2017 yil 2-3 mart kunlari Toshkent Davlat Agrar Universitetida UZHELTH loyihasi doirasida yakuniy yalpi uchrashuv tashkil etildi
2017 yil 2-3 mart kunlari Toshkent Davlat Agrar Universitetida UZHELTH loyihasi doirasida yakuniy yalpi uchrashuv tashkil etildi. 1-2 mart kuni O'zbekiston respublikasi Sog’liqni saqlash hamkorlari va Yevropa hamkorlari toshkentga keldi. 2 mart kuni yalpi majlisda o'quv qo'llanmalar bo'yicha taqdimotlar bo'lib, loyihasi doirasida ishlab chiqilgan o'quv dasturlari muhokama qilindi. Har bir guruh o'zining dastlabki rejasini taqdim etdi. Talabalar Evropa mamlakatlarida amaliyot dasturlari bilan ishtirok etdi, shuningdek, bu safarlar natijalari bo'yicha hisobotlar ishlab chiqarilgan bor. Yevropa mamlakatlarida amaliyot dasturlarida ishtirok etgan talabalar, shuningdek safar natijalari bo’yicha hisobotlar tayyorlashgan.
Uchrashuv og’zaki va muhokama tarzida dolzarb savol javoblar bilan bo’lib o’tdi, suhbat yakunida 3 mart uchun yakuniy rejalar tuzildi. 3 mart kunida rejalashtirilgan uchrashuvda O’zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurishdi, shuningdek loyihaning Yevropa oliy ta’lim muassasasidagi mutaxassislar ishtirok etishdi. Toshkent davlat agrar universiteti rektori Botirjon Suleymanov majlisni ochib berdi. Ochilish nutqida O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash Vazirligi vakili Gulnara Yusupalieva, O'zbekistondagi YEVROPA ittifoqi mamlakatlari Elchisi Edvard Stiprais, O'zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi koordinatori Aziza Abduraxmanova, shuningdek, loyiha koordinatori Alexandra Guidi lar bo’ldi. Vakillarning nutqidan so’ng har bir jamoa vakillari o’zlarining izlanish natijalari va amaliyotdagi ishlanmalarini har bir jamoa 4 yo’nalishda taqdim etishdi.
Jamoa vakillari 4 yo’nalish bo’yicha ya’ni: ekalogiya, veterinariya, qishloq xo’jaligi sektori va tibbiyot sohalarida o’zlarining o’ziga xos tadqiqotlardan olingan natijalari va amaliy asosida o’zlarini sinashdi.
Mexriniso Raxmatova o’zining izlanish natijalarini ekologiya bo’yicha, Shavkat Xasanov veterinariya bo’yicha, Sanjar Odilov qishloq xo’jaligi sektori va Go’zal Mamedovalar izlanishlari natijalarini tibbiyot yo’nalishi bo’yicha so’zlab berishdi.
UZHELTH loyiha doirasida tashkil etilgan ishtirokchi talabalarning Oliy ta’lim muassaslarining faoliyati amaliy dasturlari, hisobot natijalari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalar taqdim etildi.
Loyiha natijalarini Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti loyiha vakili Igor Vixrov boshlab berdi, keyin qaytadan muhokama qilish uchun uchrashuv hamkorlari, vazirlik va idora vakillari, ishchi guruh mas'ullari hujjatlar va loyiha faoliyati bilan bog'liq hisobotlar, bitimlar bo'yicha tarjima va nashr natijalari, veb-saytda yoritilishi bo’yicha kelishib olindi.