Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2019 yil 1 fevral kuni Ma’naviyat va ma’rifat kengashi o’tkazildi
Kengashni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M.A.Ahmedova ochib berdi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i, t.f.n. S.A.Ubaydullaeva “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119- sonli qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirib, shu haqda taqdimot o’tkazdi.
Kengash davomida Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti Hotin-qizlar qo’mitasi b.t. mas’uli G.A.Karimova - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-sonli “Hotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni to’g’risida taqdimot o’tkazdi.
Tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.K.Xudayberdiev “Talaba-yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari” bo’yicha ma’lumot berdi.
Kengash davomida Ma’ruzachilarga berilgan savollarga to’liq va batafsil javob berildi. Shuningdek turli masalalar haqida fikr-mulohazalar yuritildi.
Har oyning birinchi jumasi soat 15 :00 da Ma’naviyat kengashi o’tkazishi barcha tomonlardan ma’qullandi.