Kredit Mobility dasturi doirasida Piza Universitetida o'tkazilgan amaliyot to'g'risida

 Kredit Mobility dasturi doirasida Piza Universitetida 20.02.2017-19.05 2017 yy.  

davomida o`tkazilgan amaliyot to`g`risida hisobot 

Amaliyot davri:20.02.2017-19.05 2017 (375 soat) 

Amaliyot o`tkazilgan joy: Ospidale S.Chiara (Largon Medaglie doro,9) Pediatric Department            

 ( Edificio 1).  Pfor.D.Peroni, hamda bosh bolalar endokrinolog-diabetolog Prof.G.Federico boshchilig`ida 

Kirish

  Pediatriya bo`limi 10 dan ortiq ambulator xonalar bilan jihozlangan. Shu jumladan, allerogolog, kardiorevmatolog, nevrolog, onkogematolog, pulmonology va gastroentrolog, tireoid kassaliklari va bolalarda suyak metabolik kasalliklari ambulator xonalari mavjud. Shu bilan birga, bo`limda funksional diagnostika va laboratoriya xonalari o`z faoliyatini yuritadi. Shuni ta`kidlash lozimki, bo`lim qoshida kuzatuvga muhtoj kasallar uchun statsionar bo`lim mavjud bo`lib, ushbu bo`limda navbatchi shifokorlar kuzatuvda qoldirilgan bemorlarga kerakli yordamlarni ko`rsatadi.

IMG_8126 (Копировать)

Ilmiy tadqiqot bo`yicha faoliyat va stastistik ma`lumotlar

  Amaliyot davomida “Zamonaviy insulin terapiyada bo`lgan, qandli diabet 1-tur bilan kasallangan bemor bolalarning hayot sifatini baholash” ilmiy tadqiqotiga oid faoliyat olib borildi.

  Tadqiqotning  asosiy maqsadi: 1- tur Qandli diabet bilan kassallangan bolalarda zamonaviy davolash usullari va bemorlarda qoniqarli metabolik nazoratga erishish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish. 

Tadqiqotda, bemor bolalarning hayot sifatini baholash uchun quyidagi so`rovnomadan foydalanildi: «Quality of life for youth» (DQOLY-SF © 2006: H. Hoey, H. M. McGee, T. C. Skinner and S. E. Skovlund) Questions about living with diabetes

5 (Копировать)

  Amaliyot davomida o`rtacha 100 ta bemor turli endokrin kasalliklar va shikoyatlar bilan murojat qildi hamda ro`yxatga olindi. Shulardan 50 tasi Qandli diabet 1- tur bilan kasallangan va turli tipdagi insulin terapiya olayotgan bemorlar.  

Безымянный (Копировать)

Pompali insulinterapiyada bo`lgan bemorlar 5 ta asosiy guruhga bo`lindi:

1- guruh- pompasiz bemorlar

2-guruh – 1 yil davomida pompali insulinterapiyadan foydalanayotgan bemorlar

3-guruh – 2-3 yil davomida pompali insuliterapiyadan foydalanayotgan bemorlar

4-guruh – 4-5 yil davomida pompali insuliterapiya bilandan foydalanayotgan bemorlar

5-guruh  - 5 yildan ko`proq vaqt davomida pompali insuliterapiyadan  foydalanayotgan bemorlar

Bemor bolalarning hayot sifatini baholash bo`yicha o`tkazilgan so`rovnoma asosida quyidagi natijalar olindi: 

1 (Копировать)

 

3 (Копировать)

Xulosa

  Uch oy davomida o`tkazilgan so`rovlardan ma`lum bo`ldiki, Italiya aholisi orasida Qandli diabet 1-tur bilan kasallangan va pompali insulin terapiyadan foydalanayotgan bemor bolalarning hayot sifati, ko`p martali intensiv insulin terapiyadan foydalanayotgan bemorlarga qaraganda 30% qoniqarliroq bo`lib chiqdi. So`rovnoma asosida 1- chi guruh bemorlarning (pompasiz bemorlar) hayot sifati pastligi va jismoniy faoliyatlarining cheklanganligi  aniqlandi. 2-chi guruh bemorlar (pompali insulinterapiyada 6 oydan 1 yilgacha foydalanayotgan bemorlar) hamda ularning ota-onalari ko`p xolatlarda diabet asoratlaridan tashvishlanayotganlarini ta`kidlab, ushbu asoratlar bemorning kelajakdagi rejalariga, ya`ni ta`lim olish sifatiga va oila qurishiga to`sqinlik qilishi mumkin deb hisoblaydilar. 3-chi guruh bemorlar (pompali insulinterapiyadan 2 yil dan ortiq vaqt davomida foydalanayotgan bemorlar) va  ularning ota-onalari esa o`z farzandlarining ahvollarini namunali deb baholashadi. Shu bilan birga,  bu guruh bemorlarning hayot sifati boshqa guruh bemorlardan 30% qoniqarliroq deb aniqlandi.

