O’zbekistonda Erasmus+ CBHE Technology in Rehabilitation (TechReh) loyiha boshlang’ich konferensiyasi

O’zbekistonda Erasmus+ CBHE Technology in Rehabilitation (TechReh) loyiha boshlang’ich konferensiyasi

2016 yil 15-19 noyabr kunlari O’zbekistonda ET ning Erasmus CBNE TechReh loyiha yuzasidan boshlang’ich konferensiya tadbiri o’tkazildi. Boshlang’ich konferensiya tabdiri doirasida Toshkent va Nukus shaharlarida bir qator tabdirlar tashkil etildi. Konferensiya Toshkent shaxrida ikki ilmiy amaliy seminar, loyiha menejmentini muhokamasi konsorsium uchrashuvi shu bilan birga loyihaning dastlabki natijalarini Nukusda ilmiy amaliy seminar va tabdirlar yordamida keng yoritildi

2016-yil 15-noyabr kuni loyiha bo’yicha barcha Evroppa hamkorlari va barcha O’zbekistonlik loyiha hamkorlari Toshkent shaxriga yetib keldilar.  Loyiha xamkorlaridan biri Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Yevropa Ittifoqi davlatlarida tibbiyot reabilitatsiya sohasida zamonaviy texnologik tizimlarni rivoji yuzasidan ilmiy amaliy seminar o’tkazildi.

15-11

Evropa oliy ta’lim muassasalar vakillari TechReh loyihasi bosh muvofiqlashtiruvchi Italiya professori Paskuale Deponte boshchiligida qutlov nutqi bilan chiqdilar. Shu bilan birga Evropa Jamoat Terapiyasi va Reabilitatsiya vakillari Alessandro Jyustini va Alvidos Jyuskevichlar Yevropa Ittifoqida reabilitatsiyada texnologiyalar rivoji jumladan Latviya mamlakati misolida o’z dasturiy xisobotlari namoyish etdilar.

15-11_2

Shuningdek Sannio (Italiya) universiteti xodimi Janlyuka Mazilli, Lyuka de Vito va portugaliyaning Plux innovatsion korxonasi direktori Xyuga Silva reabilitatsiya sohasida jarohat va kasallikdan so’ng xarakatni qo’llab quvvatlovchi vazifalarini tiklashda biosensor, datchiklar va qurilmalardan foydalanish qo’llash yuzasidan o’zlarining moxir usta chiqishlarini taqdim etdilar.

15-11_3

 

1-seminar davomida tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar, ToshPTI terapiya kafedra o’qituvchilari, studentlar va magistrantlar faol qatnashdilar va taqdimoqlar yuzasidan ko’pgina savol javoblar amalga oshirildi.  

15-11_4

2016 yil 16-noyabrda 2-seminar tadbiri loyiha xamkori Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida moxir usta chiqishlari amalga oshirildi. Tadbirning 1-yarimida TechReh loyiha qatnashchilari Reabilitatsiya va Texnologiya sohasida yangi magistratura yo’nalishini tashkil etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Uchrashuvga moderatorlik va yakuniy xulosani professor Veronika Perderyu (Fransiya) va TATU professori Marat Raxmatullaevlar amalaga oshirdilar. Natijada barcha loyiha qatnashchilari tomonidan magistratura yo’nalishini yaratish rejasiga rozilik bildirdilar, shu bilan birga loyiha yuzasidan chora tadbirlar xaritasini va amalga oshirish kerak bo’lgan ishlarni belgilab oldilar.

15-11_5

2016 yil 16-noyabrda kunning ikkinchi yarmida magistratura yo’nalishi masalasi muhokamasi bilan birga reabilitatsiya sohasida jarohat va boshqa kasalliklardan so’ng xarakatni qo’llab quvvatlovchi vazifalarini tiklashda biosensor, datchiklar va qurilmalardan foydalanish qo’llash yuzasidan o’zlarining moxir usta chiqishlarini taqdim etdilar.

