19/08/2018 dan 01/09/2018 gacha Erasmus+ TechReh loyihasi doirasida Santo Stefano reabilitatsiya institutida (Italiya) amalga oshirilgan malaka oshirish o`quv kursi kundaligi
20.08.18.- 21.08.2018
Dastur ochilishi:
Kirish so‘zi Santo Stefano rehabilitation klinikasi professori - Alessandro Gîustiniga beriladi.
O‘z so‘zida ma'ruzachi trening ishtirokchilarini tashkiliy masalalar, amaliy va nazariy mashg‘ulotlar jadvali bilan batafsil tanishtiradi.
O‘quv texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi bo‘lg‘usi taqdimotdan oldin, gospital yuzaga kelishi tarixi, uning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy reabilitatsiya va multidissiplinar yondashuv sohasidagi yutuqlar bilan batafsil tanishish zarur. Klinikaning muvaffaqiyati uchun muhim jihat, so‘zsiz, shifokorlar, kichik tibbiyot xodimlari, ijtimoiy ishchilar, shuningdek boshqaruv tashkilotchilari organlari vakillarini birlashtirib, yakdillikda ishlovchi gospitalning yuqori malakali jamoasi sanaladi.
Santo Stefano - KOS funksional reabilitatsiya muassasalarini boshqarish bo‘yicha Italiya bozoridagi yetakchi xususiy operatorlardan biridir. U “Santo Stefano” markasi ostida Cos Care kompaniyasi orqali ish yuritadi. Takliflar ko‘lami shifoxonalarni intensiv reabilitatsiyalashdan uyda reabilitatsiyalash uchun to‘liq xizmatlar to‘plamigacha qamrab oladi. Santo Stefano bosh miya kasalliklari tufayli yuzaga kelgan va komaga olib kelgan muammolar; serebral insult; nevrologik kasalliklar; travmatik yoki surunkali degenerativ asosga ega mushak va suyak tizimi patologiyalari (hatto og‘ir va murakkab yondosh patologiyalar sharoitida va birgalikdagi protezlar aralashuvidan keyin ham)ga ega barcha yoshdagi insonlar uchun reabilitatsiyaning keng ko‘nikmalariga ega. Santo Stefanoning og‘ir bosh chanog‘i-bosh miya travmalarini davolashdagi reabilitatsiya borasidagi katta tajribasi o‘ta muhim ixtisoslashuv sanaladi. Ba'zi markazlarda ham reabilitatsiya ko‘nikmalari bor, ular mavjudlik hududi muammolari bo‘yicha ixtisoslashadi: alkogolik, kardiologik, neyrodegenerativ patologiyalar (masalan, xotirani yo‘qotish sklerozi, YoAS (yon amiotrofik skeroz), Parkinson va boshq.), revmatologik, respirator, Santo Stefano brendi ostida esa, KOS guruhining psixiatriya sohasida ham mavjudligi mustahkamlandi.
Shuningdek, professor 2018 yil iyunida robototexnika sohasidagi yosh olimlar uchun ilk bor o‘tkazilgan dastlabki maktablar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng tanishuv uchun so‘z O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolariga, u tomondan loyiha koordinatoriga, TATU va ToshPTI tomonidan ishtirokchilarga berildi. Ularning har biri uchun o‘tilgan loyiha bo‘yicha o‘z maqomi, roli va kutilayotgan natijalarini taqdim etish imkoniyati berildi. Bizning ishtirokchilarimiz tomonidan quyidagi modullar taqdim etildi:
Basics on medical Rehabilitation;
-Basics of new modern technology in rehabilitation in musculoskeletal disorders ;
-Laboratory Equipment work and it's application in rehabilitation (Unit in Master Course );
-Basics to new technology in rehabilitation in neuroscience ;
-State of the Art rehabilitation technology.
Kunning ikkinchi yarmida doktor Massimo Vallasciano, director of Lampo laboratory Internship tech rah Lampo laboratoriya imkoniyatlari va texnik jihozlanishi bilan tanishtirdi va “Presentation of the "Lampo" movement and posture laboratory - Role and perspectives of cooperation between engineers, doctors and health personnel in the evolution of rehabilitation activities and optimization of results for evaluation and treatment” mavzuida ma'ruza qildi. Mazmunga boy dasturning ikkinchi yarmi kirish qismi Lampo laboratoriyasi personali, uning ustuvor maqsadlari va vazifalari bilan tanishishga bag‘ishlandi. Bu yerda reabilitatsiya uchun texnologiyalarning keng assortimenti, ularning izchil texnik xarakteristikalari, qo‘llash imkoniyatlari va mahsuldor integratsiyasi taqdim etilgan. Jumladan, surface electromyography: uning vazifalariga nevrologik ortopedik amaliyotda harakat tahlili kiradi. Keltirilgan taqdimotda har bir apparatning asosiy tushunchalari va xarakterli xususiyatlari bayon etildi. Kelgusi bosqichlarda amaliy va nazariy bilimlarni harakatdagi buzilishlarga ega bemor misolida uyg‘unlashtirish rejalashtiriladi. O‘tkazilayotgan trening davomida EMG zamonaviy apparatini insonda (sinalayotgan) qo‘llagan holda mahorat darslari o‘tildi. Antonio Ruggiero – biotibbiy bioinjener.
22.08.2018
Denitza Slavova, spiker, Bolgariya vakili Ma'ruza nomi: «ICT and Rehabilitation technologies. State of art or of rehabilitation technologies. Needs of education and implementation in rehabilitations». Spiker o‘z oldiga shunday vazifa qo‘ydi: tibbiyotda bioinjeneriyaning keyingi o‘n yildagi taraqqiyoti davomida reabilitatsiyaviy texnologiyalar evolyusiyasini tahlil qilish. Chuqur tahlil o‘tkazildi va hozirgi zamondagi asosiy reabilitatsiyaviy jihozlarning butun spektri, ularning sifat va miqdor xarakteristikalari taqdim etildi. Taqdim etilgan ma'ruzada qo‘llaniladigan texnologiyalarning barcha ijobiy va salbiy tomonlari keng yoritildi. Ma'ruzachi va uning reabilitatsiya markazi jamoasi o‘z oldilariga yangi maqsadlar va istiqbolli yo‘nalishlar qo‘ydilar: reabilitatsiya sohasida innovatsiyaviy texnologiyalarni takomillashtirishga oid kelgusi, uzoq muddatli tadqiqotlar, virtual va telekommunikatsiya resurslaridan har joyda va hammabop foydalanish.
