UZHELTH Tempus loyihasi doirasida amalga oshirilgan talabalar xalqaro o'quv almashinuvi

Tempus UZHELTH loyihasi doirasida ToshPTI talabalarining xorijiy malaka oshirish tajribasi.

 

UZHELTH loyihasi haqida

 

 Ushbu loyiha inson salomatligini oshirish uchun sog’liqni saqlashning turli bosqichlarida ishlay oladigan tibbiyot hodimlarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari  uchun tuzilgan bo’lib, taqdim etilgan o’qitish jarayoni orqali respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari o’z ishlarini qayta tashkil qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baholashlari mumkin bo’ladi. UZHELTH mos Vazirliklar (Oliy Ta’lim, Sog’liqni saqlash, Qishloq xo’jaligi) bilan mustahkam hamkorlikda ish olib boradi va Vazirlik boshqarmalari hamda kasbiy birlashmalari mos bo’lgan, Sog’liqni saqlash sektorida,  o’qitish, o’rganish va qonunchiliklar yoki me’yoriy o’zgarishlarni ilgari surish va tushuntirish bilan shug’ullanadi.

 

 Alohida sohalarni (Sog’liqni saqlash, tibbiyot, veterinariya, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, atrof-muhitni himoyalash) ishlarini yaxshilash natijasida kvalifikatsiyaning to’liq sektori tuzilmasini yaratishga zamin yaratiladi. Bu esa alohida soha rivojida ketma-ketlikni yo’nalish berishni, umumlashtirish, imkonini beradi. UZHELTH konsepsiyasi nafaqat O’zbekiston va Yevropalik hamkorlar o’rtasidagi mustahkam aloqa balki dunyoning loyihaga aloqador boshqa davlatlari bilan ham aloqa o’rnatish imkonini beradi. UZHELTH ning ikki tomonlama maslahat jarayonlarini olib borish oliy ta’lim muassasalari o’rtasida tuzilmaviy aloqalar o’rnatish imkonini beradi. Buning natijasida xususiy tadbirkorlar, davlat organlari bilan aloqa o’rnatilib, samarali sog’liqni saqlash tizimini yaratish borasida ularni o’zaro hamkor o’rnida ko’rish orqali, bitta jamoa bo’lib ishlash imkonini beradi. Bosh maqsad shundan iboratki, Sog’liqni saqlash sektori uchun muvofiqlashtirilgan axborot tuzilmasini yatarish, bu orqali kommunikatsiyaga qiziquvchi tomonlarning e’tiborini tortish, hamkorlarni tizimdan samarali foydalanishga o’rgatish (shu jumladan texnik hodimlar, ekspertlar, mutaxassislar, izlanuvchilarni).

Loyihaning bosh maqsadlari

 UZHELTH ning keng qamrovli maqsadi : - hodimlarning sag’liqni saqlash, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi borasida ta’lim olishni kuchaytirish orqali, respublikamiz hukumatini “Yagona davlat” sektori sifatida qo’llab quvvatlash.

Loyihaning maxsus maqsadi:

- Sog’liqni saqlash sektorining muhim bosqichlarida (bakalavriat, magistratura, doktorantura) dasturlarning kompitentligini mustaxkamlashtirish va yaxshilash.

 

- Qonunchilikni qo’llab-quvvatlash, dasturning nizom bilan mosligiga kafolat berish.

 

- Jamoat salomatligi borasida samarali ishlashni ta’minlash maqsadida, nazariy va amaliy ko’nikmalarni yaxshilash borasida tibbiyot hodimlari salohiyatini oshirishga erishish (hamshiralar, tibbiyot hodimlari shifokorlar).

 

- Turli darajada oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan hodimlar shakillanishini yaxshilash.

 

- Sog’liqni saqlash bilan  bog’liq bo’lgan barcha sektorlar faoliyati uchun yagona platforma yaratish barobarida samarali hamkorlikni va umumiy parametrlarni rivojlantirishni kafolatlab berish.

 

- Real vaqt rejimida va muvofiqlashtirilgan uslubda jamoat salomatligini saqlashga doir savollarga aloqador bo’lgan umumiy axborot tizimini yaratish.

 

- Boshqa davlat va boshqa sohalarning shunga o’xshash loyihalari bilan hamkorlikga chaqiruvchi dizaynini muvofiqlashtirish yoki dasturni yaxshilash.

