Tempus – UZHELTH loyihasi ishtirokchilarining 2014 yilning 3-11 sentabr kunlari Gent (Belgiya) va Porto (Portugaliya) shaharlariga uyushtirilgan tashrifi to’g’risidagi Hisoboti

Tempus – UZHELTH loyihasi ishtirokchilarining 2014 yilning 3-11 sentabr kunlari Gent (Belgiya) va Porto (Portugaliya) shaharlariga uyushtirilgan tashrifi to’g’risidagi
Hisoboti

 


Deligatsiya tarkibiga qishloq xo’jaligi va sog’liqni saqlash vazirliklari vakillari, shuningdek Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Andijon Davlat Tibbiyot instituti, Samarqand Davlat Tibbiyot instituti, Buxoro Davlat Tibbiyot instituti, Toshkent agrar universiteti va uning Nukus filiali, Nukus davlat universitetidan ham vakillar keldi.
ToshPTI deligatsiyasi tarkibi:
1.    Ashirbaev SH.P – ToshPTI innovatsiya markaz direktori.
2.    Egamberdieva D.A – Fakultativ ichki kasalliklar, gospital terapiya, HDT, kasb kasalliklari va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti.
2014 yilning 3-11 sentabr kunlari Tempus “UZHELTH” loyihasi doirasida O’zbekistonlik mutaxassislar uchun Yevropada birinchi trening bo’lib o’tdi. O’zbekistonlik loyiha ishtirokchilari “tibbiyot, ekologiya, qishloq xo’jaligi, xavfsiz oziq –ovqat” yo’nalishlari bo’yicha Gent va Porto shaharlaridagi hamkor oliy o’quv yurtlariga tashrif buyurdi.

 

