ToshPTI innovatsion markazida Erasmus dasturi + TechRech loyihasi doirasida ikki kunlik trening o‘tkazildi

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining innovatsion markazida Erasmus dasturi + TechRech loyihasi doirasida ikki kunlik trening o‘tkazildi.

30 noyabrdan 1 dekabrga qadar, BTS bioengineering kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan jihoz bilan ishlash bo‘yicha ikki kunlik trening o‘tkazildi. Trening, bioinjeneriya sohasidagi yetakchi mutaxassislar Filippo Pellizari, Giuseppe Ghidoli (Italy,Milan) tomonidan olib borildi. Treningga, TashPTI, TATU va TUIT ning Qarshi shahridagi filialining mutaxassislari taklif etildi.

TechReh (1)

 “Don Gnokki” jamg‘armasi (notijorat reabilitatsiya tashkiloti) bioinjeneriya Markazi va “Politexnicheskiy di Milano” Texnika universitetidan olinib, 1986 yilda startap kompaniyasi sifatida tashkil topgan BTS, hozirgi kunda tibbiyot uskunalari sohasida ishlayotgan xususiy sanoat konserni bo‘lib hisoblanadi. Tashkil topgan vaqtidan boshlab BTS, ilmiy tadqiqotlar dunyosida, sport tibbiyoti klinikalari, shifoxonalari, universitetlari va tadqiqot markazlari uchun yechim yaratdi va ishlab chiqdi, va bugun, harakatni tahlil qilish uchun integratsiyalangan yechimlarni ishlab chiqish sohasidagi keng miqyosdagi tajriba va chuqur bilimlari bilan faxrlanadi. Yuqori malakali menejerlar tomonidan boshqariladigan yoshlar komandasi, aniq, nyuanslarga boy, ishonchli va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishda, mukammallikning ko‘p yillik an’anasiga tayanadi.

Treningning birinchi kuni, mutaxassislar quyidagi masalalarga e’tibor qaratdilar:

-Tizim (SMART DX 100 « Motion Capture analysis»), uni o‘rnatish, kalibrlash, klinik bayonnomalarni qo‘llar

-Nirvana tizimi.

SMART DX –bu, optik elektron tizimlar mahsulotlarining qatori bo‘lib, ular harakatni klinik, sport va sanoat sohalarida tahlil qilishning barcha talablarini qondirishga mo‘ljallangan. Barcha modellarda, xattoki eng noqulay sharoitlarda ham istisno tariqasidagi quvvatni kafolatlash uchun, infraqizil yoritgichlar bilan jihozlangan sonli kameralar ishlatiladi.SMART DX integratsiyasi va o‘zaro to‘ldiruvchanligi, elektromiografik moslamalar, sensorli pol va BTS kameralardan real vaqt rejimida yetib kelayotgan barcha ma’lumotlarni birlashtiradi, sinxronlashtiradi va boshqaradi. Shuningdek, boshqa moslamalardan kelib tushayotgan signallarni integratsiyalash va sinxronlashtirish uchun 80 ga yaqin analogli kanallar mavjud. a’lo darajadashi hisoblab chiqish quvvati va alohida o‘ziga xos universallik..

NIRVANA –bu, virtual reallikka asoslangan, neyromotorik buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlarning motorikasini tiklanishini qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqilgan tibbiy moslama. Bu, har bir bemorning shikastlangan buzilgan harakat funksiyasini tiklash uchun terapevtlarning eng yaxshi mos keladigan faollikni tanlashlarini qo‘llagan holda, reabilitatsiya jarayonini tezlashtiradi. Bu umuman noinvaziv tizim bo‘lib, u real muhitda ishlaydi. U, neyro-sensor stimulyatsiyadan foydalanadi va bemorning real vaqtda qaytadan orttirgan qobiliyatlariga har bir mashqning og‘irlik darajasini moslashtiradi.