 

Talabalarni mobillikga tanlab olish va tanlovda qatnashish shartlari

 Dastavval men o’zimni UZHELTH loyihasiga mos kelishimni yaroqlilik seksiyasi bo’yicha tekshirdim. Keyin ularning tanlov haqidagi e’loniga javob berdim. Arizalarni taqdim etishning yakuniy muddati 2014 yilning 31 dekabri edi. Biz hammamiz tanlovda ishtirok etishga shaylandik, tanlov qiyin bo’lsada eng asosiysi to’g’ri va adolatli o’tishini bilar edik. Turli soha vakillaridan iborat o’qituvchilar guruhi, sinov daftarchasidagi hisobotlarni tahlil qilish orqali bilimlarimizni tekshirishdi. Boshqa guruh o’qituvchilari bizning izlanishlarimiz va tibbiyot sohasidagi chop etilgan maqolalarimizni tekshirishdi. Til bilim darajamizni aniqlash uchun IELTS yoki TOEFL natijalari haqida ma’lumot zarur bo’ldi. Bundan tashqari ingliz tili bo’yicha bilimimizni aniqlash uchun interyu berdim va yozma test sinovidan o’tdim. Shundan so’ng UZHELTH tanloviga ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi shartlarni bajardim.

• Tibbiyot sohasida bakalavriat darajasi

• Bakalavrning o’rtacha balli, eng kamida 4 (5 ta punkt bo’yicha) bo’lishi lozimligi.

• Ingliz tilida mukammal, mustaqil so’zlasha olish, yozish.

• Kompyuter savodxonligi asoslari bo’yicha bilim va malakaga ega bo’lish

MSc tekshiruvi uchun ingliz tili bo’yicha minimal daraja:

• IELTS –umumiy ball 6,0 (og’zaki ingliz tili uchun minimum 6,0 ball)

• TOEFL qog’ozli 550, kompyuterli-213, internetga asoslangan -79-80

• Malakali ingliz tili bo’yicha Kembridj guvohnomasi: “C” yoki undan yuqori daraja o’tish balli hisoblanadi.

• Kembridj birinchi guvohnomasi (FCE):  B/C daraja yoki yuqori

Hayat a’zolari mendan quyidagi hujjatlarni talab qildi:

• EUROPASS shaklidagi qisqa biografiya

• Sinov qaydnomasidagi stenogrammalar va guvohnomalar, diplomlarim nusxasi

• O’qish yoki izlanish o’tkazishdan mantiq

• 2ta tavsiya xati

• Passport nusxasi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa

• Dekloratsiyaning imzolangan nusxasi.

 

 

Belgiya va Kent shaharchasi haqida izoh

 Belgiyaning rasmiy nomi Belgiya qirolligi bo’lib, G’arbiy Yevropadagi federal monarxiya davlati hisoblanadi. U Yevropa ittifoqi va EU bosh offisi shtab kvartirasining ta’sis a’zosi hisoblanadi,. Shuningdek NATO kabi yirik xalqaro tashkilotlarning ham ta’sis a’zosi hisoblanadi. Belgiyaning umumiy yer maydoni 30,528 kvadrat kilometrga teng bo’lib, aholisi 11 million atrofida. Agar O’zbekiston bilan taqqoslaydigan bo’lsak, u Qashqadaryo viloyatidan (28.400 kv.km ) biroz kattaroq, Buxoro viloyatidan (39.400 kv.km) kichikroq. Shundan Belgiya davlatining qay darajada kichkina ekanligini tasavvur qilish mumkin.

1B_

 Belgiya davlati Germaniya va lotin Yevropasi  madaniy chegaralari o’rtasida bo’lib, ikkita asosiy til guruhlarining vatani hisoblanadi, ya’ni golland (asosiy flamand guruhi) tili (59% aholi) va fransuz tilida so’zlashuvchilar (asosan vollan aholisi va Bryusel aholisi) 41% ni tashkil etadi. Bundan tashqari nemis tilida so’zlashuvchi kam sonli aholi mavjud bo’lib, bu rasman qabul qilingan. Tarixan Belgiya, Niderlandiya va Lyuksenburg pasttekislik mamlakati sifatida mashhur bo’lgan. Viloyat Rim provinsiyasi Galliya Belgicadan keyin, Belgica (lotin) deb atala boshlangan. O’rta asrlar oxiridan, XVII asrgacha Belgiya savdo-sotiq va madaniyat markazi sifatida gullab yashnagan. XVI asrdan 1830- yildagi Belgiya Revolyutsiyasigacha davlat Niderlandiya tarkibidan chiqadi va ko’plab yevropa davlatlarining jang maydoniga aylanadi.

