Joriy yilning 19 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida o’tkazilgan videoselektor majlisida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, kitobhonlik targ’ibotiga oid masalalar tahlil qilingan edi. Majlisda davlatimiz rahbari “…har bir rahbar shahsiy kutubhonasidan o’zi ta’lim olgan maktab kutubhonasiga kitoblar sovg’a qilsa, bu ajoyib tashabbus sifatida kitobhonlikni rivojlantirish bilan birga farzandlarimiz tarbiyasida o’zining ijobiy samarasini beradi”, deya ta’kidlagan edi.
Bugun Prezidentimizning ushbu tashabbusi boshqa qator sohalar kabi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rahbariyati tomonidan ham qo’llab-quvvatlanmoqda.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, Toshkent shahar Halq deputatlari Kengashi deputati Botir Daminov Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan №249-sonli maktabga o’z shahsiy kutubhonasidan kitoblar to’plamini sovg’a qildi.
OTM rahbarining vakillari Nosirov A.A. va Abidov H.A. lar maktabga joriy yilning 25 aprel kuni tashrif buyurdi. Tashrif vaqtida ular maktab o’quvchilariga bir qator badiiy asarlar kitoblar to’plamini, jumladan, O’zbekiston halk shoiri Abdulla Qodiriy asarlari majmuasini ham topshirdilar.
Darhaqiqat, rahbarlik lavozimidagi shahslarning bunday tashabbuslari yoshlar va maktab o’qituvchilarining yanada teran bilim olishlari uchun, tafakkur miqyoslarining kengayishida alohida o’rin tutadi.