Tempus UZHELTH loyihasi doirasida amalga oshirilgan talabalar xalqaro o'quv almashinuvi
2016 yilning 27 fevralidan 21 mayiga qadar UZHELTH loyihasi bo’yicha hamkor oliy ta'lim muassasalari vakillari uchun Evropaning 4 ta shahrida (Piza sh., Itali , Porto sh., Portugali , Nitra sh., Slovaki , Gent sh., Belgiya ) trening tashkil etildi. Trening ishtirokchilari 20 kishini tashkil etdi va ular tibbiyot, veterinari , agrar sanoati va ekologiya sohasi mutaxassislaridan iborat bo’ldi. Treningni asosiy maqsadi veterinariya ,tibbiyot, agrar sanoati va ekologiya sohasidagi bilimlardan foydalangan holda jamoat salomatligi bo’yicha mutaxassisning asosiy bilim va vakolatlarini o’rganish bo’ldi. Trening ishtirokchilarining tashrifi Itali ning Piza shahridan boshlandi. Treninglar olib borilgan Piza Universiteti (ital. Università di Pisa) Toskanada joylashgan, u Evropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bo’lib bu o’quv dargohi faoliyati XI asrdan buyon davom etib kelmoqda. Mazkur o’quv dargohiga universitet maqomi 1343 yilning 3 sentabrida berilgan.
Talabalarning umumiy soni: 57000 atrofida, fakultetlar soni: 11. Italiyada trening mashg’ulotlari jarayonida asosiy e'tibor jamoat salomatligi bo’yicha asosiy tushunchalar va terminologiyalarni, jamoat salomatligining maqsad va vazifalarini aniqlab olishga qaratildi, shuningdek ushbu soha bo’yicha takomillashtirish zarur bo’lgan asosiy yo’nalishlar belgilab olindi. Ma'ruza va amaliy mashg’ulotlar mashhur professorlar Francesco Fornai, Gianfranco Natale, Riccardo Ruffoli, Francesco Di Iacovo, Alessandra Guidi tomonidan olib borildi.
Trening ishtirokchilari tashrif buyurgan keyingi mamlakat Portugali bo’ldi. Porto shahri kattaligi bo’yicha Portugaliyada ikkinchi o’rinda (Lissabondan keyin) turadi, shu nomli okrug markazi va munisipalitet hisoblanadi. Shahar Portugali poytaxti Lissabondan 270 km shimolda joylashgan. Shaharning tarixiy markazi Portu Doru daryosining o’ng qirg’og’ida, daryoning Atlantika okeaniga quyilish joyida joylashgan. Shahar markazi YUNESKO tomonidan Jahon madaniy obidasi deb e'lon qilingan. Mashg’ulotlar Porto universtetida o’tkazildi, Porto universiteti Portugaliyaning eng yirik universitetlardan biri sanaladi (talabalarining soni 29 ming), 14 ta fakulteti uchta kampusda joylashgan. Portu universiteti dunyoning turli mamlakatlaridagi 500dan ortiq universitetlar aloqa qiladi. Portu universitetida o’quv dasturi ko’proq tibbiyot sohasiga yo’naltirilgan. Umum ta'lim tizimi, shuningdek jamoat salomatligi yo’nalishi bo’yicha bakalavriat va magistraturadagi ta'lim jarayoni strukturasi tanishtirildi. Portugali birlamchi sog’liqni saqlash bo’g’ini tashkil etish ishlari va sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha qisqacha kurs o’tkazildi. Porto shahrida ijtimoiy muhim kasalliklarni o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko’rsatildi.
So’ngra biz Nitra shahriga yo’l oldik. Nitra shahri Slovaki ning g’arbida poytaxt shahar Bratislavadan taxminan 90 km shimoli-sharqda Nitra daryosi bo’yida Tribech tog’ massivi etaklarida joylashgan. Aholisi 82000 kishidan iborat, kattaligi bo’yicha mamlakatda 5-o’rinda turadi. Slovakidagi eng qadimiy shahar sanaladi- u haqida birinchi ma'lumotlar solnomalarda 828 yilda paydo bo’lgan shahar sharafiga 9543 Nitra asteroidi nomlangan. Trening o’tkazilgan Slovaki qishloq xo’jaligi universitetiti 1952 yildan buyon Slovaki Respublikasining etakchi oliy ơquv muassasalaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi universitetiti haqiqatdan ham agrar ta'limi va fanining markazi hisoblanadi. Universitet akkreditasiyalangan dasturlarning ishonchli bazasiga ega, bu dasturlar sharofati bilan talabalar fundamental bilimlarga ega bo’ladilar. Har yili universitetda 250 dan ortiq ilmiy-tadqiqot va ta'lim loyihalari amalga oshiriladi. Tashkil topgan yildan buyon universitet 60 000 ziyod malakali mutaxassislar tayyorlab berdi. Slovaki da o’tkazilgan treninglarda assiy urg’u agrokultura va veterinari sohasidagi dolzarb masalalar va ularning aholi salomatligiga ta'sirini o’rganishga qaratildi. Nitra universiteti professori P. Massanyi tomonidan og’ir metallarning hayvonlar hamda odam reproduktiv tizimiga ta'sirini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari taqdim etildi.
Biz tashrif bu rgan so’nggi shahar Belyagi ning Gent shahri bo’ldi. Shahar aholisi taxminan 240 000 odamni tashkil tadi (2009 yil). U Bryussel shahridan 60 km uzoqlikda Leye daryosining Shelda daryosiga quyilish joyida joylashgan. Shahar shimolida joylashgan Gent porti kattaligi bo’yicha Belgiyada uchinchi o’rinda turadi. Gent universiteti uchta eng yirik flamand universitetlaridan biri sanaladi. Universitetning 11 fakul tetida 38 ming talaba ta'lim oladi va 7 100 xodim faoliyat yuritadi. 2009 yilda universitet dunyoning eng yaxshi 200 ta universitetlari ro’yxatiga kiritildi va 136-o’rinni egalladi. Professor Dirk Avonts kologik omillarning aholi salomatligiga ta'sirini o’rganish bo’yicha ma'ruza va treninglar kursini o’tdi. Tashrif chog’ida trening ishtirokchilari Antverpen shahrida bo’ldilar va u erda aholi salomatligiga shovqin hamda havo ifloslanishining ta'siri o’rganildi. Trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.