2014 yil 3 sentabr, Chorshanba. Ishtirokcilar Bryussel (Belgiya) shahriga yetib keldi va shu kuni, kechqurun Gent shahriga yetib bordi. Kechki ovqat Gent universiteti nomidan tashkil qilingan va unda o’zbek vakillaridan tashqari, Piza shahri universiteti vakillari (professor Ketrin Ayzeks, Laura Burdjizano), Gent universiteti vakillari (professor Dirk Avons, shu universitet xalqaro aloqalar bo’limi vakilasi Delfin xonim) ham qatnashishdi. Norasmiy sharoitda tomonlar loyihaning hozirgi holati borasida fikr almashib olishdi.
2014 yil 4 sentabr, Payshanba. Ertalab loyiha ishtirokchilari Gent shahri universiteti tomon yo’l olishdi. U yerda professor Dirk Avons universitetning Jamoat salomatligini saqlash va birlamchi tibbiy yordam kafedrasi ish faoliyati bilan tanishtirdi. Professor Dirk Avons “Gent universitetida sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha ta’lim berishi: uning hozirgi holati, mavjud muammolar va istiqbollari” mavzusida tayyorlagan namoyishini yig’ilganlar e’tiboriga havola etdi. Ular o’zlarining amaliy tajribalari misolida jamoat salomatligini saqlash fanini o’qitish usullarini va universitetdagi hamkasabalari olib borayotgan tadbirlar borasida tushunchalar berib o’tdi. Professor D.Avons ishtirokchilarni Belgiya davlatining jamoat salomatligini saqlash tizimi borasidagi ustuvor vazifalari bilan batafsil tanishtirib o’tdi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat ekan: 1. Ijtimoiy holat va salomatlik muammolarini nazorat qilish. 2. Salomatlik muammolari va xavfni aniqlash. 3. Sog’liqni saqlash borasida odamlar ma’lumoti. 4. Jamoatchilikni jalb etish. 5. Sanitariya tadbirlarini rejalashtirish. 6. Qonunchilik darajasida boshqarish. 7. Muntazam faoliyat yurituvchi sog’liqni saqlash xizmati va tormutaxassisli tibbiy yordam. 8. Tibbiy xizmatlarni vakolatiga mos ko’rsatish. 9. Ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini baholash. 10. Innovatsion qarorlar qabul qilishga undovchi ilmiy izlanishlar. Shuningdek umumilmiy darajada (ilmiy, statistik, ijtimoiy loyihalar) ishlar olib borilar ekan. Namoyish davomida O’zbekistonlik hamkorlar bilan o’zaro fikr almashuvlar bo’ldi.
Tushlikdan so’ng loyiha ishtirokchilari Atrof  muhitni  muhofaza qilish va Jamoat salomatligi bo’yicha Alderman markaziga borishdi. Keyinchalik turar joy kvartiralari uchun ma’sul shahar ma’muriyati vakili ishtirokida Gent shahrining turli tumanlari bo’ylab tanishuv sayohati uyushtirildi. Unda loyiha ishtirokchilari “Jonli ko’cha” ijtimoiy loyihasining amaliyotda qo’llanilishi bilan tanishishdi. Bunga asosan Gent shahri aholisi, shahar ma’muriyati ishtirokida o’z turar joy kvartiralariga ko’chatlar o’tkazishar, maysalar undirishar ekan. Hovlilarda avto ulovlar uchun turar joylardan boz kechib, uning o’rnida bolalar uchun maydonchalar, velosiped uchun yo’laklar barpo etishar ekan.
Kvartal aholisi uchun o’quv, madaniy – marifiy va turli ko’ngil ochar tadbirlar tashkil qilishar ekan. Shahar Meri vakili bilan O’zbekistonlik ishtirokchilar o’rtasida qizg’in fikr almashinuv yuzaga keldi va belgiya modelini O’zbekistonda “jonli ko’cha, jonli kvartal, jonli shahar” kabi ijtimoiy loyihalar ko’rinishida kiritish imkoniyatlari borasida xulosalar qilindi.
5 sentabr Juma kuni loyiha ishtirokchilari Botermarkt Jamoat Salomatlik Markaziga tashrif buyurdi. Bu fuqarolarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash markazi hisoblanadi. Markazning asosiy vazifalari nafaqat Belgiya fuqarolari balki barcha uchun uy joy topishda konsalting xizmatini ko’rsatish, kasalliklarni oldini olish masalalarida yordam ko’rsatishdan iborat bo’lib, markazda aholining ijtimoiy muhofaza qilinmagan guruhlari uchun, ularni ijtimoiy qo’llab –quvvatlash maxsus kurslari tashkil qilingan. Masalan qariyalar uchun kompyuter o’quv kurslari tashkil qilingan. Shuningdek ushbu markazda maxsus oshxona ish faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu yerda kam ta’minlanganlik bo’yicha maxsus ro’yxatda turuvchi Belgiya fuqarolari uchun arzon narxlarda nonushta, tushlik va kechki ovqat beriladi. Ishtirokchilar Gent shahrining oilaviy tibbiyot va birlamchi sog’liqni saqlash bo’limlariga borishdi. Markaz rahbari ishtirokchilarni Belgiya sog’liqni saqlash tizimi, uning uning yutuqlari va muammolari bilan tanishtirdi. Yig’ilishda O’zbekistonlik vakillar bilan birgalikda Avstraliyaning bir necha universitetidan ham vakillar ishtirok etishdi. Ma’ruzachi