Erasmus+ TechReh loyihasining oraliq natijalarini chiqarish: Reabilitatsiyadagi texnologiyalar
2017 yil 20-23 noyabr kunlari TechReh loyihasini amalga oshirish doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi: Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetining Qarshi filialida Reabilitatsiyadagi texnologiyalar. Parallel tarzda, O‘zbekistonning hamkor oliy o‘quv yurlarida tibbiy reabilitatsiya sohasidagi ilmiy-ta’lim laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha ishga tushirish-sozlash ishlari olib borildi.
Yevropalik hamkorlar tomonidan, Sannio universitetining koordinatorlari va Pera universitetidan sifatni ta’minlash va magistraturani tashkil etish bo‘yicha ishchi paketlarning yetakchilari ishtirok etdilar.
O‘zbekistonlik hamkorlar tomonidan ToshPTI, TATU, shuningdek, ularning Qarshi va Nukusdagi filiallarining vakillari, shu jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazidan noakademik hamkorlarning vakili ishtirok etdilar.
Uchrashuvning birinchi kuni, o‘tgan vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda loyiha koordinatori prof. Paskuale Daponte ishlarning real holati va darhol hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar haqida gapirdi. Umuman olganda, prof.Dapontening ma’rurasidan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, laboratoriya jihozlarini O‘zbekistonga yetkazib kelish kechikayotganligi sababli, loyiha muddatlar bo‘yicha ozgina ortda qolmoqda. Shunga qaramasdan, uchrashuv vaqtining o‘zidayoq, ishtirokchilar, jihozlar O‘zbekistonga yetib kelganligi va noyabr oyining oxiriga qadar hamkor OO‘Yularga yetkazilib, talablarga binoan o‘rnatilishi va laboratoriya xodimlari, jihozlardan real sharoitlarda foydalanish bo‘yicha treninglarda qatnasha olishlari haqidagi xushxabardan voqif bo‘ldilar. Undan tashqari, uchrashuvga parallel ravishda, Qarshida laboratoriya jihozlaridan Toshkentda foydalanish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tib, unda ko‘rgazma qurol sifatida o‘rgatuvchi materiallar va videoroliklar namoyish etildi.
Keyingi kun, ishchi paketlarning yetakchilari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, u yerda o‘z ishtirokchilari Sh.P. Ashirbayev, I.P. Vixrov va S.A. Lisenkolardan iborat ToshPTI jamoasi paket bo‘yicha hisobot berdilar: natijalarning tarqatilishi, uning bajarilishi oliy darajada deb tan olindi. Ikkinchi kun davomida, konsorsium, sifatni ta’minlash uchun har bir ishchi paketga 2 dan vakil ( O‘zbekiston va Yevropa tarafidan bittadan) qo‘yish haqidagi qarorni qabul qildi.
Loyihaning uchinchi kuni, loyihani kelajakka rejalashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, u yerda korsorsium, grantxolder tomonidan moliyalashtirishning ikkinchi qismi olinganidan keyin, YeI universitetlarida loyihaning akademik xodimlarining malakalarini oshirish, 1 oy davomida har bir OO‘Yu dan 5 kishidan, jami 20 mutaxassisliklar bo‘yicha ishlar tashkil etilishi haqida kelishib oldi. Undan tashqari, ishlab chiqilgan magistratura, malaka oshirish kurslari va tanlangan o‘quv kurslari bo‘yicha modernizatsiyalashtirilgan kurslarda o‘qitish sifatini nazorat qilish maqsadida ichki monitoring o‘tkazish uchun YeI dan hamkorlarning tashriflari tashkil etiladi. Uchrashuvning yakunlovchi kuni, olingan laboratoriya jihozlari O‘zbekiston OO‘Yulariga, biotibbiy injeneriya sohasida tadqiqotlar olib borish bo‘yicha hududda yetakchi o‘rinlarga chiqishlariga imkon berishi va ehtimol O‘zbekiston, yuqori texnologiyali tibbiyotning rivojlanishi bo‘yicha xabga aylana olishini hisobga olgan holda, ehtimoliy hamkorlik qilish muhokama qilindi.
Sh.P. Ashirbaev, I.P. Vixrov