O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 iyuldagi “Akademik litseylarda saralash imtihonlarini o’tkazish, rasmiylashtirish va natijalarini e’lon qilish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-3040-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi “Akademik litseylarga umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini tanlab olish, o’qishga qabul qilish va ularning o’qishini ko’chirish va o’qishdan chetlatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 212-sonli Qarori asosida ToshPTIning 6.07.19 yildagi buyrug’i bilan tasdiqlangan Hay’at tomonidan Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Akademik litseyiga saralash imtihonlarini tashkil qilindi.
Saralash imtihonlari 12 va 13 iyul kunlari Nizom asosida tashkil qilinib, o’sha kuniyoq imtihon natijalari e’lon qilindi. Akademik litseyga o’qish istagini bildirgan 226 nafar 9 sinf bitiruvchilarining 157 nafari litseyning 1 kursida o’qishni davom ettirishga tavsiya qilindi.