Belgiya sog’liqni saqlash tizimining tuzilmasi va tashkiliy modellari borasida alohida to’xtalib o’tdi va shuni takidladiki belgiyaliklar uchun birlamchi tibbiy yordam yuqori malakali darajada davlat mablag’lari hisobiga amalga oshirilar ekan. Shundan so’ng ishtirokchilar Oilaviy tibbiyot markazining qismlari bilan tanishishdi. Bu yerda poliklinik xizmat bilan birgalikda, profilaktika yordami ha, olib borilar ekan. Markazda yeg’ilish xonasi, bola parvarishini o’rgatuvchi on abola xonasi, bo’lajak onalar klubi, laboratoriya mavjud. Shuningdek markazda “Oshxona” loyihasi ham faoliyat yuritadi. Bu yerda (masalan qandli diabeti bor bemorlar uchun) parxez taomlarni malda qanday tayyorlashni o’rgatadi. Diabetiklar, gipertaniya xastaligi bor bemorlar uchun maktab xonalari mavjud. Tushlik vaqtida ishtirokchilar Antverpen shahrining Gapro Markaziga tashrif buyurishdi. Bu markazda Belgiyada qonuniy bo’lgan tijorat seksual xodimlarga tibbiy xizmat ko’rsatar ekan, ya’ni tartibsiz seksual qobig’ga qarshi kurashish ishlari olib borilib, ijtimoiy va tibbiy harakterdagi tushuntirish ishlari olib borilar ekan. Shuningdek Markazda Gepatitga qarshi emlanish, tanosil kasalliklarini davolash bepul, anonym ravishda OITS ga tekshirish ishlari olib boriladi. Me’yoriy hayotga qaytish istagidagi ayollarni ish bilan ta’minlash va ularning moslashishga ko’maklashish uslubi o’tkaziladi. Kechki payt ishtirokchilar Antverpen shahri Meriyasiga tashrif buyurishdi. Bu yerda bizlarni mahalliy ma’muriyat vakilasi  kutib oldi. Qisqacha atrof muhitni muhafaza qilish borasida erishilgan yutuqlari bilan tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng Antverpen shahri Atrof muhitni muhofaza qilish sektori rahbari, Antverpen shahrida atrof muhitni muhofaza qilish to’g’risida ma’ruza qildi. Ular o’z chiqishlarida ishtirokchilarni atrof muhitni muhofaza qilish borasidagi epidemiologik va statistik ma’lumotlar bilan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari bilan tanishtirib o’tdi. Ya’ni munisipial xizmatning bevosita qo’llab quvvatlash orqali ekologik toza tramvay yo’llari, velosiped yo’llari qurilgan. Shaharning har bir tumanida havoning ifloslanishi darajasini ko’rsatuvchi moslamalar joylashtirilgan. Shahar markaziga avtobuslar kirishi taqiqlanadi, atmosfera havosini ifloslovchi avto ulov egalariga katta summada jarimalar joriy qilingan.
2014 yil 6 sentabr Shanba  ishtirokchilar “Trik ko’cha” ekoloyihasining kechishi bilan tanishdilar. Avto ulovga bog’lanib qolishni kamaytirish maqsadida shahar ko’chalarining biridagi aholi ekspiment o’tkazishni qaror qilishgan. Ushbu oy davomida ular ishga (Elektro) velosipedda borishadi, haridlarini uch g’ildirakli velosipedlarda amalda oshiradi, “uyga yetkazib berish” xizmatidan foydalanishadi. Bu esa mahalliy byudjedni tejash va shahar aholisini tozalash imkonini beradi. Ishtirokchilar boshqa ko’chalarga ham bordi, hiyobon va ko’chalar o’rtasida to’siqlar yo’qligiga, maydonlarda royallar turganligiga hohlagan inson unda o’ynashi mumkin.
2014 yil 7 sentabr Yakshanba.  Loyiha ishtirokchilari samolyotda Portugaliyaning Porto shahriga yo’l oldi va mahalliy mehmonxonalardan biriga joylashdi.
2014 yil 8 sentabr Dushanba. Porto universiteti qoshidagi Jamoat salomatligini saqlash institutida Pizo (Italiya) Universiteti, Gernt (Belgiya) Universiteti, Mitra (Slovakiya) Universiteti va Porto Universiteti vakillari ishtirokida plenar yeg’ilishi bo’lib o’tdi. Kun tartibiga quyidagi masalalar qo’yildi: loyiha koordinatori professor K.Ayzeksning kirish mulohazalari, ishtirokchilar maslahati, maslahatni yakunlash, natijalarni tahlil etish, ishchi reja asosida keyingi qadamlarni muhokama qilish, Tempus UZHELTH loyihasi doirasida jihozlarni manzilga yetkazish masalalari muhokamasi. Shuningdek vebsayt yaratish masalasi muhokamasi, hamkorlik bitimlari va boshqa moliyaviy va ma’muriy masalalar.
Tushlikdan so’ng proekt ishtirokchilari prof. Enrike Brroza rahbarligida Porto institute qoshidagi jamoat salomatligini saqlash instituti va kafedralari bilan tanishdi. Bakalavuriyat, magstratura, daktarantura, ishtirokchilarini hamshiralarni dietologlar, laborantlar va texniklarni tayyorlash prinsiplari bilan tanishishdi. Mahalliy mutaxassislar bilan suhbatlar o’tkazildi.
