TPTI CHILDCARE loyihа jamoasining birinchi yig’ilishi

18.03.2019 yil kuni ToshPTIning kichik majlislar zalida Yevropa ittifoqining Erasmus+ ta’lim dasturi doirasida tayyorlangan CHILDCA (“Markaziy Osiyoda diplomdan keyingi tibbiy ta’lim berishni takomillashtirish modeli sifatida bolalar parvarishi bo’yicha ta’lim berish tizimini mukammallashtirish” ) loyihа jamoasining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Majlis kun tartibida loyihaning ustuvor maqsad va vazifalari,pediatriya,neyropsihiatriya va bolalar jarrohligi bo’yicha mutaxassislar faoliyatining asosiy yo’nalishlari muhokama qilindi.Ish to’plami komponentlari,loyiha faoliyatini kengaytirish rejalari batafsil muhokama qilindi. Uchrashuv natijasida loyiha guruhi a’zolariga Respublikadagi hozirgi kungi holatni tahlil qilinishiga asosan loyihaning asosiy yo’nalishlaridan diplomdan keyingi ta’lim olish bo’yicha o’quv dasturlarni va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o’rganish uchun so’rovnomalarni ko’rib chiqish bo’yicha vazifalar taqsimlandi .

IMG_20190322_213826_812 (1)