Alessandro Giustini
O‘quv jarayoni turli bosqichlari uchun izchil tayyorlangan ta'lim kursi yaratilishi zaruriyati to‘g‘risidagi taqdimot bilan chiqish qildi. Professor sog‘liqni saqlash tizimida DPM rahbariyati uchun ham, institutlar magistrlari, tor ixtisoslik vrachlari, ijtimoiy ishchilar uchun ham optimal modul yaratish zaruratini qayd etdi. Maksimal natijalarga erishish va yanada mahsuldor ta'lim modullariga ega bo‘lish maqsadida modullarning birlashuvi muhim jihat sanaladi.
Reabilitatsiya bo‘limida bemorlar bilan mahorat sabog‘i:
Bir tomonlama yoki ikki tomonlama qo‘llar reabilitatsiyasi uchun DIEGO:
Qo‘l yukini kamaytirib, sizga ishlash imkonini beruvchi bir tomonlama yoki ikki tomonlama qo‘llar reabilitatsiyasi uchun robotlashtirilgan tizim. Bu ko‘p o‘lchamli robotlashtirilgan tizim bo‘lib, monolateral yoki ikki tomonlama qo‘llar reabilitatsiyasi uchun mo‘ljallangan. Diego sizga ishlash imkonini beradi, anjom vaznini kamaytiradi, terapevtga real ob'ektlardan foydalangan holda yoki virtual voqyelik o‘yinlari bilan birgalikda reabilitatsiya topshiriqlarini bajarish o‘rtasida tanlov imkoniyatini beradi. O‘z boshqaruv tizimi tufayli, harakat, sensor va kognitiv tanqislikka ega bemorlar uchun motivatsiyalovchi reabilitatsiya strategiyasini taklif etib, passiv yoki faol modellarda davolashni o‘tkazish mumkin bo‘ldi. Uni nogironlik aravachasidagi bemorlarda yoki bevosita to‘shakda yotgan bemorda qo‘llash mumkin.
Misol: bemor 55 yoshda, erkak. Tashxis: chap tomonlama gemiparez, ishemik insult oqibati. Davolash kursini boshidan o‘tkazgan miya halokatidan 2 hafta keyin boshlagan. 3 oy davomida chap qo‘l distal va prosimal bo‘limlarida ijobiy dinamika kuzatilgan. Bemor qoshiqni mustaqil ushlaydi, mayda motorika unsurlarini bajaradi. Kognitiv va hissyot-xatti-harakat sohasi yaxshilanishi qayd etiladi. Tushkunlik va apatiya mavjud emas.
Qo‘lning neyromotor reabilitatsiyasi uchun GLOREHA:
Qo‘lning neyromotor reabilitatsiyasi uchun robotlashtirilgan qo‘lqop. Tizim, bemorning saqlanib qolgan motor ko‘nikmalaridan kelib chiqib, harakatlana oladigan barmoqlari harakatini o‘qiydi. Gloreha bir tomondan bo‘g‘imlar harakatini qo‘llab-quvvatlash, boshqa tomondan bemor tomondan g‘ayriixtiyoriy bajariladigan faol harakatlarni tanish qobiliyatiga ega. Bir vaqtdagi 3D-animatsiya tufayli bemor joriy mashqlarni kuzatib borishi mumkin, bu miya po‘stlog‘i stimulyasiyasini kuchaytiradi. Qo‘lqop barmoqlar harakatini o‘qiydi va, saqlanib qolgan motor ko‘nikmalari asosida, qisman yoki to‘liq ravishda, zarurat bo‘lganda yordam beradi. Shuningdek, “oynali neyron” ilmiy tamoyilidan foydalanib, bemor robotlashtirilgan qo‘lqop orqali o‘xshash harakatni nuqsonli qo‘lida amalga oshirish uchun sog‘lom qo‘li harakatidan foydalanishi ham mumkin.
Misol: bemor 41 yoshda, erkak. Tashxis: chap tomonlama gemiplegiya, gemorragik insult oqibati. Total afaziya. Davolash kursi 5 oy, chap qo‘l proksimal bo‘limlarida bilakni ko‘tarish va yelkani ichkariga buka olish ko‘rinishida yengil ijobiy dinamika kuzatiladi. Yaqqol depressiya, apatiya qayd etiladi
23.08.2018
Litvalik professor Alvydas Jocevicious ma'ruzasi. Ma'ruza mavzui: «ICT and Rehabilitation technologies. State of art or of rehabilitation technologies .Needs of education and implementation in rehabilitations».
Ma'ruza robototexnika imkoniyatlari, shikastlanish darajasi (bosh va orqa miya)dan kelib chiqqan holda uning qo‘llanilishi haqidagi tahliliy axborotga boy bo‘ldi. Ma'ruzachi o‘z amaliyotidan bemorlar misollarini, ijobiy natijalar dinamikasini keltirdi. Kunning ikkinchi yarmi reabilitatsiya bo‘limida, quyidagi jihozda treningga bag‘ishlandi:
PABLO kuchni, qo‘l harakatini va qo‘llarni nazorat qiladi:
Qo‘llarning kuchi va harakatlarini reabilitatsiya bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan mashqlar bilan nazorat qiluvchi simsiz qurilma.
Pablo – bu qo‘llar reabilitatsiyasi uchun simsiz qurilmadir. Pablo qo‘l va ko‘plab bo‘g‘imlar shikastlanishi kuchini baholaydi. Qurilma yelkaning vertikal va gorizontal harakati va qo‘l aylanishini nazorat qilish uchun ShKga ulangan qulay sensorli tutqichga ega. Sozlanadigan reabilitatsiya mashqlari tanlovi tufayli bemorni rag‘batlantiruvchi davolashning interaktiv va kognitiv usullarini dasturlash mumkin. Maxsus aksessuarlar va simsiz datchiklardan foydalanish tufayli, Pablo davolashni kengaytirish va qo‘l va tananing aniq bo‘g‘im uchastkalariga qaratish imkonini ham beradi.
