BUXORODA UZHELTH LOYIHASI YUZASIDAN HAMKORLARNING UCHRASHUVI

BUXORODA UZHELTH LOYIHASI YUZASIDAN HAMKORLARNING UCHRASHUVI

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti

2016 yil 2-3 iyun kunlari Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti va Buxoro Davlat Universitetida UZHELTH loyihasi yuzasidan hamkorlarning uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvni asosiy mavzusi, loyiha yuzasidan amalga oshiriladigan vazifalar hamda talabalarning Evropa hamkorlari universitetlarida 3oy davomida Jamoat salomatligi kursi asosida ta’lim olganliklarini muhokama qilish haqida bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda loyihani muvofiqlashtiruv rahbarlari yani Yevropaning Piza universiteti vakil hamkorlar va O’zbekiston vakillaridan barcha, 10 ta hamkor shu bilan birga Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Qishloq va Suv xo’jaligi vazirligi vakillari qatnashdilar.

Yevropalik mehmonlar loyiha yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi. Hisobotda barcha mavzular bo’yicha va talabalarni loyiha bo’yicha 3 oylik malaka oshirish yuzasidan Yevropaning oliy ta’lim muassasalariga yuborilganlari va ularni amalga oshirgan ishlar aks ettirilgan.

 

UZHELTH_Buxoro

 

Loyiha doirasida o’quv dasturlarni takomillashtirishga bag’ishlangan mavzuga alohida e’tibor qaratildi va muzokaralar olib borildi. O’quv dasturlarni takomillashtirish va bir qator ingliz tilida yozilgan yangi o’quv qo’llanmalarni joriy qilish, yangi adabiyotlarni xarid qilish va moliyalashtirish yuzasidan loyihaning O’zbekiston oliy ta’lim muassasalariga qanday qilib jalb etish mumkinligi haqida muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, fanlararo (yo’nalishlararo) tarzda amalga oshirishni va uni tarkibida ekologiya, oziq-ovqat havfsizligi, qishloq xo’jaligi va veterinariya yo’nalishlari ko’zda tutilgan “jamoat salomatligi”ga doir yangi modulni ishlab chiqish haqidagi mavzuga bag’ishlandi. TashPTI  “jamoat salomatligi” yuzasidan o’zining loyiha konsortsium maruzasini taqdim etdi, shu bilan birga hamkorlar o’zlarining o’quv fanlar doirasida ma’ruzalarini taqdim etdilar. Loyiha ishtirokchilari jamoat salomatligiga doir yuqoridagi fanlarni inobatga olgan holda noyob modul tayorlashga muvaffaq bo’lishdi.

BuxDTI xodimlari o’zlarining ta’lim muassasalari haqida taqdimot o’tkazdilar. Shu bilan birga qatnashuvchilarga loyiha doirasida tashkil etilgan Axborot markazini ko’rsatishdi. Markaz faoliyati jamoat salomatligiga doir bir qator yo’nalishlar bo’yicha qiziqish bildirganlarga Tyuning uslubiga o’xshash maslahatlar berib borish ko’zda tutilgan.

Uchrashuvning 2-ish kunida barcha qatnashuvchilar bilan “Jayron” qo’riqxonasiga tashrif buyurildi. Tashrif doirasida qo’riqxona ekotizimi va hududga xos bo’lgan maxsus flora va faunalar holatini haqida tanishtirib o’tishdi. Shunindek qatnashuvchilar  ekologiyani sog’liqni saqlashga ta’siri haqida muhokama qilishdi.

Kunning oxirida loyiha jamoasi loyihaning asosiy global maqsad deb tan olingan sectoral malakaviy ramkalarni (SQF) ishlab chiqishga kirishildi. Loyihaga tegishli soha vazirlik va muassasalarga ko’rib chiqish uchun taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

 

UZHELTH_BUX

 

Ishchi uchrashuvni ma’lumotnomasi sifatida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, natijalar va joriy qilinganlik haqidagi nashr etishda amalga oshirilgan ishlar mavzusi haqida Toshkentda talabalar uchun konferensiya o’tkazish kelishib olindi.

Shuningdek, loyiha konsortsiumi loyihaning yopilish uchrashuvini Toshkentda, undan oldingi uchrashuvni esa Nukusda o’tqazishga, loyiha natijalarini tegishli tomonlarga keng tarqatish barcha ishtirokida qaror qilindi.

Sherzod Ashirbaev, Igor Vikhrov