Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Privoljyetadqiqot tibbiyot universiteti rahbarlari bakalavariat va klinik ordnatura yo’nalishlari bo’yicha qo’shma halqaro dasturni yaratish to’g’risida kelishuv imzolashdi.
Hususan, 2019 yil 6-9 fevral kunlari Privoljyetadqiqot tibbiyot universiteti rektori N.N. Karyakin va o’quv ishlari bo’yicha prorektori, professor E.S. Bogomolova tarkibidagi delegatsiya Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida, ushbu delegatsiyaning ToshPTI rektori, B.T. Daminov bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda institutlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va o’zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sohasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.
Tomonlar bakalavriat va diplomdan keyingi ta’lim (klinik ordinatura) yo’nalishlari bo’yicha qo’shma halqaro dasturni yaratish to’g’risida kelishib oldilar. Bundan tashqari, ushbu dastur bitiruvchilari ikki oliygohlari - ToshPTI va PTTU diplomlariga (double degree) ega bo’ladilar.
Ushbu bitim Privoljye tadqiqot tibbiyot universiteti delegatsiyasining Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga tashrifi doirasida ikki tibbiyot oliygohlari rektori tomonidan imzolandi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Axborot hizmati