Bemor: 20 yosh, yopiq bosh suyak-miya travmasi, avtotravma oqibati. Chap qo‘l zaifligidan shikoyat, dizartriya. Diqqat sustligi va o‘troqlik kuzatiladi. Reabilitatsiya kursi 2 oy. Ijobiy dinamika kuzatiladi.
Qo‘l reabilitatsiyasi uchun AMADEO:
Bu – ssenariylar va real vaziyatlarning keng tanlov ko‘lamiga ega, bir yoki bir necha barmoqlarning faol yoki passiv mashqlariga asoslangan qo‘l motorli reabilitatsiyasi tizimidir. Kattalar va bolalar uchun mashqlar va adaptatsiyaning ko‘p sonli sozlamalari imkoniyatlari bu vositani funksional tiklanish va nevrologik tanqislikka ega bemorlarning avtonimiyasiga erishishda terapevtlar ishi uchun haqiqiy qo‘llab-quvvatlashga aylantiradi. Amadeo, kuch va motor chaqqonlikni tiklab, ham passiv, ham faol mobilizatsiyada ishlab, bilak va barmoqlarda maqsadga yo‘naltirilgan reabilitatsiyani bajarish imkonini beradi. U har bir alohida olingan bemor uchun modulli dasturiy ta'minotdan foydalanish yordamida ish ko‘radi. Shuningdek, Amadeo “o‘yin” interfeysi (masalan, targeting bilan o‘ynash)dan foydalanish imkonini ham beradi, bu qo‘l atrofidagi koordinatsiya, chaqqonlik va diqqatni kuchaytirishda samaradorlikning yuqori darajasini ta'minlaydi. Barchasi bemorni rag‘batlantiruvchi o‘yin samarasi bilan. Santo-Stefanoda biz Amadeoni ham o‘tkir, ham surunkali gemiparetin yoki tetraplegik bemorlarda funksional harakatlanishni, qo‘l atrofi koordinatsiyasini oshirish va spastiklikni kamaytirish uchun ishlatamiz.
24.08.2018
Alvydas Jocevicious ma'ruzasi: «E-health, ICT and telerehabilitation. Virtual Reality» Ma'ruza tibbiyotdagi reabilitatsiyaga bo‘lgan yangi qarashlarni yoritadi. O‘yin samarasi tufayli harakat va kognitiv reabilitatsiya uchun virtual voqyelik bilan tanishtiradi. Virtual voqyelik kopyuter vositasidagi simulyasiyani anglatadi, u sun'iy muhit bilan ishlash, ko‘rish, tinglash, boshqarish imkonini beradi. Reabilitatsiyada Virtual Reality tana qismlariga qo‘llaniladigan datchiklar yordamida, ekranda bemor tomonidan ob'ektni qabul qilish yoki ko‘chirishga yo‘naltirilgan (masalan, koptokni savatga solish) ishora ko‘rinishida bajarilgan sodda harakatini vizualizatsiyalash imkonini beradi. Bu “o‘yin” vositasi, tezkor vizual va eshitish qayta aloqasi tufayli to‘g‘rilikning aniq qaytishi yoki mashqlarsiz harakatlarni nazorat qilishni yaxshilash imkonini beradi. Reabilitatsiyada u bosh miya shikastlanishini kechirgan bemorlarda motorli mashqlar uchun, lekin, shuningdek, kognitiv sohada ham: masalan, reaksiya vaqtini baholashda, diqqat va xotira buzilishini tiklash va muammolarni hal qilishda qo‘llaniladi. Robotlar va virtual voqyelik jiddiy nogironlik muammolariga ega bemorlarga yaxshiroq hayot sifatiga erishish imkonini beradi. Keyingi yillarda yirik italyan markazlari ilk robotlashtirilgan laboratoriyalar ocha boshladilar, bioinjenerlar yolladilar, universitetlar bilan ko‘proq hamkorlik qila boshladilar. Buning natijasi o‘laroq, tadqiqotlarning ilk umid uyg‘otuvchi natijalari yuzaga keldi, ular an'anaviy davolash usullari qatorida virtual voqyelikdan foydalanish afzalliklarini ham namoyish etmoqda.
Kunning ikkinchi yarmi bemorlar bilan virtual voqyelikni qo‘llagan holda trening o‘tkazishga bag‘ishlandi.
Santo Steafano reabilitatsiya markazi uchun SMART HOME – innovatsion aqlli uyning kashf etilishi va amaliyotga tatbiq etilishi yangi yutuq bo‘ldi. Bu yuqori texnologik proekt qulay, cheklangan imkoniyatli odamlarga moslashtirilgan maishiy va hayoti zarur ashyolar bilan jihozlanganlikni o‘z ichiga oladi. Ushbu loyiha cheklangan imkoniyatlari odamlar hayot sifatini yaxshilash uchun barcha zaruratlarni maksimal darajada hisobga olgan.
25.08.2018
Ma'ruzachilar: Alessandro Giustini Massimo Vallasciani Italiya milliy sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan ma'ruza. Ma'ruzachilar Italiya sog‘liqni saqlash tizimining tuzilmasi, yo‘nalishlararo yondashuv, ijtimoiy yordamni batafsil tasvirladilar. Jo‘shqin munoazaralar davomida Italiya MSST barcha afzaliklari va kamchiliklari muhokama etildi. Italiya milliy sog‘liqni saqlash tizimi (NHS yoki italyan tilida qisqacha SSN) universal xarakterdagi hammabop tizim bo‘lib, u umumiy soliqqa tortish (soliqlar), bevosita to‘lov (sanitar bilet) va pullik xizmatlar hisobiga moliyalashtiriladigan barcha fuqarolar uchun tibbiy xizmatni kafolatlaydi.