TechReh (4)

 Trening, barcha yuqorida sanab o‘tilgan tizimlar bilan maxsus jihozlangan laboratoriyada o‘tkazilganligi sababli, har bir ishtirokchi, kofe-breykdan keyin, tizimlarni ishlatib ko‘rish va trening kunining birinchi yarmida olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

TechReh (3)

 Treningning ikkinchi kuni yana ham sermazmun va ma’lumotlarga boy bo‘ldi, mutaxassislar Filippo Pellizari, Giuseppe Ghidoli quyidagi savollarni yoritib berdilar:

-G sensor datchigini o‘rnatish va qo‘llash

-Klinik bayonnomalarni qo‘llash

-G sensor + EMG tizimini qo‘llash.

 G sensor harakat tahliliga yangi yondoshuvni namoish qiladi: bemorga qo‘llaniladigan maxsus simsiz datchik, Sizga «Timed Up and Go» va “6 daqiqalik yurish sinamasi” kabi klinik sinovlarni qisqa muddatlarda bajarishga imkon beradi, shuningdek u, yurish, yugurish va sakrash bilan bog‘liq bo‘lgan yanada muhim parametrlarni ta’minlaydi. Reabilitatsiya sohasida zarur bo‘lgan bu baho, vrachlar va mutaxassislarga bemorlarning holatini baholash va davolash samaradorligi va/yoki reabilitatsion terapiyani miqdoriy tomondan baholashga yordam beradi.Muammolarni G sensor dvigateli yordamida tez, oddiy va aniq baholash, bemorni bir necha soniya ichida klinik tahlil qilish uchun barcha asosiy ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. Kiritilgan oltita testlarni bajarish juda oson va natijalar shu zahotiyoq normal diapazonlar bilan solishtiriladi.

TechReh (6)

EMG – mushaklar faolligini dinamik tahlil qilish uchun simsiz zondlari bor bo‘lgan elektromiografik moslama.FREEEMG –bu, eto yuzaki EMG tahlil qilish uchun 4G texnologik moslama. Signalning aniqligi, simlarning yo‘qligi, zondlarning yengilligi va kichraytirilgan o‘lchamlari – bular, tahlil qilinayotgan ob’ektning har qanday harakatlanish ishoralarini o‘zgartirmasdan, tananing har qanday a’zosi uchun har qanday turdagi harakatni tahlil qilishga imkon beruvchi funksiyalar. Simsiz miniatyura datchiklar sababli, xattoki eng kuchsiz signallar ham ilg‘ab olinadi va aniq qayd qilinadi. Tizim, shaxsiy kompyuter bilan yetkazib beriladigan USB-qabul qiluvchilar orqali o‘zaro harakat qiladi va bir vaqtning o‘zida 20 tagacha zondni boshqara olishi mumkin. Har bir zond, ulanishning vaqtincha uzilib qolish holati va keng yuzalar hamda ochiq maydonlarda uzluksiz yozuvni ta’minlash uchun, ichki xotira bilan jihozlangan. Signalni qabul qilish uchun, zondlar bevosita dastlab, qo‘shimcha mahkamlashlar zaruriyatisiz gelsimon elektrodlarga ulanadi: narsalarni tayyorlash hali hech qachon bunchalik tez bo‘lmagan. Dasturiy ta’minot, to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqadi va darholda oddiy klasslar bilan solishtirish mumkin bo‘lgan grafik natijalarni grafiklashtiradi. Tahlilning oldindan aniq bo‘lgan bayonnomalarining aksariyat qismi, ma’lum bir mashqlarning vaqtida mushaklar faolligini baholashga imkon beradi.

 

TechReh (5)

Kunning ikkinchi yarmida trening amaliyot tarzida davom ettirilib, ishtirokchilar tizimdan foydalanib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar Filippo Pellizari, Giuseppe Ghidoli, trening vaqtida vujudga kelgan barcha savollarga javob berdilar. Yakunda, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining vaqillari, mehmonlar uchun, sharqiy an’analar va urf-odatlarga bag‘ishlangan sovg‘alar tayyorlashdi.

 TechReh (2)