Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xodimlari xalqaro universitetlarning vakillari bilan Italiyada uchrashuvda ishtirok etdilar

2019 yil 20-22 fevral kunlari Pavia shahrida (Italiya) Pavia Universitetida Italiya, Germaniya va Polsha universitetlari hamkorligida O'zbekiston, Qozog'iston va Tojikiston oliy o'quv yurtlari vakillarining birinchi ishchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti vakillari sifatida ToshPTI Innovatsiya markazi direktori Ashirbaev Sh.P. va Xalqaro loyihalar va grantlarni, xorijda amaliyot o'tashni muvofiqlashtirish, bo'limi boshlig'i, Saidxodjaeva S.N. ishtirok etdilar.

ital11

Ushbu uchrashuv Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Markaziy Osiyoda diplomdan keyingi tibbiy ta’limni modernizatsiyalash namunasi sifatida bolalarni parvarish qilish tizimini takomillashtirish" 598399-EPP-1-2018-1- IT-EPPKA2-CBHE-JP deb nomlangan Erasmus Plus CHILDCA ning yangi ta'lim loyihasini amalga oshirishga bag'ishlangan edi.

ital3

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ushbu loyihaning hamkori hisoblanadi. Loyihaning maqsadi Markaziy Osiyoda bolalarni parvarish qilishni boshqarish, pediatriya, jarrohlik va neyropsixiatriya sohasida shifokorlar bilimi va malakasini oshirish, diplomdan keyingi ta’limni modernizatsiya qilish, professionalizatsiya va xalqarolashtirishni qo’llab-quvvatlashdan iborat. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlarida nafaqat pediatriya, balki tibbiyotning boshqa sohalarida ham diplomdan keyingi ta’limni tashkil etishni barqaror va uzoq muddatli takomillashtirish uchun tizimli loyiha bo’lishi uchun texnik-iqtisodiy asos sifatida tashkil etilgan qo’shma loyihadir.

ital1

Loyiha chaqaloqlarni va bolalarni davolashning zamonaviy usullarini o'qitishning yangilangan yondashuvi hisobiga bolalarni parvarish qilishning muhimligini ta'kidlaydi.

Loyiha natijasida Evropa ittifoqi mamlakatlarida qabul qilingan bolalarni kompleks parvarish qilishga bag’ishlangan strategiyalar va ularda belgilangan natijalarga erishishga qaratilgan yangi o’quv rejalar va ta’lim strategiyalari ishlab chiqiladi.

ital4

Ushbu dastur ingliz tilini yaxshi biladigan hamkor universitetlarning o’qituvchilari, talabalari va xodimlari uchun Yevropa komissiyasi grantini olish imkoniyatini beradi.