CHILDCA loyihasining "preventive monitoring"i

26.03.2019 yil kuni CHILDCA loyihasining preventive monitoring o’tkazilishi doirasida ToshPTIda Erasmus + Milliy ofisi tomonidan NEO koordinatori Abdurakhmanova A.K. va NEO eksperti Bahadirov K. tashrifi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvda ToshPTI loyiha guruhining barcha a'zolari va BDTI loyiha guruhi a’zolari qatnashdilar. Uchrashuv doirasida CHILDCA loyihasining ToshPTIda amalga oshirilishi bo’yicha milliy koordinator Saidhodjayeva S.N. , CHILDCA loyihasi bo’yicha BDTIning loyiha guruhi vakili Yuldasheva R. hisobotlari , shuningdek ToshPTIda ICM loyihalarining amalga oshirilishi bo’yicha Ashirbayev Sh.P. ma’ruzasi tinglandi. Monitoring natijalariga ko’ra loyiha faoliyatini yahshilash va mukammallashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi. Loyihaning muvaffaqqiyatli amalga oshirilish yo’lida barcha ko’zda tutilgan maqsadlar,vazifalar,yuzaga kelishi mumkin bo’lgan to’siqlar muhokama qilindi hamda ko’rib chiqildi. Loyiha guruhi a’zolari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish,o’z taklif va mulohazalarini bildirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

 

 

 photo5255970931925428667