Italiya Konstitutsiyasi 32- moddasiga muvofiq (u barcha shaxslarning “salomat bo‘lish huquqi”ni mustahkamlaydi), NHS quyidagilarni taqdim etadi: Birlamchi yordam: fuqaro bevosita hududda murojaat qilgan barcha xizmatlar (umumiy amaliyot vrachi, PLS pediatr, tibbiy sug‘urta); Ikkilamchi va uchinchi yordam: fuqaro umumiy amaliyot vrachi orqali murojaat qilgan barcha xizmatlar (tibbiyo mutaxassislar ekspertizasi, tashxis testlari va sh.k.). Bu yagona ma'muriyat emas, balki milliy va mintaqaviy tashkilotlar va muassasalar to‘plami bo‘lib, u javobgarliklarning va hokimiyatning turli darajalariga ko‘ra tashkil etilgan:
Markaziy miqyos: davlat asosiy yordam darajalari asosida, kuchli kafolat tizimi orqali, barcha fuqarolarning salomat bo‘lish huquqini ta'minlash uchun javobgarlikni zimmasiga oladi (LEA);
Mintaqaviy miqyos: mintaqalar hukumat qarorlarini amalga oshirish va umumiy shifoxonalar (Azienda Ospedaliera AO, AO «Aziende Ospedaliere Universitier AOU yoki Polclinico») va o‘z hududlarida davlat yoki xususiy, akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot muassasalarida tibbiy yordamni tashkil qiluvchi va ko‘rsatuvchi mahalliy sog‘liqni saqlash organlari (ASL yoki AUSL) orqali mamlakatdagi sog‘liqni saqlash maqsadlariga erishish uchun bevosita javobgar bo‘ladilar. 1978 yilda ta'sis etilgan (23 dekabrdagi 833- son qonun),
1980 yil 1 iyuldan amalda bo‘lgan Italiya NHS dunyoda Fransiyadan keyin sarf-xarajatlar va fuqarolarning davlat yordamidan foydalana olishi nuqtai nazaridan ikkinchi eng yaxshi sog‘liqni saqlash tizimi bo‘ldi (JSST tadqiqoti). 2014 yilda, Bloomberg reytingiga ko‘ra, u xarajatlar samaradorligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi.
27.08.2018
MIOLAB laboratoriyasiga tashrif: tuzilma bilan tanishish, mahorat saboqlari va muhokama. Ma'ruzachilar va trenerlar tarkibi: AlessandromRocchetti- klinika direktori; M.Franccesca Belardinelli, MartaCurzi, Matteo Mastri, Michelma Palmieri – markaz yetakchi mutaxassislari va trenerlari.
Miolab markazi reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassislari nevrologik, ortopedik va travmatologik muammolar bilan bog‘liq, jumladan sport, yurak-respirator, limfatik, postural, fonetik, yutinish yoki qarish bilan bog‘liq ehtiyojlarga ega insonlar haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
“Miolab” markazida reabilitatsiya borasida barcha nogironlashtiruvchi kasalliklarni qamrab oluvchi sohalar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega mutaxassislarning ko‘pprofilli jamoasi ishlaydi. Reabilitatsiya yo‘llari va tiklanish maqsadlari sog‘liqni saqlash personali va mas'ul direktor tomonidan belgilanadi, u bemor va uning oilasi bilan bo‘lashadi va bemorning klinik manzarasiga va uning xarakteristikalariga muvofiq sozlanadi. Mas'ul direktor vaqti-vaqti bilan reabilitatsiya bo‘yicha faoliyatni nazorat qiladi. Markaz bir qator reabilitatsiya tadbirlarini taklif etadi, qo‘l terapiyasi, bemorning tiklanishini qat'iy qo‘llab-quvvatlovchi uskunali terapiya, guruhlardagi faoliyat, shuningdek bemorni suvdagi terapevtik yo‘nalishlarga ixtisoslashgan fizioterapevtlar shtati kuzatib boruvchi reabilitatsiya majmui shular jumlasidan. Shu tariqa, bemor bir necha professional arboblar tomonidan baholanishi mumkin, uning sharoitini sharhlash va ko‘p yo‘nalishli va global yondashuv uchun ularning har biri biror jihatga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Tiklanish quyidagilarga bo‘linadi:
1. Suvda reabilitatsiya, individual yoki guruhlarda. Suv, basseynda reabilitatsiyada, kontekstga, shuningdek ko‘nikmalarni tiklash, funksionallikni, ton va xotirjamlikni qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi vositaga aylanadi.
2. Reabilitatsiyaviy terapiya. Postural reabilitatsiya: Suxard, Makenzi, Soyer, respirator fizioterapiya, nutqiy terapiya, funksional reabilitatsiya, Feldenkrayz uslubi (funksional integratsiya), neyromotor fizioterapiya.
3. Qo‘l terapiyasi. Individual va/yoki guruhli mashqlar, passiv mobilizatsiya, biriktiruvchi to‘qima massaji, nasosli massaj, limfatik massaj, limfatik bog‘lam, bo‘limli massaj terapiyasi, bog‘lamlar, kineziopapiratsiya, osteopatik yondashuvli manual terapiya, pilates mashqlari.
4. Guruhlar faoliyati. Ortga maktab, Bone maktabi, Pilates, mayin mashqlar, keyin va oldin – suv tavalludi, neonatal Acquaticità, Feldenkrais usuli (bir-birlarini harakat orqali taniydilar), Pre-natal Pilates Fisios, Postnatal Pilates Fisios, AcquaSoft, Suv Pilatesi, homiladorlikda harakatlanish.
5. Instrumental terapiya. Tecarterapia, YAG lazer, zarbali to‘lqin, ultratovush, magnit, Og‘riq qoldiruvchi elektr davolash (TENS, Diadinanmiche, galvanik), ionoforez, elektr stimulyasiya, Walker View qadam tashlash tahlili, Baropodometry, stabilometriyaning statik va dinamik sinovlari.
6. Logopedik terapiya.
Tashxis:
Tashxis kuzatuvidan o‘tishingiz kerak bo‘lganda siz izlaydiganingiz – bu sizga tez sinov topshirish imkoniyatini beruvchi, sifatli va aniq uskunalar bilan jihozlangan va tekshiruvlarda aniqlanganlarni to‘g‘ri tahlil eta oladigan va ehtiyotkorona terapevtik ko‘rsatmalar bera oladigan malakali mutaxassislar ishlaydigan markazdir.
