Navbatdagi loyiha hamkorlik uchrashuvi Erasmus + CBHE Technology in Rehabilitation ( TechReh) Fransiyada bo`lib o`tdi

TechReh Erasmus + loyihasi uchun hamkorlarning navbatdagi uchrashuvi.

Joylashgan joyi: Fransiya(Parij) Sarbon universiteti

 Vaqti: 2018 yil 6-8 iyun

 Ishtirokchilar: O’zbek hamkorlarimiz: Sherzod Ashirbaev – Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti,

 Barno Ganieva – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,

 Odilbek Turg`unov – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.

 

Yevropa hamkorlari: Véronique PERDEREAU - Sorbonne Université, Parij

Gerard SH - Sorbonne Université, Parij

Pasquale DAPONTE - Sannio universiteti, Italiya

Luca DE VITO - Sannio universiteti, Italiya

 Allesandro GIUSTINI – Yevropa jismoniy va reabilitatsiya tibbiyot universiteti,

Elena ILIEVA – Bolgariyaning Plovdiv shaxridagi tibbiyot universiteti,

 Alvydas JUOCEVICIUS - Vilnius universiteti, Litva

Hugo Silva - "Plux" Portugaliya.

 

Uchrashuvda  quyidagi masalalar muhokama qilindi: «Tibbiyotda kompyuter tizimlari» bo`yicha 2 yillik magistratura, sog`liqni saqlash sohasida professionallar uchun qisqa muddatli kurslar, shuningdek mavjud o`quv dasturlarni modernizatsiya qilish yangilash masalalari.

Ashirbaev Sherzod Pardaevich taqdimot bilan chiqib, u o`z taqdimotida O`zbekistonning sog`liqni saqlash tizimidagi raxbarlar uchun mo`ljallangan qisqa muddatli kurslarni modernizatsiya qilish to`g`risida to`xtalib o`tdi, va shu bilan birga Yevropadagi hamkorlar bilan birgalikda, reabilitatsiyadagi yangi texnologiyalarni inobatga olgan xolda, yangi modullarni yaratish, va shuningdek o`quv davrlarni  yoki Yevropa Ittifoqi  o`qituvchilarining onlayn-ma`ruzalarini tashkil etish  muhim axamiyat kasb etishini takidlab o`tdi.  To`rtta yangi modul kelishildi va ushbu modullarni Yevropa universitetlarida tayyorlash uchun mas`ul bo`lgan trenerlar tarkibi belgilab olindi. Yevropadagi hamkasblarimiz bilan stajirovka boshlangungacha  qo`shimcha o`quv materiallar va adabiyotlar bilan ta`minlash masalalari kelishib olindi. Kontent tanlab olingan trenerlar va Yevropadagi hamkor-OTM (Alvydas JUOCEVICIUS. Vilnius University. Elena ILIEVA. Medical University of Plovdiv) larning tegishli supervayzerlari bilan ishlab chiqishi kelishib olindi.

 

06.06.2018

 

Barno Ganieva va Odilbek Turg`unov o`z nutqida reabilitatsiya sohasidagi yangiliklarni o`z ichiga qamrab olgan «Tibbiyotda kompyuter texnologiyalari»   magistratura yo`nalishini ochish bo`yicha qurilayotgan tayyorgarlikning xolati to`g`risida qisqa ma`lumot berib o`tdilar. Trenerlar ro`yhati va o`zbek va Yevropa hamkorlari tomonidan ishlab chiqishni ta`lab qiladigan 6 ta fan ro`yhati kelishib olindi.

Uchrashuvda ta`limda kredit tizimiga o`tish va diplomlarni tan olish masalalari ko`tarildi.

Loyiha borasidagi kelajakdagi rejalar muhokama qilindi va o`zbek hamkor-OTMlarning stajirovkani o`tish sanasi va joyi tasdiqlandi. 

08.06.2018