 2F_

Gent Belgiyaning flamand viloyatida joylashgan shahar va munitsipalitet hisoblanadi. Bu sharqiy Flandrlaning poytaxti va eng katta shahari hisoblanadi. Shahr Shimoliy Yevropanin eng katta va eng boy shahriga aylanadi. Bugungi kunda port va universitetlari bilan jonlangan shahar hisoblanadi.

 

Gent universiteti

3G_ 

 Gent universiteti (niderland tili: Gent Universiteit, qisqacha UGent) niderland tiliga ixtisoslashgan jamoat universiteti hisblanib, Gent shahrida joylashgan. Bu flamand universitelarining eng yiriklaridan hisoblanib, 41000 talaba tehsil oladi va 9000 xodim faoliyat yuritadi. Ayni paytdagi rektori Ann De Pap. 2014 yildan Gent universiteti jahon reytingida 90 o’rinni ta’lim bo’yicha, Jahon QS reytingi bo’yicha 129 o’rinni, Jahon universitetlarining Akademik reytingi bo’yicha 70 o’rinni egallab turibdi. Shu bois u jahondagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetga 1817 yilda Niderlandiya qiroli Vileglm I tomonidan asos solingan. 1830 yildagi belgiya revolyutsiyasidan keyin, Belgiya davlati shaharni boshqarib kelgan. 1930 yilgacha fransuz tili akademik tili hisoblangan bo’lsada, Gent Universiteti Belgiyada niderland tilida so’zlashadigan birinchi o’quv yurti hisoblanadi. 1991 yilda universitetga bosh avtonomiya maqomi berilib, Gent davlat universitetidan hozirgi nomiga o’tkaziladi.

4Rec_

Kent universiteti kent xalqaro kelajagi bor universitetlardan hisoblanib, ijtimioy yo’naltirilgan va plyuralistik universitetligi bilan farq qiladi. Uning tarkibida 11 ta fakultet va 117 ta kafedra mavjud. Innovatsion izlanishlarga ega bo’lgan Harbiy ilmiy yo’nalish bo’yicha 230 dan ortiq yuqori sifatli kurslarni tavsiya etadi.

Gumanitar fanlar va falsafa bo’limi

  1. Yuridik fakultet
  2. Fanlar fakulteti
  3. Tibbiyot fakulteti va tibbiy fanlar
  4. Ishlab chiqarish va arxitektura fakulteti
  5. Iqtisodiyot va menedjment fakulteti
  6. Veteriner tibbiyoti fakulteti
  7. Psixologiya va ta’lim fanlari fakulteti
  8. Biologik fanlarni ishlab chiqarish fakulteti
  9. Farmaseftika  fanlari fakulteti
  10. Siyosiy va jamoat fanlari fakulteti

 

Dirk Avonts haqida

5Av_

 

 Dirk Avonts Kent universiteti proffesori hisoblanadi. Joriy tibbiy amaliyotini Kent universitetining umumiy amaliyot va birinchi yordam bo’limida o’tkazadi. Uning ilmiy qiziqishlari sohasiga oila tibbiyoti, jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar, sog’liqni saqlash tizimi bo’yicha izlanishlar, birinchi yordam paytida parvarish sifati kabilar kiradi. Antrverpen shahri  Ijtimoiy ta’minot uyushmasi hisoblanadigan “Yashillar” partiyasining saylangan a’zosi. U avval Antverpen universiteti va Tropin tibbiyot universitetida oila shifokori bo’lib ishlagan. U Antverpen universitetida ilmiy amaliyot va birinchi yordam bo’limida ta’lim olgan. Tibbiy izlanishlarni jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar, yuqori nafas yo’llari kasalliklari bo’yicha olib borgan.

 

Qisqacha belgiya Sog’liqni saqlash tizimi haqida

Belgiya sog’liqni saqlash tizimi uchun ma’suliyat hukumat federal vazirligi zimmasiga yuklatilgan (jamoat salomatligi va ijtimoiy ta’minot davlat boshqarmasi). Ayrim masalalar yuzasidan jamoatchilik hokimiyatiga huquq berilgan, amaliyotda bu vazifalarni Flandri va Valloni hukumati va nemis tilida so’zlashuvchi jamoatchilik bajaradi.

