi TEMPUS UZHELTH ni yangi loyihasi bugungi kunda mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb  masalalarni yechishdagi talablarga to`liq javob beradi. U qishloq xo`jaligi, ekologiya, veterinariya va tibbiyot sohasida to`giridan-to`g`ri tajriba almashish hamda O`zbekiston Respublikasi aholisi sog`lig`i holatiga bevosita yoki bilvosita ta`sir etuvchi muammolarni birgalikda hal etisgda doimiy ta`sir etuvchi platforma sifatida chiqishi mumkin.

\r\n

Shu bilan birga Yevropa Ittifoqining (YEI) O`zbekistondagi delegatsiyasi vakili Dominik Vouters Yevropa Ittifoqining yangi loyihasi haqida gapirib berish bilan birga shularni qayd etib o`tdi, ya`ni TEMPUS UZHELTH TEMPUS loyihalari ichida 11 ta  yangi tanlab olinganlardan biri bo`lib , oily o`quv yurtlarining o`quv dasturlarini modernizatsiya qilishda o`zining katta hissasini qo`shadi. Shu munosabat bilan A.Iskandarov quyidagilarni ta`kidladi: “Bizning institutimiz loyihani samaradorli va natijali bajarish uchun o`zining ma`muriy hamda inson resurslaini taqdim etishdan juda xursand”.
Ilmiy anjumanda shunungdek turli vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etishdi. Marosimni ochilishidagi tabrik so`zni aytish uchun O`zbekistondagi Yevropa Ittifoqi deligatsiyasining hamkorlik bo`lim Rahbari Dominik Vouters so`zga chiqd; O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining vakili Muhabbat Mirsoliyeva; O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash vazirligining o`quv yurtlar bo`lim boshlig`i- fan va o`quv yurtlari Bosh boshqarishmasi boshlig`ining o`rinbosari Gulnora Yusupaliyeva: O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi va Suv resurslari ta`lim muassasalari Bosh boshqarmasi boshlig`i Shakarboy Joniqulov; O`zbekistondagi Tempus va Erozmus Yevropa Ittifoqi dasturi ofisi koordinatori Aziza Abduraxmonova, shuningdek Piza Universtitetii professori  Katerin Isaaks, Tempus loyihasi ekspertlari ishtirok etishdi.

\r\n

Loyiha davlat sog`liqni saqlashni yana ham samarali tizimini yaratish jarayiniga jalb etish uchun oily o`quv yurtlariaro  hamkorlikni, shuningdek xususiy korxonalar bilan davlat muassasalari o`rtasidagi yaqin aloqani ko`zda tutadi.

\r\n

Tadbirning umumiy vazifasi loyiha ishtirokchilari va qizquvchi tomonlarni bevosita birlashtirishga layyoqatli sog`liqni saqlash sohasi va uning barcha relevant sohalari uchun koordinatsiyalashgan axborot tuzilmalarini tuzishdan iborat bo`ladi: barcha darajada sog`liqni saqlash tizimi yana ham samatali faoliyat yuritishda sog`liqni saqlash  uchun kadrlar tayyorlashni ta`minlash (texnikalar, ekspertlar, mutaxassislar va ilmiy xodimlar).