TEMPUS UZHELTH loyihasi bo’yicha birinchi hamkorlik yig’ilishida ishtirok etish xaqida 2014 yil 12-18 fevral. (Piza , Italiya)
“Oliy ta’lim strukturasida , O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimida ta’lim va o’qitishni amalga oshirishda ularni roli” TEMPUS UZHELTH loyihasi doirasida taklif qilingan hamkorlik yig’ilish asosida tashkilotchilar tomonidan hamda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ruxsati bilan 2014 yil 11 dan 13 fevralgacha Pizada bo’ldik . ( Havo yo’llari: Turkiya avia yo’li. Qarorgoh joyi Amal fitanal Hotel). (taklifnoma va ruxsatnoma ilova qilinadi). Uchrashuv Piza universiteti yetakchi rol o’ynovchi Yevropa Universitetlari Konsorstiumi tomonidan tashkil qilindi. Hamkorlik uchrashuvga O’zbekiston Respublikasi, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Slavakiyalik sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, ekologiya va veterinariya sohalari tizimidagi mutaxassis va ekspertlar ishtirok etishdi ( 5 mamlakatdan 30 kishiga yaqin).
Uchrashuvni tashkil etishda yaqindan yordam bergan TEMPUS milliy ofisiga o’zimizni chin yurakdan minnatdorchiligimizni bildiramiz. Uchrashuvni tayyorlash va hamkorlik uchrashuvga taalluqli barcha tashkiliy jihatlar o’z vaqtida hisobga olindi hamda hal qilindi.
Hamkorlik uchrashuv tashkilotchilari tomonidan zarur malumotlar va aynan bir xil malumotlar, shuningdek sog’liqni saqlash , qishloq xo’jaligi, veterinariya va ekologiya bo’yicha italyancha tizim bilan qiyoslangan hamda dastlabki tahlil natijalari o’z vaqtida taqdim etildi.
Hamkorlik uchrashuvni tashkil etish uchun O’zbekiston va Italiya sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi , veterinariya va ekologiya tizimidagi holatni qiyosiy tahlilini tayyorlash va faol qatnashish imkonini berdi. Shuningdek, ToshPTI loyiha kamandasi hamkorlar o’rtasidagi muxokama uchun TEMPUS UZHELTH ni rasmiy shartnoma loyihasi namunasini taklif etdi, bu esa tashkilotchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi.
Asosiy ishni boshlanishi oldidan barcha ishtirokchilarga o’zlarini va OO’Yu larini tanishtirish uchun imkoniyat berildi. Shunga ko’ra ToshPTI loyiha komandasi institut haqida taqdimot tayyorladi hamda loyiha rasmiy vebsaytida taqdimot malumotlarini joylashtirish uchun tashkilotchilarga taqdim etildi. Shu jumladan Yevropalik xamkorlar tyuning ( Tuning ) va uning uslubiyati bo’yicha materiallarni taqdim etdilar. Taqdimotchilar “Tyuning” uslubiyatidan to’g’ri va mos ravishda foydalanish zarurligini yana bir bor qayd etdilar, shuningdek undan qanday to’g’ri foydalanish misollarini taqdim etdilar.
Hamkorlik uchrashuvni ikkinchi kunida Yevropa ittifoqini ayrim mamlakatlari va O’zbekiston Respublikasi jamoatchilik sog’liqni saqlashni qiyosiy taxlili bo’yicha muzokaralar tashkil etildi. Shundan so’ng ishtirokchilarga, aynan ENDOCAS kompyuter texnologiyasidan foydalanish bilan jarroxlik markaziga tashrif buyurish imkoniyati berildi. TEMPUS UZHELTH loyihasi vakillarini ENDOCAS, markazi raxbari professor jarrox Mauro Ferrari kutib oldi va markazni faoliyati hamda yutuqlari taqdimotini o’tkazdi.
