Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Innovatsiya markazida Erasmus+ CBHE Technology in Rehabilitation (TechReh) loyihasining Yakuniy konferensiyasi bo’lib o’tdi

 

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Innovatsiya markazida 

Erasmus+ CBHE Technology in Rehabilitation (TechReh) loyihasining 

Yakuniy konferensiyasi bo’lib o’tdi 

2018 yil 5 dekabrda ToshPTI Innovatsiya markazida TechReh loyihasining yakuniy konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada mazkur loyihaning konsorsium a’zolari, ya’ni Italiyaning Sannio Universiteti, Fransiyaning Sorbonna Universiteti, Litvaning Vilnyus Universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti vakillari ishtirok etdilar. 

techreh 1      techreh 3 

Konferensiya Sannio universiteti vakili, loyihaning EI tomonidan koordinatori – Paskal Deponte, va ToshPTI vakili, loyihaning O’zbekiston tomonidan milliy koordinatori – Igor Vihrov raisligida o’tkazildi. Konferensiyada “Tibbiyotda kompyuter tizimlari” laboratoriyasi faoliyatiga, loyiha natijalariga va kelgusi rejalarga, tibbiy reabilitatsiya sohasida innovatsion metodikalar yordamida vrach va tibbiy xodimlarni tayyorlash uchun yuqori texnologiyalarni qo’llash dasturini amalga oshirishga, tibbiyotga innovatsion texnologiyalarni joriy etishga oid masalalar muhokama qilindi.

techreh 4      techreh 2

 

Tomonlar  o’rtasida  muvaffaqiyatli tarzda turli xil loyihalar, shu jumladan 2019-2020 yillarda o’qituvchi va talabalar almashinuvi bo’yicha, bir qancha kelishuvlar tuzildi. Kelajakda ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish va tibbiy reabilitatsiya sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo'yicha yangi loyihalar ustida ishlash, shuningdek Sorbonna universiteti bilan hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirildi. Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda ilk bor ushbu yo’nalishdagi yutuqlar amalga tadbiq etilmoqda, va loyiha natijalari reabilitatsiyada texnologiyalarning qo’llanilishi sohasida fan va amaliyot rivojiga o’z hissasini qo’shadi deb umid qilamiz.