16-11

2016 yil 17-noyabrda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida loyiha konsorsium yeg’ilishi bo’lib o’tdi. Yeg’ilishda navbatdagi bosqichlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi. Asosiysi O’zbekiston 4ta xamkor OTMlarga loyiha mablag’lari xisobiga kelgusi yilda xarid qilinishi lozim bo’lgan laboratoriya va muassasa qurilmalari ro’yxati belgilandi. Shu bilan birga 2016 yil 7-noyabrda EACEA va NEO ning O’zbekistondagi ofisi tomonidan joylarda o’tkazilgan profilaktik monitoring dastlabki natijalari qisqacha taqdim etildi. Konferensiyaning 3-kunida loyihaning istiqbolli rejalari va keyingi aniq boshqichlarini aniqlash va ularni amalga oshirish yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.

17-11

18-noyabrda ToshPTI Nukus filiali tomonidan tashkil etilgan tibbiyot sohasida zamonaviy ta’lim va dolzarb masalalar mavzudagi xalqaro seminarda qatnashish maqsadida boshlang’ich qatnashchilari (barcha loyiha qatnashchilari) yetib keldilar. Tabdir davomi ToshPTI Nukus filiali direktori professor Oral Ataniyazova rahbarligida olib borildi. Tabdir yakunida Oral Ataniyazova tomonidan uchrashuv hamda O’zbekiston OTM larga keltiriladigan aniq laboratoriya va qurilmalari yuzasidan bayonnoma tuzildi. Shuningdek navbatdagi uchrashuvlar Evropa OTM larda o’tkazilishi belgilab olindi. Reabilitatsiya va texnologiyalar sohasida O’zbekiston xamkor OTM uchun 8ta mutaxassis va 12ta magistrantlar uchun malaka oshirish yuzasidan kelishuv belgilanganligi uchrashuvning eng samarali natijasi etib xisoblash mumkin.

18-11

2016 yil 19-noyabrda ToshPTI Nukus filialini 25 yillik bayrami xalqaro ilmiy amaliy konferensiya doirasida o’tkazildi va nishonlandi. Konferensiyada hukumatimiz rasmiy vakillari, vazirliklar va idoralar vakillari hamda professor Oral Ataniyazova va professor Paskuale Daponte rahbarliklari ostida o’tkazildi. Konferensiyada loyihaning muhim tomonlari ularning maqsad vazifalari haqida keng ommaga taqdim etildi va tanishtirildi. 

19-

Shuningdek Evropa professorlari Veronika Perderyu, Alvidas Jyuskevich va Elena Ilieva (Bolgariya) o’zlarining tibbiyot ta’limi va texnologiylar rivoji yuzasidan xisobotlari tinglandi.  2016 yil 19-noyabr kunning 2-yarmida  xalqaro konferensiya doirasida parallel ravishda reabilitatsiya sohasida jarohat va boshqa kasalliklardan so’ng xarakatni qo’llab quvvatlovchi vazifalarini tiklashda biosensor, datchiklar va qurilmalardan foydalanish qo’llash yuzasidan o’zlarining 3- moxir usta chiqishlarini taqdim etdilar.

Konferensiya doirasida ToshPTI Nukus filiali va Italiyaning Sannio universiteti bilan 2-loyiha tantanali ravishda imzolandi. Loyiha kredit mobilligi yuzasidan bo’lib professor o’qituvchilar tarkibiga va talabalarga chet el mamlakatlarida amaliyot va malaka oshirish imkoniyatini beradi. Jumladan Nukusga Yevropa professorlari va talabalari ham yuboriladi.  

19-11

Uchrashuvning asosiy va muhim qismi O’zbekiston Terapiya va Reabilitatsiya professorlari qatorida B.T. Daminov, O.A. Ataniyazova, M.A. Raxmatullaeva, R.J. Narimbetova, K.P. Muminova va Sh.P Ashirbaev (ToshPTI Innovatsiya markazi direktori) Evropa Jamiyati faxriy a’zolari etib tantanali ravishda belgilanganligi ta’kidlash mumkin.

19-2

Boshlang’ich konferensiya yakunida barcha loyiha qatnashchilari ilmiy amaliy qismni yuqori darajada ekanligi ta’kidlandi, shu bilan birga muassasalarni nufuzi va tabdirlarni o’tkazish yuqori darajada o’tkazilganligi uchun hamda o’zbekistonlik xamkorlarining mehmondo’stlik ko’rsatganliklari uchun katta minatdorchilik bildirdilar.

Ashirbaev Sherzod va Vihrov Igor,

ToshPTI TechReh loyiha jamoasi.