 

7Amb_

Belgiyada sog’liqni saqlash tuzilmasi

 

  • Sog’liqni saqlash (hukumat)
  • Xususiy xizmat
  • Nodavlat tashkilotlari

 

Belgiyada shifokorni erkin tanlash, maxsus tibbiy yordamni olish imkoni bor. Kirish paytida nazorat yo’q.  Hech qanday ro’yxatdan o’tishsiz yoki bemor varaqasisiz murojaat qiluvchilar bemalol shoshilinch yordam bo’limi, ikkilamchi va uchlamchi tibbiy yordam bo’limlariga o’tishlari mumkin. Hukumat sog’liqni saqlash tizimida statsionar va ambulator xizmat mavjud.

• Ambulator: birlamchi oilaviy tibbiy klinika, Wachtpost (birlamchi tibbiyot bo’g’inida dam olish kunlari xizmat ko’rsatish), sog’liqni saqlash markazlari, uyda palliative yordam.

• Statsionar: tuman shifoxonalari, maxsus shifoxonalar, palliative yordam uchun agregatlar, majburiy tibbiy sug’urta.

 

8m_

Xususiy xizmat: bemorlarga xizmat ko’rsatuvchi xususiy shifoxonalar va ambulator xizmat ko’rsatish mavjud

Ambularor: xususiy shifoxonlar, xususiy ambulator poliklinik tibbiy muassasalar

Statsionar: xususiy shifoxonalar, majburiy tibbiy sug’urta.

Hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar: Yevropa alyansi jamoat salomatligi, qizil xoj, chegarasiz tibbiyot va boshqalar.

Tibbiy yordamga to’lovni amlaga oshirish:

“To’liq qoplash”- ijtimoiy ta’minot, majburiy tibbiy sug’urta hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek jazo muddatini o’tayotgan maxbuslar, nolegal uy-joyi yo’q insonlarga to’lovning ¾ qismi qoplanadi.

Belgiya birlamchi tibbiyot bo’g’inidagi xodimlari 8200 oila shifokorlarini tashkil qiladi=0,8/1000. O’zbekiston bilan qiyoslaganda, bizning poliklinikamizda 4 ta UASh, boshqa mutaxassis bilan ishlaydi. Shuningdek Belgiyada oilaviy shifokor bo’lib, u turli yoshdagi, turli kasalliklarga kompleks yordam beradi.

 

Belgiya birinchi tibbiy yordamini SWOT tahlil qilish

Kuchli tominlari: mustaqil avtonomiya. Shifokor va bemor o’rtasida munosabat o’rnatish osonlik bilan kechadi. Boshqa shifokorlaning qayta takror ko’rishi bartataf etiladi. Sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha rentabil. Bemor uchun vaqtdan yutadi.

Yosh shifokorlar asosiy shatatdagi hodim hisoblanmaydi. (Shtat hisobida ishlayotgan shifokorlarning o’rtacha yoshi 50 ni tashkil qiladi).

Kuchsiz tomonlari: chegaralangan shifokorlar guruhi, jamoada intellectual ishni o’tkazib yuborish mumkin. Tajribasiz yosh shifokorlarning mustaqil bo’lib ishlashi juda qiyin. Klinik asoratlari ko’p, tashhislash darajasi yuqori emas, boshqa shifokordan maslaxat olish maqsadida asosan shifoxonaga olib borishga harakat qiladi.

Imkoniyatlari: o’ziga ishonishini oshiradi. Bemorlarga mustaqil yordam ko’rsatadi. Doimo o’z ustida ishlab malakasini oshiradi.

Xavf: har bir shifokor o’z hatti-harakati, bemorga yetkazgan asorati, noto’g’ri tashxislagani va qo’pol muomilada bo’lganligi uchun javob beradi. Shaxsiy munosabatlar bo’lmaydi.

 

 Meni hayratga solgan holatlar

Menda Belgiyaga tashrifdan katta tasurotlar qoldi. Bulardan birinchisi velosipedlardir. Belgiyaga tashrif oldidan mening ko’zoldimga Bentli, Lombarjini, Ferrari va boshqa yuqori qulayliklarga ega avtomobillarga to’la bo’lgan tig’iz ko’chalar kelgan edi. Ammo o’z ko’zim bilan umuman boshqa manzara guvohi bo’ldim. Avtoulov turar joylarda turli markalarga (Rodster gollandi, Vertolyot velosiped, turistlar velosipedi, yotuvchi , klassik va hk) ega velosipedlar turar edi. Kent universitetining barcha hodimlari ishchga  velosipedlarda  kelganini ko’rib hayratga tushdim. Velosipedda yuruvchilar uchun maxsus yo’l, svetofor bor. Ob-havo qanday bo’lishi ularga muammo emas. Har bir mavsum uchun maxsus kiyim –bosh mavjud. Ular avariya holati haqida qayg’urmaydi, qishda esa qorda velosipedda yurib, bundan zavq olishadi. Bundan asosiy maqsadlari, o’zlari istiqomat qilayotgan shaharni shovqindan, havo ifloslanishidan, turli masofaga cho’zilib ketadigan yo’l tuzilishidan asrash va shahar aholisi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

