Tempus – UZHELTH loyihasi ishtirokchilarining 2014 yilning 14-16 noyabr kunlari Samarqand shaharlarida uyushtirilgan tashrifi to’g’risidagi Hisoboti

Tempus – UZHELTH loyihasi ishtirokchilarining 2014 yilning 14-16 noyabr kunlari Samarqand shaharlarida uyushtirilgan tashrifi to’g’risidagi
Hisoboti


 UZHELTH loyihasining birgalikdagi yig’ilish rejasiga asosan 2014 yil 14 noyabr kuni loyiha ishtirokchilarining dastlabki kooperatsiyasi bo’lib o’tdi. Hamkorlikdagi anjuman doirasida TuCAHEA partnyorlari bilan UZHELTH loyihasi ishtirokchilari birgalikda uchrashuvda ishtirok etdilar.
2014 yil 15 noyabrning birinchi yarmida Samarqand Davlat xorijiy tillar institutida seksion seminarlari boshlandi. Ushbu seminarlarda UZHELTH loyihasi ishtirokchilari «Tashqi muhit himoyasi va ekologiya» seksiyasida ishtirok etib UZHELTH loyihasini tyuning elementlarini ishlab chiqdilar. Seksiyaning amaliy koordinatori Piza Universitetining professori Alessandra Guidi (Alessandra Guidi) bo’ldi.
Kunning ikkinchi yarmida seksion seminarlarning barcha faol ishtirokchilari TuCAHEА loyihasining yakunlovchi plenar yig’ilishida birlashdilar va har bir yo’nalish guruhlarining yetakchilari o’zlarining seminarlarda amalga oshirgan hisobotlarini taqdim etdilar. Yig’ilishning ohirida UZHELTH va TuCAHEА loyihalarining bosh ekperti Katerin Isaaks (Ann Katherine Isaacs) yakunlovchi va sarhisob taqdimoti bilan anjumanda amalga oshirilgan ishlar haqida va keyingi rejalar haqida bayonot berdi.
16 noyabr 2014 yil, kunning birinchi yarmida UZHELTH loyihasi partnyorlari milliy koordinator Shavkat Hasanov boshchiligida Osiyo mehmonxonasining anjumanlar zalida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish doirasida Belgiyaning Gent va Portugaliyaning Porto shaharlarida bo’lib o’tgan ohirgi o’quv tashriflarda rejalashtirilgan masalalar yuzasidan muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida bosh ekspert Katerin Isaaks (Ann Katherine Isaacs) va loyiha koordinatori Alessandra Guidi (Alessandra Guidi) yig’ilishda ishtirok etib quyidagi masalalar bo’yicha muhokama olib bordilar:
1.    Loyiha maslahatlashish tadbirlarini shakllantirishda umumiy va mahsus vakolatlarni aniqlash;
2.    Savolnomalar asosida olingan ma’lumotlarni TuCAHEA loyihasi anjumani materiallarida keltirilgan jadvallar asosida birlamchi statistik analiz qilish;
3.     Birgalikdagi plenar yig’ilishlarning natijalarini sarhisobi;     
4.    Talabalar mobilligi masalasi;
5.    Har bir ishtirokchi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan UZHELTH axborot-maslahat markazlarini texnik ta’minoti;
6.    Loyiha veb-sahifasini yangilash va veb-sahifa administratorini belgilash;
7.    Keyingi loyiha yig’ilishlarini Andijon va Buhoro shahrilarida bo’lib o’tishini rejalashtirish.