Diabetologiyada, yangi texnologiyalar bilan ishlash

  Shuningdek, amaliyot davomida yangi texnologiyalar bilan tanishishga erishildi. Shu jumladan glyukometrlarning yangi avlodlari, pompalar va metabolik nazorat bilan bog'liq boshqa texnologiyalar. Shuni ta`kidlash lozimki, zamonaviy diabetologiya muammolaridan biri, bu davolash tizimini optimalshtitirish. Shu maqsadda kun davomida qondagi qand miqdorining tebranishlarining to'liq suratga olish zaur. Ushbu muamoni yechimi yangi texnologik vosita- uzluksiz glyukoza nazorat CGMS tizimini (Continuous Glyukoza Monitoring System) bilan hal qilinishi inkor etilmaydi. Bu vosita bemorda qand miqdorini uzliksiz (1-10 minut) davomida bir necha kun davomida o`lchab boradi  va bir necha kun davomida glyukoza o'zgarish jadvalini yaratadi.

2 (Копировать)

Vosita nomi:Continuous Glucose Monitoring System

IMG_8065 (Копировать)

Vosita nomi: Sensor augmented pump insulintherapy(Dexcome+Animas Vibe)

   Ilmiy konferensiyalardagi ishtiroklar

  Shuningdek, 9 mart 2017 yil Pisa shahrida bo`lib o`tgan diabetologlarning yillik anjumanida qatnashildi: «IL BAMBINO CON DIABETE GIOVANILE Quale tutela?» (Grand Hotel Duomo, S Maria 94, Pisa,).

  So`zlovchilar:

1.Dottoressa Beartice Cauteruccio, psicologa Prezentasiya: Qandli diabetli bolalarning psixologik xususiyatlari.

2.Prof. Massimo Martelloni (Presidente COMLAS, Coordinatore ASL Toscana Nord-Ovest per la gesione medico legale dei sinistri,Dirretore U.OC Medicina Legale di Lucca.

3.Dott. Onofrio De Lucia, vice President della Commissione Medica Superior INPS.

4: Savol javob

  Anjuman davomida qandli diabet 1 tur bilan kasallangan bolalarning ta`lim tarbiyachilari gipo- va giperglikemik holatlarda tez yordam kursata olishlari buyicha darslar olib borilishi kerakligi hamda yangi diabet maktablar ochilishi muammoli muhokama qilindi.

IMG_7931 (Копировать)  IMG_7932 (Копировать)

“Erasmus+” proekti asosida kongress

 Shu bilan birga, Erasmus + 30 yilligiga bag`ishlangan kongressda qatnashildi. Ushbu kongressda bizlar Piza Universitetining O`zbekistonlik xalqaro talabalari sifatida qatnashdik.

IMG_8844 (Копировать)

Dasturda 33 mamlakatdan 4000 dan ziyod ta'lim muassasalari jalb qilingan. Ushbu dastur 1987 yilda tuzilgan bo`lib,  2,2 mingdan ortiq talabalar uning ishtirokchilariga aylanganligini ta`kidlash lozim.

  Yevropaning ko`plab talabalari uchun “Erasmus + “ dasturida  ishtirok etish va chet elda ta`lim olish, ilk bor ona yurtdan uzoqlashish deb aytishimiz mumkin. Natijada, "Erasmus tajribasi"ni bir madaniy hodisa sifatida ta`riflasak adashmaymiz. "Erasmus tajribasi" esa nafaqat chet elda ta`lim olish imkoniyatini, balki talabalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun imkoniyatlarni yaratmoqda va qolaversa bu yosh avlod uchun chet ellik tengdoshlar bilan tajriba almashish hamdir.

  Yevropa birlashmasining bosh direktori shuni ta`kidlab o`tdiki, Erasmus talabalari Yevropaning madaniy integrasiyasini mustahkamlashda hamda panevropallik - tenglikni yaratishda katta hissa qo`shmoqda.                                                   

Umumiy xulosalar.

   Har bir yangi sayohat, bu inson hayoti uchun yangi tajriba va yangi imkoniyatlarni ochish davridir. Uch oy davomida Italiya mamlakatidagi “Mobility Program” dasturi doirasidagi hayotim men uchun aynan shu yangi tajribani va imkoniyalarni  ifodalovchi omil bo`ldi deya olaman. Ushbu dastur ko`pgina jihatdan foydali bo`lib, ayniqsa ijtimoiy va akademik jihatdan mening shaxsiy va professional hayotimda muhim o`rin egalladi. Bu ulkan imkoniyatni men uchun tashkil etgan tashkilotchilar Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti, Piza Universiteti va Yevropa Xalqaro Uyushmasiga o`zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, shuni ta`kidlash lozimki, Erasmus + loyihasi chet ellik talabalar uchun italiyan tilini o`rganish imkonini ham taqdim etdi. Bu tilni o`rganish, men uchun katta shon sharafdir, ze`ro bu nafaqat Italiyan til asoslarini o'rganish bo'yicha juda foydali bo'lib qolmay, balki ko'p madaniy yangiliklarni ochishga imkon yaratdi.

Yo`nalish: Endokrinoloya va bolalar Endokrinologiyasi  

Azimova Ozoda Tal`atovna