Tempus UZHELTH loyihasi ishtirokchilarining Andijon (11-13 iyun 2015 yil) va Samarqand (14-15 iyun 2015 yil) viloyatlariga tashrifi to’g’risida

Tempus UZHELTH loyihasi ishtirokchilarining Andijon (11-13 iyun 2015 yil) va Samarqand (14-15 iyun 2015 yil) viloyatlariga tashrifi to’g’risida

Hisoboti

Tempus UZHELTH loyihasi doirasida tshkil qilingan ushbu uchrashuvlar tarkibini qishloq xo’jaligi vazirligi va Sog’liqni Saqlash Vazirliklari vakillari, shuningdek ToshPTI,  Andijon davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat universiteti, Toshkent agrar universitetining Nukus filiali, Nukus davlat universiteti vakillari tashkil etgan bo’lsa, xorijiy yevropalik hamkorlardan Pizon universiteti (Italiya), Portu universiteti (Portugaliya), Nitra Agrar universiteti (Slovaniya) vakillari qatnashishdi.

Sam_UZhelth

ToshPTI vakillari tarkibi:

  1. Sh.P.Ashirbayev – ToshPTI Innovatsiya Markazi direktori;
  2. I.P.Vixrov – ToshPTI Innovatsiya Markazi yetakchi mutaxassisi, O’rta maxsus ta’lim va Oliy ta’lim Vazirligining oliy ta’lim bo’yicha va Erasmus+ milliy ofisi eksperti.

Uchrashuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad tibbiyot, qishloq xo’jaligi, veterinariya va ekologiya sohasida loyiha doirasida o’tkazilgan jamoatchilik maslahati tekshiruv natijalari bo’yicha bir to’xtamga kelishdan iborat edi. Bundan tashqari loyigha bo’yicha joriy va istiqbol rejalar bo’yicha ham muhokamalar olib borildi.

Muhokamaga quyidagi mavzular kiritildi:

1)    O’z sohasi yo’nalishi bo’yicha o’quv dasturlari yaratish uchun maqola tayyorlash ishlarini yakuniga yetkazish.

2)    Jamoat sog’liqni saqlash bo’yicha pilot o’quv kursini tashkil qilish.

3)    Sog’liqni Saqlash va Jamoat salomatligi sohasida unga yondosh bo’lgan vazirliklar bilan Sektoral kavalifikatsion doira yaratish bo’yicha maslahatlashish.

4)    Jamoat Sog’liqni Saqlash bo’yicha istiqboldagi axborot platformasining asosiy qismini yaratish.

5)    Talabalar mobillikni pilot hudud bo’yicha aniqlash.

6)    Yevropalik hamkor oliy ta’lim muassasalarining biri bilan loyiha doirasida keying uchrashuvga tayyorgarlik va o’zbekistonlik talabalar uchun ikkinchi mobillikni tashkil etish.

An_Uzhelth

Umumiy qilib aytganda Andijon va Samarqanddagi uchrashuvlar har jihatdan sermazmun o’tdi. Loyiha Konsortsiumi loyiha ishini ijobiy baholadi. Oldimizga qo’yilgan vazifalar loyiha doirasi bo’yicha mavjud reja asosida ketmoqda.