 2014 yil, 9 sentabr Shanba.Ertalab Porto Universiteti qoshidagi tibbiyot maktabiga tashrif taklif qilindi. Bu yerdagi kafedralar, markazlar va kutibxonalar bilan tanishildi. Shundan so’ng Porto shahrining turli tibbiyot markazlari professor va rahbarlarining tayyorlab kelgan namoyishlari tinglandi. Dastlab Porto Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi vakili o’zlarining universitetini namoyish qildi. Jumladan ushbu universitet Portugaliya oily o’quv yurtlari orasida reyting tizimi bo’yicha birinchi o’rinda,Yevropa universitetlari ichida birinchi yuzlikda (ayniqsa tibbiyot fakulteti), jahonda taxminan 300 o’rinda turar ekan. Universitet 18 asrda tashkil qilingan bo’lib, uchta baza, 14 ta fakultet, biznes – maktabi ekan. Universitetning tibbiyot fakulteti Portugaliyada eng nufuzli bo’lib, bakalavr, magistr, dotarant, malaka oshirish kurslari mavjud. Universitet Yevropaning boshqa univesitetlari bilan yaqin aloqa o’rnatgan bo’lib, Erazmus, Tempus dasturlari doirasida Afrika davlatlari, Braziliyada ko’plab xorijiy talabalar bu yerda ta’lim olishadi. Jahonning boshqa universitetlari bilan aloqa yaxshi yo’lga qo’yilgan. Universitetda ta’lim berish Boloniya konvensiyasi doirasida, yangi dunyo standartlariga muvofiq amalgam oshiriladi.  Keyingi ma’ruzachi Porto shahri, Politexnika Universiteti vakilasi bo’ldi. U universitet doirasidagi tibbiyot texnologiyalari oily maktabning faoliyati to’g’risida gapirdi.     Ushbu maktab radiologiya, neyroxirurgiya, kardioxirurgiya kabi intervension tibbiyot sohalari uchun oily ma’lumotli tibbiyot texnikalarini tayyorlab beradi. Ushbu maktabda bakalavrlar, magstrlar tayyorlanadi va malaka oshirish kurslari mavjud. Maktabning asosiy maqsadi tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi muxandislar, tibbiy muxandislar tayyorlashdan iborat. Portugaliya tajribasi shuni ko’rsatadiki tibbiy muxandislarni tayyorlash, 10 yil ta’lim olgan ishtirokchilardan tibbiy texnik va laborantlar tayyorlashga nisbatan iqtisodiy samaradan ekan.
Shundan so’ng Fernando Araujo so’zga chiqdi. U Portugaliyada jamoat salomatligini saqlash tuzilmasi va tashkil tizimi borasida so’zlab berdi. Portugaliyada faoliyat yurituvchi sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’ini to’g’risida batafsil tanishtirib o’tdi. Shundan so’ng loyiha ishtirokchilari universitetning Sao Joao klinikasiga tashrif buyurishdi, qon quyish stansiyasi va xavfsizlik faoliyati bilan tanishdi. Markaz ish faoliyati Portugaliyada olingan ma’lumotlar asosida yuqori ilmiy – tibbiy, texnik darajada olib borilar ekan. Tushdan so’ng loyiha ishtirokchilari Innovatsion texnologiyarni yuqori darajada qo’llashga asoslangan birlamchi sog’liqni saqlash markaziga tashrif buyurishdi. Bu yerda tibbiy profilaktika xizmati ko’rsatiladi. Markaz xodimlari markaz borasida ma’lumotlar berishdi va Porto shahruining sog’liqni saqlash to’g’risida gapirib o’tishdi.
2014 yil, 10 sentabr. Chorshanba. Loyiha ishtirokchilari ikki guruhga bo’linishdi: Agrar sector vakillari Veterinar boshqarmasi va xavfsiz ovqatlanish regional boshqarmasiga borishdi. Tibbiyot sektori vakillari Sao Joao klinikasiga tashrif buyurishdi. Ular yuqumli kassaliklar nazorati, jumladan, OITS, gepotit virusli kasalliklar bilan, bemorlar xavfsizligi nazorati va kasb salomatligi masalalari bilan qiziqishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Gayya klinikasiga borildi. Shundan so’ng loyiha ishtirokchilari Porto Universiteti xalqaro munosabatlar bo’yicha prorektori Mariya Fatima Marinxo xonim bilan uchrashishdi. Uchrashuv mobaynida prorektor universitetning tarkibiy qismlari haqida gapirib berdi va universitet hayoti to’g’risida tayyorlangan broshuralarni ishtirokchilarga taqdim etdi.
Shu kuni kechki payt UZHELTH loyihasi ishtirokchilarini Porto shahri Merii qabul qildi. Mehmonlarni shahar meri hokimi do’stona kutib oldi va ushbu loyihaning zarurligi, o’zbek-portugal ta’lim loyihalarini hamkorlikda yo’lga qo’yishning istiqbollari va imkoniyatlari to’g’risida gapirib berdi. Tomonlar estalik sovg’alar bilan almashishdi. Shahr Merii movini ishtirokchilarga Portugaliya san’ati to’g’risidagi kitobni sovg’a qildi.
2014 yilning 11 sentabrida Payshanba kuni loyiha ishtirokchilari Porto – Lissabon –Stambul-Toshkent reysi bilan O’zbekistonga qaytishdi.

Sherzod Ashirbaev

Innovatsiya Markazi Direktori,

UZHELTH loyihasi institutsional koordinatori

 


Dono Egamberdiyeva

Fakultativ ichki kasalliklar,

gospital terapiya, HDT, kasb kasalliklari va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti.

UZHELTH ToshPTI guruhi a’zosi