Yoshlarni sog'liqni saqlash sohasida qonun ijodkorligi va parlament tadqiqotining boshqa yo’nalishlariga jalb qilish maqsadida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari 2019 yil 2 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari institutida bo'lib o'tgan tadbirda ishtirok etdilar.
Tadbir «Yosh qonunchilar klubi» faoliyati doirasida bo'lib o'tdi, unda klub raisi T. Abbosxonov va institut mutaxassislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv yoshlarni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati va "Mening fikrim" veb-portali faoliyati bilan tanishtirishga bag'ishlandi.
Uchrashuvda yoshlarning qonun ijodkorligi jarayoniga jalb etilishi uchun tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining binosiga ekskursiya tashkil etildi.