Virtual voqealardan foydalanib kompyuter texnologiyalari yordamida hirurgik aralashmalar stimulyastiyasini injener komplekslari namoyon etadi. Etiborga molik jihati shundaki markaz xodimlari jamoasining nafaqat shifokor va olimlardan, balki biotibbiyot muxandislari va kompyuter texnologiyalari bo’yicha mutaxassislardan iborat .Bu esa kelajakda bir-biriga yaqin fanlar uyg’unlashuvi ekanligidan dalolat beradi. Ushbu markazga ENDOCAS asoschisi va bir vaqtning o’zida ARPA hayriya jamg’armasi va professor Franko Moska (Franco Mosca) bilan uchrashuv tashkil etildi. Dastlabki natijalardan kelib chiqqan holda ToshPTI mutaxassislari ishtirokida kelgusi hamkorlik imkoniyatini va professor hamda talabalar, shuningdek kompyuter texnologiyalardan foydalanilgan yangi avlod jarrohligi sohasida olimlar almashinuvi masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda quydagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib borildi:
1. Sog’liqni saqlash
2. Qishloq xo’jaligi (shu jumladan veterinariya)
3. Atrof muhit (shu jumladan ekologiya)
ToshPTI delegatsiyasi “Sog’liqni saqlash” sektoriga kiritilganligi sababli, keyingi muzokaralar mazkur sektor doirasida olib borildi. Uch kun davomida O’zbekiston, Portugaliya, Belgiya va Itoliyaning barcha tibbiyot OO’Yu vakillari umumiy amaliyot shifokorlari (GP) va mutaxassisi (MD) vakillari masalalari muhokama etiladi. Natijada vakillar ruhiyati tuzildi, shuningdek muhimlilik darajasiga ko’ra tabaqalaniladi. Umumiiy amaliyot shifokor (GP) uchun 30 vakolat va mutaxassis shifokor uchun 30 vakoloti belgilab olishga doir qaror qabul qilindi.
Ishlab chiqilgan vakolatlar ro’yxati asosida sog’liqni saqlash tizimida o’quv dasturlarni tayyorlash va sektorial kvalifikatsion ramkalar ishlab chiqish bo’yicha kelgusida ishlar olib borildi.
Shuningdek, Piza universiteti professor-o’qituvchilari tarkibi vakillari bilan qator uchrashuvlar bo’lib o’tdi . Bu uchrashuvlarda Italiya tibbiyot ta’limi, tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, telemeditsina markazi va anatomiya muzeyi namoyish etildi.
Qator uchrashuv va muhokamalar ishchi dasturga vedjabs loyiha menejment va uning boshqaruviga bag’ishlandi. ToshPTI tibbiyot sohasi bo’yicha mas’ul OO’Yu etib tayinlandi, shuningdek loyiha xamkorlari tomonidan Toshkentda loyiha ochilishini tashkil etish bo’yicha qaror qabul qilindi. Dastlabki muhokamalar bo’yicha loyiha ochilishi mumkin bo’lgan OO’Yu sifatida ToshPTI belgilab olindi. Ochilish marosimini o’tkazish sanasi 2014 yil 24-28 aprelga belgilandi. Bundan tashqari ToshPTI delegatsiyasi institut haqida loyihaning Yevropalik hamkorlari uchun tarqatma materiallari kalendar, buklet tayyorladi.
ToshPTI rektori topshirig’iga muvofiq, loyihaning YH hamkor OO’Yu bilan hamkorlik qilish haqida Memorandum tayyorlandi va mazkur loyiha mas’ul shaxslariga imzolash uchun topshirildi. Piza universiteti (Italiya) bilan hamkorlik to’g’risidagi Memorandum ushbu universitet rektori professor Massimo M. Augello (Massimo M Augello), t.f.n. Rakel Lukas (Raquel Lugas) ga, Kent universiteti (Belgiya) bilan xamkorlik to’g’risidagi Memorandum professor Dirk Eyvants (Dirk Avants) ga topshirildi, bu esa ToshPTI ning ushbu OO’Yu bilan nafaqat loyiha doirasida, balki loyiha doirasidan tashqarida, ham hamkorligini kengaytiradi.
Sherzod Ashirboyev Nazifa Agzamova
Innovatsiya markazi direktori O’quv bo’limi boshlig’i
Institut koordinatori, Akademik nashriyot uchun mas’ul
Loyiha UZHELTH ToshPTI Loyiha UZHELTH ToshPTI.