Myolab bemorlarga diagnostika va profilaktika borasidagi eng yaxshi tajribani taklif etish maqsadida ushbu ehtiyojlarni qondirishga qodir.
Markaz kardiologiyada vizualizatsiya, qon-tomir va nevrologik sohalarda quyidagi diagnostik xizmatlarni taqdim etadi:
1. Yumshoq to‘qima ultra tovushi
2. Morfologik exografiya
3. Osteoartikulyar ultra tovush tadqiqoti
4. Akusherlik va II darajadagi ginekologik tekshiruv
5. Dam olish va stress holatida elektrokardiogramma
6. Qon-tomir exokolodorppleri
7. Elektromiografiya
Ambulator faoliyati bo‘yicha mutaxassis
Myolab markazi ambulator klinikasi bemorlarga yuqori samaradorlikka ega zamonaviy, ixcham va ishonchli uskunalarga ega, e'tirofga sazovor, malakali tibbiy mutaxassislarni taklif etadi. Quyidagi xizmatlar faoliyatning ixtisoslashtirilgan ambulator turlariga kiradi:
1. andrologiya
2. kardiologiya
3. umumiy xirurgiya
4. dermatologiya
5. qon-tomir diagnostikasi
6. dietetika
7. fiziatriya
8. gastroenterologiya
9. ginekologiya
10. nevrologiya
11. ortopediya
12. otolaringologiya
13. pediatriya va pnevmoallergenologiya
14. oyoq kasalliklari davolanishi
15. psixologiya va psixoterapiya
16. Taom to‘g‘risidagi
ilm Sport layoqati raqobatbardoshligi sertifikatlaridagi mo‘ljal va raqobatsiz sport layoqatini sertifikatlashtirish Myolab sport tibbiyoti markazi sportchilar, agonistlar va sportchi bo‘lmaganlar attestatsiyasida asosiy o‘rinni egallaydi. Amalda, bizning Sport tibbiyot markazimizga ishonch bildirishga qaror qilgan ushbu hududdagi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun sertifikatsiya olmoqchi bo‘lgan ko‘plab sportchilar o‘rtasida Miolab har yili o‘rtacha 4000 dan ziyod tibbiy tashrifni amalga oshiradi. Qolaversa, Milliy sog‘liqni saqlash xizmati bilan kelishuv minglab sportchilarga, voyaga yetmaganlarga o‘z vrachining tanlov sertifikatsiyasiga talabini va o‘zi tegishli bo‘lgan kompaniya iltimosnomasini taqdim etgan holda, bepul tashrif buyurish imkonini beradi. Yuqori darajadagi professionallik va eng yangi jihozlar yordamida, Myolabda faoliyat ko‘rsatuvchi Sport tibbiyoti markazi sportchilar (ham professionallar, ham havaskorlar) uchun maxsus kurslar o‘tadi, bunda nafaqat travmadan keyin tiklanayotgan sportchilarni vaqt o‘tgach, oyoqqa turg‘azishni, balki ularning o‘z bizneslari bo‘yicha, eng yaxshi jihozlar yordamida qo‘yilgan professional tashxislar tufayli faoliyatlarini yanada yaxshiroq amalga oshira olishlarini ham o‘zlarining vazifalari deb biladilar. Tiklash va reabilitatsiya, travmadan sog‘ayayotgan sportchilar uchun sportga qaytish vaqtini optimizatsiyalash uchun maxsus ishlab chiqilgan marshrutlar. Bular – sportchi (professional, agonist yoki havaskor)ga tiklanish jarayonining barcha bosqichlarida: tashxis qo‘yilishidan to prognoz baholashgacha, reabilitatsiyaning individual yo‘lini yaratishdan to to‘laqonli sport faoliyatiga qaytguniga qadar hamrohlik qiluvchi Myolab Sport tibbiyoti markazining asosiy maqsadidir. Shaxsiy testlar, baholar va sport natijalarini yaxshilash uchun ta'lim rejalari. Myolabning shaxsiy yo‘nalishlardagi sportchining sportga oid faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ixtisoslashuvi, malaka va professionalizmi. Maqsadga sari tegishli testlar, eng yangi avlod baholash va zamonaviy asbob-uskunalar orqali boriladi.
1. Baholar va baholash imtihonlari: Walker View Baropodometry yordamida qadam tashlash tahlili, Monopodal va Bipodalic baraqrorlikning statik va dinamik testi, propriotseptiv test, Post Post Global Dynamic Postural Assessment Test o‘tirish testi, jismoniy sinovlar uchun izokinetik test.
2. Reabilitatsiya Bundan tashari, markaz og‘riqni davolash va boshqaruv uchun avangardistlar uskunali terapiyasini taklif etadi: · krioterapiya (tayyor o‘yin) · Manutech · alogotech · tecarterapia · lazer terapiya · suv bilan davolash · to‘lqin zarbalari · va sh.k. Trening ishtirokchilari autistik spektri buzilishi mavjud bolalar Pilates reabilitatsiyasida va suv mashg‘ulotlarida qatnashdi.
28.08.2018
Ma'ruzachi Alvydas Jocevicious: «Basics on medical rehabilitation in Italy and in Europe. Basic technologies and evidence based approach to rehabilitation of neurological disorders - TBI, stroke, acquired brain injuries in children and adolescents, SCI – Examples of holistic approach to rehabilitation in neurological disorders». Ma'ruzalar yakunlangach, trening ishtirokchilari Enrico Brizioli – KOSE GROUP raisi bilan tanishuv uchrashuvini o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida reabilitatsiya sohasida Italiya va O‘zbekiston o‘rtasida kelgusi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Loyiha koordinatori Igor Virxov rahbariyat va xalqaro trening tashkilotchilari nomiga minnatorchilik nutqi bilan chiqish qildi. Barcha ishtirokchilar o‘tayotgan seminar to‘g‘risida ijobiy mulohazalar bildirdilar. Jo‘shqin hamkorlik borasida ijobiy tilaklar bildirildi.
