2016 yil 06-08 iyul kunlari Italiyaning Sannio, Benevento universitetida Erasmus+ TechReh (Reabilitatsiyada Texnologiyalar) loyiha doirasida o’tkazilgan birinchi uchrashuvi yuzasidan hisobot

2016 yil 06-08 iyul kunlari Italiyaning Sannio, Benevento universitetida Erasmus+ TechReh (Reabilitatsiyada Texnologiyalar) loyiha doirasida o’tkazilgan birinchi uchrashuvi yuzasidan hisobot

2016 yil 05-09 iyul kunlari Erasmus+ TechReh reabilitatsiyada texnologiyalar loyiha yuzasidan Innovatsiya markazi xodimlari Italiyaning Sannio Universeteti taklifiga asosan xizmat safarini amalga oshirdilar. Xizmat safarning asosiy maqsadi Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturini Capacity Building in Higher Education loyihasi yuzasidan birinchi uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda TechReh loyihasining barcha hamkorlari Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va uning Nukus filiali, Toshkent Axborot Texnologiyali Universiteti va uning Qarshi filiali, Oliy va o’rta maxsus vazirligining Elektron ta’limni rivojlantirish markazi, Respublika Terapiya va Reabilitatsiya ilmiy markazi xodimlari qatnashdilar. Evropa hamkorlar tomonidan Italiyaning Sannio Universiteti (grand oluvchi va loyiha muvofiqlashtiruvchi), Litvaning Vilnyusa, Bolgariyaning Plodiva, Fransiyaning Mariya Kyuri universitetlari shuningdek ikki noakademik hamkorlar – Portugaliyaning Plux innovatsiya korxonasi va Evropa Ittifoqining Terapiya va Reabilitatsiya Gollandiyadan bosh boshqarmasi vakillari qatnashdilar.

 

Iataliya_2016

 

Birinchi uchrashuv doirasida barcha hamkorlar o’zlarining tashkilotlarini va loyihadagi o’rni haqida rasmiy tanishtiruv tadbiri bo’lib o’tdi. Italiyalik loyiha muvofiqlashtiruvchilar loyihaning o’zini ma’lumotlari yangilangan holda va kutilayotgan natijalar haqida qayta taqdimot o’tkazdilar. Shuningdek evropalik muvofiqlashtiruvchilar loyihani boshqarish va uning moliyaviy menejmentini va budjet sxemasini taqdim etdilar. Navbatdagi ikki kun davomida batafsil taqdimotni va ma’lumotlarni ishchi loyihalarning loyiha yetakchilari taqdim etdilar. Bu taqdimotlardan so’ng loyihalar amalga oshirish va ularni maqsad vazifalari yuzasidam qizg’in muhokama va savol javoblar bo’ldi.

Umuman olganda loyihaning vazifa maqsadini amalga oshirish ma’sulyati, shu bilan birga barcha kutilayotgan, rejalashtirilgan natijalar o’zbek va evropalik hamkorlar bilan o’zaro haqqoniy va samarali ajratib olindi. Rejalashtirilgan 8 ta loyihadan 4 ta loyiha o’zbek hamkorlariga va 4 ta loyiha evropalik hamkorlariga biriktirildi. Shunindek, qatnashuvchilar ishchi loyihalarni amalga oshirish va natija olish ma’sulyati loyiha egasiga belgilangan bo’lsa ham hamkorlar bilan keng hamkorlikda amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ta’kidladilar.

 

Italiya_

 

Uchrashuvni muhim tomonlaridan biri loyiha yuzasidan konsorsium qaroriga kelingani yani loyiha 2 yil oldin yozilgan va kengi yillarda o’zgarishlarni hisobga olinmagani loyihaga ta’sir ko’rsatishi oldini olish maqsadida ayrim o’zgarishlar kiritilishi talabi ko’zda tutildi. Shu bilan birga Evropa xa’yatiga uchrashuv qatnashuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan konsorsium qo’shimcha o’zgartirishlar bandlari jamlanmasi ko’rsatilgan rasmiy xat tayyorlandi.

Loyiha yuzasidan uchrashuv barcha qatnashuvchilarda sohaviy qiziqishlari asosida ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yildi va bu esa loyihani amalga oshirishda qo’shimcha samara va O’zbekiston OTM qo’shimcha qulay imkoniyatlar beradi.

Asosiy mavzu sifatida O’zbekiston OTMga laboratoriya qurilmalari tanlovi muhokama qilindi. Shu asosda loyiha qatnashchilari laboratoriya qurilmalarni tanlab olish maqsadida xalqori tanlov konkursini o’tkazish uchun ekspertlar tayinlandi.

Umuman olganda uchrashuvda o’zbekiston vakillari o’zlarining muassasalarini yuqori darajada tanishtirdilar va o’zlarining yangi texnologiyalar sohasi va reabiliatatsiya sohasida ekspertizalarni ko’rsatdilar. Loyihaning konsorsiumi keying ishchi uchrashuvni O’zbekistonning ikki hamkorlari Respublika Terapiya va Reabilitatsiya ilmiy markazi va ToshPTI Nukus filialida o’tkazishga rozilik berdilar.

 

Italiya_05-08

 

Ashirbayev Sherzod, Vixrov Igor