9b_

 

Meni yana hayratga tushirgan holat bu Belgiya aholisi bo’ldi. Ular shahar shovqinidan juda havotrga tushar ekan. Ular shovqin inson hayotiga qanday zarar yetkazishi mumkinligini yaxshi bilishadi. Shu bois ular o’zlari yashayotgan uy, tuman, shahrni shovqindan asrashga katta e’tibor beradi. Shu sabab avtomobil ko’priklarining ikki tomonidan maxsus shovqin to’siqlari o’rnatishgan, avtomobillar uchun yer osti tonellari qurilgan. Yana meni hayratga solgan holatlardan biri, sog’liqni saqlash haqida nafaqat tibbiyot hodimlari, balki butun tuman shahar aholisi qayg’urayotganligi bo’ldi. Barcha o’z salomatligi haqida birday qayg’uradi, sog’liqni saqlash, me’yor va qoidalarida amal qiladi. Ular velosipedda ketar ekan, salomatligini mustahkamlaydi va bu bilan shahrni shovqin va iflos havodan asraydi, jamoat ishini tashqi ta’sirdan asraydi.

10w_

Meni hayratga solgan holatlardan yana biri bu Belgiya arxitekturasidir. Bu haqida gapirmaslikning ilojo yo’q. 1435 yilda qurilgan Antverpen Markaziy vokzali juda ko’rkam va katta. Korenlei va Graslei (boshoqli don mahsulotlarini taroziga tortish uyi) qadimgi tarixiy soborlar. Ular juda maftunkor va shahrga qo’shimcha ko’rk bag’ishlab turibdi.

11st_

 

Men nima o’rgandim?

Belgiya sog’liqni saqlash tizimi va uning faoliyati haqida o’rgandim. Ushbu tashrif chog’ida sog’liqni saqlash tizimi faoliyati va tibbiyot hodimlari faoliyati meni ko’proq qiziqtirdi. Sog’liqni saqlash muammolarini qanday aniqlashni o’rgandim. Menga saboq bergan professor Dirk Avonts sog’liqni saqlash tizimiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlashni o’rgatdi. Foydali qarorolar chiqarish va uni sog’liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun ishlatishni o’rgandim. Shuningdek jamoat salomatligini to’laqonli tushunish uchun test savollarini tuzish ham foydali bo’ldi.


12ja_

 

Olgan bilimlarimni qayerda ishlatishim mumkin?

Buni men har kuni, butun hayotim davomida safarbar etaman. Men olgan tajribalarimni oila a’zolarim, qo’shnilarim, do’stlarim, talabalar va ustozlarim bilan o’rtoqlashaman. Yoshidan qatiy nazar barcha bilan tajriba almashaman. Men tehsil olayotgan institutga raxmat, bu orqali men UZHELTH loyihasi doirasida Yevropaga tashrif buyurdim va u yerda olgan saboqlarimni sizlarga namoyish qilish imkonini berdi.

 

Minnatdorchilik.

UZHELTH loyihasi doirasida ushbu tanlovda menga ishtirok etish imkoniyatini bergan barchaga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. ToshPTI rektori, professor B.T.Daminov va ToshPTI loyihasi koordinatori Sh.P.Ashirbayevga alohida minnatdorchilik bildiraman. UZHELTH loyihasi menejer, assistenti Laura Burdjisano va professor Dirk Avonsga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Butun jamoa a’zolariga, Kent universitetining umumiy amaliyot bo’limi va uning o’qituvchilariga ham minnatdorchilik bildiraman. Va albatta loyiha jamoasining barcha maqsadlariga erishishiga katta xizmat ko’rsatgan Yevropa Dasturlari Rektorlari Delegati,  UZHELTH loyihasi koordinatori professor Enn Ketringa alohida minnatdorchilik bildiraman. Barchaga raxmat.

 

 

 

Jasur Tagaev,

ToshPTI magistri.