TehReh jamoasiga Bolgariyaning Plovdiv tibbiyot universiteti vakili professor Elena Ilieva qo‘shildi. U onkologik bemorlar reabilitatsiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va yangiliklarni taqdim etdi. Ma'ruza onkologiyadagi reabilitatsiya tizimining takomillashtirishning uzoq va mashaqqatli yo‘lini har tomonlama qamrab oldi. Ma'ruzachi onkologik amaliyotga reabilitatsiya xizmatini tatbiq etish zaruratini qayd etdi. Bolgariyalik olimlar ilmiy tadqiqotlar davomida olgan ma'lumotlarga ko‘ra, reabilitatsiya tadbirlari majmuida sportning faol turlari (aerobika, fitnes, suv sporti turlari va sh.k.) ni joriy etish onkopatologiyaga ega bemorlar somatik salomatligi va ruhiy kayfiyatiga ijobiy ta'sir qilgan. Kunning ikkinchi yarmi, rejaga ko‘ra, ortopedik patologiyali bemorlar reabilitatsiyasi - postural treatment bo‘limidagi amaliy treningga bag‘ishlandi. Ortopedik reabilitatsiya kasallik yoki travma oqibatida qisqargan yoki yo‘qotilgan funksional motor ko‘nikmalarni tiklashga, shuningdek, jumladan ortopedik-travmotologik yoki revmatologik surunkali kasalliklarda zaiflashadigan funksiyalarni qo‘llab-quvvatlash va tiklashga yo‘naltirilgan. Ortopedik reabilitatsiya bemorning ehtiyojlari va kasallik rivojlanishi kuchayishiga qarab, turli kontekstlarda ko‘riladi. Reabilitatsiya shoshilinch tezkor bosqich uchun gospitalizatsiya rejimidan faoliyatni davom ettirish uchun ambulator davolashgacha ta'minlanishi mumkin. Taqdim etilayotgan tezkor protokol baholashdan oldin va keiyn fizioterapevtik va reabilitatsiyaviy davolashni kelgusidagi bemorni individual reabilitatsiya loyihasiga muvofiq funksional tiklanishi va maksimal mustaqil bo‘lishiga qaratilgan davriy terapevtik dasturni qaytadan ko‘rib chiqish haqida ma'lum qiladi. Shuningdek, reabilitatsiya qutqarish bo‘yicha birgalikdagi choralar uchun ta'lim dasturi bilan integratsiyalashgan, ular kundalik hayotda reabilitatsiya yakunida qo‘shimcha yashilab bo‘lmaydigan har qanday muvaqqat yoki qoldiq funksional cheklovlarni kompensatsiyalashi mumikn.
29.08.2018
Sermahsul kunning avvali Bolgariyaning Plovdiv tibbiyot universiteti vakili professor Elena Ilieva ma'ruzasidan boshlandi. Ma'ruza nomi: «Basic technologies and evidence based approach to rehabilitation of musculosckeletal disorder and osteoarthritis/The role of physical and rehabilitation medicine physicians». Ma'ruzada mushak-bo‘g‘im patologiyasining reabilitatsiyasida korreksiyalashning zamonaviy uslublari yoritildi.
Uslublar quyidagilardan iborat:
- akupunktura;
- fizioterapevtik uslublar (lazerli terapiya, elektrostimulyasiya);
- zarbali to‘lqin terapiyasi;
- balneoterapiya, spa-terapiya;
- in'eksiyaviy uslublar (botulotoksin, plazmofarez);
- biomexanik uslublar va sh.k.
Ma'ruzachi skelet va mushak-bo‘g‘im patologiyasi (revmatizm, artritlar, protezlash va sh.k.) kasalliklarini davolash sohasidagi isbotlovchi bazaga va yuqori darajada ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqotlar natijalarini namoyish etdi. Reabilitatsiyadagi innovatsiyalarni o‘rganishdagi keyingi qadam Lampo Laboratory Team-Cristina Fiorucci, Mary Sargsyan jamoasi tarkibida LAMPO laboratoriyasiga tashrif buyurish bo‘ldi. Jamoa oldiga shunday maqsad qo‘yilgandi: – Nirvana, G Walk, Free EEMG virtual voqyeligi evolyusiyasi bilan tanishish. Har bir jihozning batafsil tahlili va funksional xarakteristikasi taqdim etildi.
NIRVANA – neyromushak patologiyasiga ega bemorlar reabilitatsiyasi uchun innovatsiyaviy terapevtik yechim. Tizim kognitiv tanqislik va motorika tanqisligini yengib o‘tishga qaratilgan maxsus mashqlarga ega. Bu oldindan belgilangan topshiriqlar to‘plami, shuningdek bemorlarning maxsus ehtiyojlariga muvofiq kastomlashgan topshiriqlarni yaratish uchun vositalardir. NIRVANA tizimi samaradorligi asosida motivatsiyalovchi asos yotadi: maqsadli yo‘nalganlik va o‘yin shakli, shuningdek sensorli darajada qayta aloqa imkoniyati – bular bari bemor faolligini rag‘batlantiradi.
