TechReh loyiha rivoji: amalga oshirilgan ishlar tahlili va kelajakdagi rejalar
2017 yil 24-26 aprelda TechReh loyihasi konsortsiumi uchinchi uchrashuvi Frantsiyaning Parij shahridagi Pierre va Marie Kurie Universitetida (Sarbon Universiteti) bo’lib o’tdi. Bu safargi uchrashuvda o'quv jarayonlarini joriy etish, o'quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot sohasida texnologiya va tibbiy reabilitatsiya bo’yicha Yevropa Universiteti, rahbarlik ishi guruhi asosida bitiruvchilar tizimi, bir qator o'quv dasturlarini modernizatsiya qilish va malaka oshirish o’quv kurslarini texnologiya va tibbiy reabilitatsiya sohasida o'tkazish asosiy o’rin egalladi. Uchrashuvda O'zbekistonning 6 ta tashkilot vakillari ishtirok etishdi: Toshkent pediatriya tibbiyot Instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot Instituti Nukus filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, OTV huzuridagi E-ta'lim rivojlantirish markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi hamda Yevropa ittifoqidan 6 - tashkilot (Sannio Universiteti (Italiya), Pierre va Marie Curie (Frantsiya), Plovdiv Universiteti (Bolgariya), Yevropa Fizioterapeftlar Birlashmasi, Plux va BTS firma vakillari.
24 aprel, kunning birinchi yarimida magistraturani yaratish va malaka oshirish kurslari bo’yicha o'zlashtirish va ishga tushirish masalalarini tahlil qilishga bag'ishlandi. Umumiy olganda, Loyiha konsortsiumi erishilgan natijalardan mamnunligi, loyiha bundan tashqari allaqachon o'quv kurslari ishlaydigan va magistratura ochish uchun zarur hujjatlar to'plamini tayyorlab qo'yilganligi ta’kidlab o’tildi. Taqdim etilgan malaka oshirish kurslari hamda magistratura mutaxassisliklari bo'yicha dastur umuman olganda ijobiy qabul qilindi, tavsiyalar bildirildi va savol, izohlar muhokama qilindi.
Malaka oshirish kursi va magistraturada taxsil olish AKT va dasturlashda yuqori texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan, loyiha hamkorlaridan biri ya'ni Plux tashkiloti homiylik qilish maqsadida 20 ta dasturiy jihozlar (mini-kompyuterlar) biosignal ya’ni BITalino izlanish ishlari uchun tadqiqot o'tkazish va o’rganish maqsadida 4 Oliy o’quv muassasalariga ya’ni loyiha a’zolariga taqdim etdi. Bundan tashqari, kompaniyaning ilmiy xodimlari asbob-uskunalardan qanday foydalanish bo’yicha qisqa o’quv darslari bilan qatnashdilar. Jonli muhokamadan so'ng ishtirokchilar O'zbekistonda ham loyiha akademik hamkorlar bilan birga jihozdan foydalanish bo’yicha ilmiy amaliy darslarni tashkil etish uchun tavsiyalar berildi.
Kunning ikkinchi yarmida amaliy izlanishlar bo’yicha savol javoblar va turli taraqqiyot sohalaridagi izlanishlar, loyiha uchun qiziqarli va magistratura kelajagi uchun muhim, mavjud kurslarni moderinizatsiyalash bo’yicha suhbatlar bo’lib o’tdi. Shunday qilib, jonli muhokamada Sun'iy Aql Institutining Robototexnika taqdimoti muhokamaga qo’yildi. Bu institutning taqdim etilgan ishi va loyihasi to’liq va tushunarli bo’lib o’tdi, bu borada jihoz va dars o’tish jarayoni, izlanishlar bo’yicha batafsil ma'lumot taqdim etildi. Yana shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Marie Kurie Universiteti professorlarining real hayotdagi asosiy dasturlari, reabilitatsiya tizimining loyihasi, mexatronikadan foydalanish va elektronika va magnerizmdan foydalanish haqidagi taqdimotlari barchada katta qiziqish uyg'otdi.
Barcha ma'ruzalar va taqdimotlar, barcha laboratoriyalar uchun tashriflar hodimlar bilan muhokama qilindi va hatto studentlar ham, qaysiki ilmiy-amaliy laboratoriyalarda.
25 aprel kuning birinchi yarmida tibbiyot bilan bog'liq masalalarda savollar bo’ldi, Plovdiv Tibbiyot Universiteti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ikkita qiziqarli taqdimotlar eshitildi. Ikkita modul mazmuni bo’yicha magistrlar uchun taqdim etildi, qaysiki ishlab chiqishda va professor -o’qituvchilar tarkibida dars o’tishda ToshPTI: muammolar va mushak va skelet tizimi yaxlitligi, shuningdek, nevrologik kasalliklar. Shundan so'ng, Frantsiya Universiteti mutaxassislari biomexanika sohasida, tibbiyot robototexnika, qurilmalardan qabul qilingan asoslar bilan davom ettirdi.
Shu kuni davra suhbatida O'zbekistonda bo'lajak magistratura ta'lim mazmunini rivojlantirish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi, oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlik qilish va kelajakdagi ishlarni aniqlashtirish bilan tugadi.
Uchrashuv uchinchi ya’ni oxirgi kuni ma'muriy masalalar bo’yicha savol javoblar olib borildi, ya’ni laboratoriya asbob-uskunalarini sotib olish, ularni tashkil etish yetkazib berish va bu uskunalarni o'rnatish bilan bog'liq masalalarga qaratilgan edi. Uchrashuv shuningdek, kompaniya vakillari italiyada tender – BTS qo'lga kiritgan ishtirok etdilar. Shuni aytib o’tish kerakki bu jihozning bir qismi Markaziy Osiyoda mavjud emas, haqiqatdan ham zamonaviy va reabilitatsiya nevrologiya sohasida ilmiy tadqiqotni rivojlantirish uchun turtki bo’lishi mumkin.
Yakuniy kun, loyiha konsortsiumi professor-o’qituvchilar jamoasi malaka oshirish kurslari oliy Yevropa oq’uv yurtlari hamkorlari, shuningdek tashkiliy qismi uchrashuv Konsortsiumi shu yil noyabr oyida O’zbekistonda uchrashuvi bo’lib o’tishini muhokama qilishdi. Mezbon Frantsiya Marie Kurie Universiteti rahbariyati ya’ni xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori bilan uchrashuv hamda uning bizning Loyihamizga muvaffaqiyatlar tilashi bizda yaxshi xotiralar qoldirdi.
Umuman, uchrashuv juda samarali bo'ldi va konsortsiumga ko'ra, loyiha taraqqiyoti keyingi ikki yil ichida loyihani ijobiy yakunlash uchun umid beradi.
Ashirbayev Sherzod, Vixrov Igor