2019 yil 5 fevral kuni Belarus Respublikasidan yetakchi mutaxassis Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Xususan, ToshPTI Travmatologiya, ortopediya, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi, neyroxirurgiya, bolalar neyroxirurgiyasi kafedrasiga Belarus Respublikasi Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining (RTvaOIAM) yetakchi ilmi hodimi, t.f.n. D.K. Tesakov tashrif buyurdi.
Tashrif chog'ida chet ellik mutaxassis Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor B.T. Daminov bilan uchrashdi. Uchrashuvda o'zaro manfaatli masalalar, xususan, travmatologiya va ortopediya yo'nalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda barcha manfaatdor tomonlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istagi bildirildi.
O'tkazilgan muzokaralar natijasida tibbiy ta'lim sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari aniqlandi.
Bundan tashqari, xorijiy mutaxassisning tashrifi doirasida skolioz bilan kasallangan bemorlarda ko'rgazmali operatsiyalarni o'tkazish, ma'ruzalar o'qish, mahalliy shifokorlar bilan tajriba almashish, seminarlar o'tkazish, magistr, klinik ordinatorlar va travmatologiya va ortopediya mutaxassislari uchun mahorat darslari o'tkazish rejalashtirilgan.
Belarus Respublikasidan chet ellik mutaxassisning Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrifi davom etmoqda.