Yo'riqnoma
Ushbu Toshkent pediatriya tibbiyot institutining odob-axloq qoidalari O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tеgishli buyruqlari, ToshPTIning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.