Motivatsiyalovchi terapevtik yondashuvli innovatsion tizim – NIRVANA® dunyodagi birinchi markersiz tizim bo‘lib, bemor harakatini cheklashi yoki tizim bilan aloqalari xarakteriga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan invaziv qurilmalarsiz virtual voqyelikka sensorli to‘liq sho‘ng‘ish (akustik va vizual)ni ta'minlaydi. NIRVANA® optikoelektron infraqizil tizim yordamida gorizontal va vertikal yuzalarga proeksiyalanishi mumkin bo‘lgan ssenariylar ishlab chiqadi: bemor, proeksiyalangan tasvirlar fonida harakatlanib, virtual muhit bilan tabiiy tarzda o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin. Bir necha rejim va o‘sib boruvchi murakkablik darajalaridan tashqari, har bir topshiriq ko‘plab qayta sensorli aloqalar bilan belgilanadi: an'anaviy terapevtik yondashuvga qiyoslaganda, bemor kuchli kognitiv va motor rag‘batlari oladi, bu yanada murakkab va kompleks mashqlar bajarishga motivatsiyasini oshiradi. Mashqlar turli shaklda bo‘lishi mumkin: istiqbolli, atrof-muhitni qabul qilishga qaratilgan, maqsadga erishishga qaratilgan (jonivor ketidan ketish yoki bir chiziqdan yurish va sh.k.), motor (voqyealar bemor biror ob'ektni kesib o‘tayotganda ro‘y beradi) yoki o‘yin (futbol, havo sharlari va sh.k.). Reabilitatsiya markazlari uchun samarali terapevtik qo‘llab-quvvatlash NIRVANA® kognitiv tanqislik va qo‘l-oyoqlar motorikasi tanqisligiga ega bemorlarga terapevtik davolash ko‘rsatuvchi har qanday reabilitatsiya muassasasi uchun maqbuldir. NIRVANA ® – markaziy asab tizimi (insult yoki BMT oqibatida) shikastlanishidan keyin yoki surunkali va kuchayuvchi nevrologik kasalliklar (masalan, Parkinson kasalligi yoki xotira yo‘qolishi sklerozi)da rebalitatsiya uchun haqiqatan samarali vosita. Tizim, terapevt-vrachlar uchun yordam o‘laroq, oldindan belgilangan, qo‘l va oyoqlar va tana korpusi uchun mashqlar to‘plamini o‘zi ichiga oladi. Motor funksiyalar nazoratini tiklash va reabilitatsiyaga qaratilgan ba'zi mashqlar Parkinson kasalligi, xotirani yo‘qotish sklerozi va bir tomonlama falajlik kabi bir necha kasalliklarda kompleks tarkibida qo‘llanishi mumkin. Spetsifik vizual va akustik qayta aloqalarga ega boshqa mashqlar faqat muayyan patologiyada qo‘llaniladi. Masalan, vizual qayta aloqa Parkinson kasalligida, bir tomonlama falajda siklik sinxronizatsiyalash uchun, e'tiborga olmaslik sindromida makon orientatsiyasida qo‘llanilishi mumkin.
Parametrlar, hisobotlar va qo‘shimcha qurilmalar bilan integratsiya Har qanday mashq bo‘yicha, vrach bemor faoiyati samaradorligini o‘lchay olishi va o‘z vaqtida mashq murakkabligi darajasini o‘zgartira olishi uchun, o‘lchanadigan parametrlar ko‘zda tutilgan. Bemor uchun vizualizatsiyali baholash – bu eng muhim motivatsiyalovchi omildir. Har bir mashqdan keyin ma'lumotlar asosida hisoblab chiqiladigan miqdori parametrlar videohisobot bilan to‘ldirilishi mumkin. Axborot RFID identifikatsiya kartasi yordamida ma'lumotlar bazasiga yozib boriladi va reabilitatsiya davomida bemorning rivojlanishini baholashning ajoyib vositasini yuzaga keltiradi va butun reabilitatsiya jarayoni haqidagi axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Har bir testdan keyin avtomatik ravishda mashqlar ro‘yxati va har bir topshiriq bo‘yicha natijalar keltirilgan hisobot to‘planadi. Bemorni kompleks baholash va topshiriq bajarilishi turli strategiyalarini batafsil o‘rganish uchun NIRVANA® tizimi FREEEMG EMG tizimi bilan integratsiyalashishi mumkin.
Asosiy afzalliklar:
· O‘rnatish va kalibrovka soddaligi
· Yoritish o‘zgarishiga avtomatik moslashuv
· Boshqaruvning qulay vizual interfeysi · Turli interaktiv mashq syujetlarini yaratish
· Niqoblangan proeksiya, ustma-ust qo‘yish effekti, nokeskin chegaralar
· Kalendar va syujetlar ketma-ketligini dasturlash
· Masofaviy boshqaruv va yoqish/o‘chirish rejalashtirgichi
· 30 ta boshqariluvchan mashq syujetlari va effektlari
· Internetdan to‘ldiriladigan cheklanmagan effektlar kutubxona
Nazariy qismi yakunlangandan keyin Nirvana innovatsion jihozida bemorlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘tkazildi.
30.08.2018
Elena Ilievaning «Modern technologies in rehabilitation of children with neurological disorders» ma'ruzasi.
Ma'ruzachi nevrologik kasalliklar (bolalar serebral falaji, gemiparezlar va sh.k.)ga chalingan bolalar reabilitatsiyasi uchun zamonaviy jihozlarning keng ko‘lamli sharhini taqdim etdi. Keyingi yillardagi robototexnika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va virtual voqyelikni nevrologik kasalliklarga chalingan bolalarni davolash kompleksida qo‘llash natijalari keltirildi. Keltirilgan ilmiy maqolalar klinik ma'lumotlaring ijobiy dinamikasini va reabilitatsiyada innovatsion texnologiyalar sohasidagi izlanishlarni davom ettirish zaruratini yaqqol ko‘rsatadi.
Shuningdek, skelet-mushak patologiyasi kasalliklarini davolash uchun zamonaviy reabilitatsiya jihozlari sharhi keltirildi. Ma'ruzachi jami patologiyalarning taxminan 70%ni tashkil etuvchi bemorlarga ijtimoiy, jismoniy va psixologik yordamning yuqori ahamiyatini namoyish etdi. Davlat darajasida mazkur texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va joriy etish muhim jihat sanaladi. Navbatdagi taqdimotni BTC Bioengineering kompaniyasi vakili taqdim etdi – Evaluation and treatment with integrated and immersive virtual reality systems- Nirvana system, G walk, Free EEMG. Ma'ruzachi Free EEMG tizimini qo‘llash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berdi. Jihozning barcha sifat va miqdor tavsiflarini, uning tibbiyotdagi yo‘nalilari, imkoniyatlari va afzalliklarini tasvirladi. Sinaluvchi ustida yaqqol qo‘llash asosida mahorat sabog‘i o‘tkazildi. Ushbu mahorat sabog‘i jonli bahs-munozaralar va ko‘plab savollar uyg‘otdi. Jamoamiz muhandislari jihozning barcha texnik parametrlarini, uning ehtimoliy kamchiliklari va amaliyotda qo‘llash ehtimolini maksimal o‘rgandilar.
31.08.2018
Ma'ruza: Advanced technological equipment for the recovery of the functions of the lower limb and of the walk New technologies in the treatment of spasticity /Shock wave therapy.
Ma'ruza reabilitatsiya amaliyotiga robototexnika – ekszoskeletni joriy etishga bag‘ishlandi. Ma'ruzachi – Ankona shahri gospitali vakili xotirani yo‘qotish sklerozi reabilitatsiyasida ekszoskeletni innovatsion qo‘llash bo‘yicha o‘z ilmiy loyihasini taqdim etdi.
Ma'ruzachi jamiyatdagi eng ijtimoiy ahamiyatli bo‘g‘in – nogironlarni qamrab oldi. Nogironlar – bu u yoki bu cheklangan imkoniyatlarga ega insonlardir. Agar u yoki bu ichki kasallik tufayli nogironlikka uchragan inson ko‘chaga chiqib, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, umurtqa travmasiga ega bemorlar butun qolgan umrini to‘shakka mixlanib o‘tkazishga mahkum. Bir necha yil oldin ularning odatiy hayot tarzini kechirishlariga umid yo‘qdek ko‘rinardi. Lekin bugun hammasi o‘zgardi. Va bu tibbiy ekzoskeletlar – haqiqiy yordamchilar tufayli ro‘y berdi. Ekzoskeletlarsiz umurtqasi singan va turli travma olgan insonlar yana jamiyatning to‘laqonli a'zosiga aylanish imkoniyatiga umidlarini yo‘qotgan bo‘lardilar.
“Ekzoskelet” so‘zini “tashqi skelet” deb tarjima qilish mumkin. Va amalda ham, agar bu jihozga nazar tashlansa, u inson tanasining tashqi tomonidan mahkamlanadi va nogiron u yoki bu sabablarga ko‘ra ado etishga ilojsiz bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Bu moslama ayniqsa umurtqa sinishida qo‘llaniladi. Bunda tananing vertikal holatda turishi va hatto qadam tashlash avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Ekzoskeletning o‘ziga xosligi shundaki, u yurish davomida inson amalga oshiradigan harakatlarni maksimal aniqlikda qaytaradi va juda jiddiy kasalliklarga ega inson mustaqil yurayotgandek bo‘ladi. To‘g‘ri, ba'zi vaziyatlarda harakatlarni boshlash uchun faqat ekzoskeletdan foydalanish yetarli, biroq ba'zi og‘irroq holatlarda boqsha moslamalar, masalan, qo‘ltiqtayoqlar ham talab etiladi, ular insonga qo‘shimcha tirgak bo‘ladi. Birinchi navbatda ekzoskelet u yoki bu umurtqa travmasini olgan va ularning reabilitatsiyasi va tiklanishi juda og‘ir kechayotgan odamlar uchun zarur. Bunday odamlar aksariyat holatlarda mustaqil o‘tira, tura yoki yura olmaydilar, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish haqida esa, gap ham bo‘lishi mumkin emas.Ekzoskeletdan foydalanganda esa, ko‘z o‘ngingizda hammasi o‘zgaradi. Inson mustaqil harakatlanibgina qolmay, birovning yordamisiz o‘tirishi va turishi, zinadan ko‘tarilishi yoki tushishi ham mumkin bo‘ladi. Shungacha hayotining amalda ko‘p qismini nogironlar aravachasida o‘tkazgan inson endi turish va yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi, umurtqa kasaliga chalinganlar uchun bu xayolot edi. Ekzoskelet bolalar nogironligiga chalingan bolajonlar uchun ham, ayniqsa bolalar serebral falaji kabi keng tarqalgan va jiddiy kasallikda foydalidir. Og‘ir holatlarda bolalar nafaqat mustaqil o‘tirish, balki yurish va hatto turish imkoniga ham ega emas. Ekzoskeletdan foydalanishda hammasi o‘zgaradi. Holbuki, inson tanasining aynan vertikal holati uning barcha a'zolari va tizimlari me'yorda faoliyati uchun juda muhimdir. Va nihoyat, ekzoskelet tayanch-harakat apparatining u yoki bu kasallik oqibatida boshqa mustaqil harakatlana olmaydigan keksalar uchun tengsiz bo‘ladi. axir, keksa inson imkon qadar o‘z oyoqlarida qadam tashlashi juda muhimdir. Ushbu holatda ekzoskelet bo‘g‘imlarida biror muammolarga ega keksa ayollar va erkaklar uchun haqiqiy najot bo‘ladi. ekzoskelet qo‘llaniladigan yana bir soha – fizioterapiya va reabilitatsiya. Bu yerda ham u aksariyat vaziyatlarda umurtqa travmasiga ega, operatsiya va to‘liq daovlash kursidan keyin yana oldingi hayotga qaytishga intiluvchi odamlarga yordam beradi.
Qo‘llaniladigan texnologiya amalda barcha yoshdagi odamlarda tayanch-harakat apparati funksiyalarining ham surunkali, ham o‘tkir buzilishida reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish imkonini beradi. Bunday mashg‘ulotlardan asosiy maqsad – to‘liq harakat faolligini tiklashdir. U asab impulslari minimal miqdorini qayta ishlashda va oyoq-qo‘l harakatlari initsiatsiyasida tiklanishi mumkin. Ya'ni bunda inson aslida qaytadan yurishni o‘rganadi, bu orqa miya travmalarida, shuningdek yelka sohasidagi muvaffaqiyatsiz operatsiyalar oqibati uchun xarakterlidir.
Shu bilan birga bunday reabilitatsiya yo‘qotilgan ko‘nikmalarni tiklashga yordam beribgina qolmay, amalda barcha a'zolar va tizimlar, jumladan tos a'zolari, yurak va qon tomirlari, o‘pka, mushaklar va suyaklar ishini ham tiklaydi.
01.09.2018
Educational program 19/08/2018 - 01/09/2018 Intership Tech Reh-ESPRM-Kos Carening so‘ngi kuni trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirishga, shuningdek o‘tilgan o‘quv-mashg‘ulotlar xulosasini chiqarishga bag‘ishlandi.